Hazil savolar
-
Eng ko’p haqorat eshitadigan kishilar kimlar?
Javob: Futboldagi hakanamlar
-
Nima uchun inson orqasiga qaraydi?
Javob: Chunki orqasida ko’zi yo’q
-
Bir traktorchini ukasi bor ekan, ukasining akasi yo’q ekan. Mantiqiy o’ylab javob bering?
Javob: Traktorchi ayol kishi
-
U eng arzon va eng qimmat mulk. Undan to’g’ri foydalanilsa dahoga aylanish ham mumkin. U nima?
Javob: Vaqt
-
Qaysi qushning ko'zlari miyasidan kattaroq bo'ladi?
Javobi: Tuyaqush
-
Bir kishining 7 ta qizi bor. Qizlarning har birini bittadan akasi bor. Savol: u kishining nechta farzandi bor?
Javob: U kishining 8 ta farzandi bor. Kattasi o'g'il 7 ta qizga aka bo'ladi.
-
Nimaning 5 ta barmog'I bor, tirnoqlari yo'q?
Javobi: Qo'lqop
-
Shunday bir narsa borki u dastlab qo'shiq kuylab, so'ngra ko'zyosh to'kadi. Bu nima?\
Javob: Samovar
-
Nimaning 40 qulochi 1 gramga teng?
Javobi: Ip
-
Bu poytaxt shaharga o'sha davlatning 1- prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi shahar?
Javobi: AQSH poytaxti Vashington
-
Qaysi qizning otasi yo'q, onasi yo'q - bobosi bor?
Javobi: Qorqiz
-
Qayerda ot ustidan ot sakrab o'tishini ko'rish mumkin?
Javobi: Shaxmat o'yinida
-
Bir vaqtning o'zida 2 uy yonmoqda, biri badavlat kishiniki, ikkinchisi kambag'al kishiniki. Qaysi uyni politsiya birinchi bo'lib o'chirishga shoshiladi?
Javobi: Politsiya o't o'chirish bilan shug'ullanmaydi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |