Javob: 2-Topshiriq Blits-so'rov savollariga javob bering


Download 38.1 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi38.1 Kb.
#217663
1   2
3-Topshiriq

Aqliy hujum” metodi.



Sizningcha din qachon va qanday paydo bo'ldi?

1. Nima uchun dinga e'tibor bugungi kunda eng dolzarb masalaga aylandi?

2. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda dinning o'rni va roli qanday?

3. O'zbekistonda bu masala qanday yechimini topmoqda?

JAVOB:

Din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy Dinga falsafa bilan bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar.

  1. Din insonlarni bir yo`lda birlashtira oladigan buyuk kuch.Agar davlatda diniy barqarorlik vujudaga kelsa insonlar tinch totuv yashaydi. Din qadimiy va murakkab ijtimoiy hodisa bolib, insoniyat m a’naviy hayotining ajralmas tarkibiy qismidir. Shu sababli har qanday davlatdan dinga nisbatan aniq bir munosabat bildirish talab qilinadi. Dunyoviy davlat o‘z siyosatini dinga munosabatini aniqlash orqali ham namoyon qiladi. Boshqacha aytganda, dunyoviy davlat bilan dinlar o‘rtasidagi munosabat mazkur davlat tizimi mafkurasining ma’lum darajasidagi mohiyatini ham belgilaydi. Agarda dunyoviy davlatda diniy e ’tiqod, marosim va an’analarga sharoit yaratilsa. shu mamlakatning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.

  2. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o'zlari
    qilavotgan ishlarni to`g`ri deb hisoblab, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo'lga boshlagan «rahnamolar»ning asl maqsadi mohiyatan g'ayriinsoniy xarakterga ega. Mutaassiblikning
    jirkanch basharasi dunyoning turli nuqtalarida sodir etilayotgan qo‘poruvchilik va xunrezlik voqealarida vaqqol namoyon bo`lmoqda. Ayni paytda, dunyoviy va diniy
    bilim larning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham mutaassiblik g'oyalarining tarqalishiga sabab bo`lishi mumkin. Bu jarayonning
    eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dinni noto'g'ri talqin qilish bilan odam lar orasiga nifoq solish, qo'poruvehilik ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro'yobga chiqarishga urinishlarda namoyon bolmoqda. Diniy ekstremizm
    kelib chiqishining birinchi va asosiy sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo boMishidir. Mutaassiblik diniy ekstremizm va terrorizm ga zam in tayyorlavdi. Shu o‘rinda qayd etish joizki, ko`p manbalarda ishlatilgan «aqidaparastlik» so'zi hozirgi voqelikdan kelib chiqib «mutaassiblik» so'zi bilan almashtirilgan holda ifoda etilmoqda. Bunday holatlarni oldini olish uchun DINIY IMMUNITETni oshirishimiz kerak.


  3. 0‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida «terrorizm»ga quyidagicha ta ’rif berilgan: «Terrorizm — xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo'rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy va yuridik shaxslarning biron-bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilm ishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek, terrorchilik tashkilotining mavjud boMishini, ishlab turishini, molivalashtirilishini ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har
    qanday mablag'-vositalar va resurslar berish yoki yig`shga, boshqa xizm atlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat».


Hozirda diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilotlar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun xalqlar o‘rtasida birinchi navbatda millatchilik va diniy ayirmachilikni keltirib chiqarish va shu yo‘l bilan bir davlatda yashayotgan turli millat vakillari o‘rtasida milliy, diniy ixtilof va nizolarni vujudga keltirishga urinmoqda. Shu bois, 0‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov yer yuzida sodir bo‘layotgan bunday ofatlarning qanday kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida shunday deydi: «Taassufki, ba’zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g‘arazli maqsadda ularni teng qo‘yish kabi holatlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, bosh-ko‘zini aylantirib, ulardan o‘zining порок maqsadlari yo‘lida foydalanmoqda. Bunday nojo‘ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha’niga dog‘ bo‘lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy hayotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur».

4-Topshiriq

Venn diagrammasi



* - G'arb va Sharq dinshunosligining rivojlanish bosqichlarini umumiy o'xshash jihatlarini aniqlang.
Download 38.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling