71.Homilada barcha provizor a'zolar rivojlangan: sariqlik haltasi, amnion, seroz
qavat
va allantois. Bu qaysi hayvon sinfi vakilining homilasi?
Javob: (Qushlar sinfi)
72.Tajribada jo'ja homilasi rivojlanishida amnion burmalari birikib ketishi bizilgan.
Qaysi provizor a'zolar hosil bo'lishi buziladi?
Javob: (Amnion va seroz qavat)
73.Jo'ja taraqqiyoti jarayonida amniotik burma hosil bo'ladi. Bu burma
nimadan hosil
bo'ladi?
Javob: (Homiladan tashqari ektoderma va homiladan tashqari mezodermaning
parieral qavati)
74.Jo'ja homilasi rivojlanishida gaz va metabolitlar almashinuvini bajaruvchi organ
shikastlandi. Bu qaysi organ? U qaysi varaqalardan hosil bo'ladi?
Javob: (Allontois. Homiladan tashqari entoderma
va homiladan tashqari
mezodermaning visseral qavati)
75.Spermatogenez jarayonida akrosoma hosil bo'lishi buzilgan ("yumaloq kallachali
spermatozoid" simptomi). Sprematozoidning qaysi funksiyasi buziladi?
Javob: (Tuxum hujayrani urug'lantirish)
76.Homila suyuqligining sitologik tekshiruvida jinsiy xromatik saqlovchi hujayralar
topildi. Homilaning jinsi qanaqa bo'ladi?
Javob: (Ayol)
77.Elektron mikrosuratda spermatozoidlarning ko'ndalang kesmalari tushurilgan.
Birida mitoxondriyalar bilan o'ralgan o'q ip yaxshi ko'ringan, ikkinchisida
esa faqat
sentriola. Suratda spermatozoidning qaysi qismlari ko'rsatilgan?
Javob: (Birinchisida – oraliq, ikkinchisida – bo'rin (bog'lovchi qism))
78.Urug'lanishda tuxum hujayraga Y xromosomali spermatozoid kirdi. homilaning
jinsi qanaqa bo'ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: