Жавоб: Ksenofond Савол: Moliya –bu Жавоб


Download 33.86 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi33.86 Kb.
#1604711
Bog'liq
МОЛИЯ ФАНИДАН ОХИРГИ (2)


«МОЛИЯ» ФАНИДАН ТЕСТ САВОЛЛАРИ ВА ЖАВОБЛАРИ


Савол: Moliya masalalariga bag’ishlangan, “Afina respublikasining daromadlari to’g’risida” deb nomlangan ilk ilmiy ishning muallifi kim?
Жавоб: Ksenofond


Савол: Moliya –bu
Жавоб: Pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisi.


Савол: Byudjet daromadlarini to’g’ri va o’z vaqtida kelib tushishini nazorat qilish davlatning qaysi vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi?
Жавоб: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ,O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Bojxona Qo’mitasi.


Савол: Rossiya tarixida moliya sohasidagi ilk asarning muallifi kim?
Жавоб: I.S.Peresvetov


Савол: Moliya atamasi o`zbek tiliga qaysi tildan olingan?
Жавоб: arab tili


Савол: “Soliqlar va yig’imlar xususida traktatlar” asarining muallifi kim?
Жавоб: V.Petti


Савол: Qaysi javobda moliyaning vazifalari keltirilgan?
Жавоб: taqsimlash


Савол: “Davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini buza olmaydi, u cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni o’rnatish yo’li bilan ham mamlakatning xo’jalik hayotiga aralashmasligi kerak” ushbu ta`limot qaysi iqtisodiy maktab vakillariga tegishli?
Жавоб: Mumtoz (klassik) iqtisodiy maktab


Савол: Takror ishlab chiqarish fazalarining to’g’ri ketma-ketligini aniqlang!
Жавоб: Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol



  1. Agar pul massasi unga bo’lgan talabdan ortiq bo’lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki … sodir bo’ladi.

Ж:
Milliy valyutaning qadrsizlanishi;

  1. Moliyaning funksiyalari … orqali amalga oshiriladi.

Ж: Moliya mexanizmi;

  1. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, u holda ...

Ж:
pul massasining yetmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan to’ldiriladi (tiklanadi);

  1. Moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui (yig’indisi)-fanda qanday nomlanadi?

Ж: Moliyaviy siyosat;

  1. Baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solish

Ж: ning muhim omili bo’lib hisoblanadi;

  1. Moliyaviy siyosat, eng avvalo, …ning maksimal hajmini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Chunki aynan …har qanday o’zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi.

Ж: Moliyaviy resurslar;

  1. Moliyaning funksiyalari to`gri ko`rsatilgan javobni tanlang?

Ж: Taqsimlash, nazorat;

  1. Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element … hisoblanadi.

Ж: Moliyaviy siyosat;

  1. Mamlakat iqtisodiyotiga … siyosatining ta’siri bevosita namoyon bo’ladi, ya’ni … stavkalarining yuqori darajada belgilanishi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi.

Ж:
Soliq;

  1. Qaysi iqtisodiy kategoriya qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi?

Ж: Davlat byudjeti;

  1. “Davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini buza olmaydi, u cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni o’rnatish yo’li bilan ham mamlakatning xo’jalik hayotiga aralashmasligi kerak” ushbu ta`limot qaysi iqtisodiy maktab vakillariga tegishli?

Ж: Mumtoz (klassik) iqtisodiy maktab;

  1. O`zbekiston Respublikasida oliy moliyaviy nazorat organi qaysi?

Ж: Hisob Palatasi;

  1. O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti qanday byudjetlarni o‘z ichiga oladi?

Ж: Republika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar;

  1. “Soliqlar va yig’imlar xususida traktatlar” asarining muallifi kim?

Ж: V.Petti;

  1. Moliya -bu:

Ж: Pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi;

  1. Takror ishlab chiqarish fazalarining to‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang!

Ж: Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol;

  1. Rossiya tarixida moliya sohasidagi ilk asarning muallifi kim?

Ж:
I.S.Peresvetov;

  1. Moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmui (yig’indisi)-fanda qanday nomlanadi?

Ж:
Moliyaviy siyosat;

  1. Mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag’batlantirishi yoki unga to’sqinlik qilishi mumkin bo`lgan moliyaviy siyosat tarkibiy qismi qaysi?

Ж: Boj siyosati

  1. Davlat byudjeti xarajatlarining daromadlariga nisbatan ko`p ekanligi qanday nomlanadi?

Ж: defitsit;

  1. Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo’yish huquqiga kim ega?

Ж:
Prezident;

  1. Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida … davlat byudjetini ko’rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida faoliyat ko’rsatadi

Ж: Vazirlar Mahkamasi;

  1. Davlat moliyasining mustaqil bo‘g‘ini sifatida Davlat krediti...

Ж: Davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir

  1. Byudjetga va maxsus fondlarga soliqlar, yig’imlar va to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi masalalari bo’yicha moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish qaysi organning vazifasi hisoblanadi?

Ж: Davlat bojxona qo`mitasi;

  1. Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash qaysi organning vazifasi hisoblanadi?

Ж: Moliya vazirligi;

  1. Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakllari nimalardan iborat?

Ж: barcha javoblar to`g`ri;

  1. Moliya tizimining davlat moliyasiga tegishli bo‘g‘nilarini ko‘rsating?

Ж:
Respublika va mahalliy byudjetlar;

  1. Moliyaviy boshqaruvning obyekti sifatida … turli ko’rinishlari maydonga chiqadi

Ж: moliyaviy munosabatlar;

  1. Davlat byudjetining asosiy daromadlari …dan iborat bo’lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% gacha va ayrim davrlarda undan ham ko’proq qismi shakllantiriladi.

Ж: soliqdan

  1. Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi … siyosatining yo’nalishlaridir

Ж: Pul;

  1. Takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag’larni to’ldirish va investitsiyalar uchun mablag’larning qarzga olinishini ta’minlaydigan moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi qaysi

  2. Ж: Kredit siyosati;

  3. Federativ davlatlarda byudjet tizimi necha bo’g’indan tarkib topgan

Ж:3

  1. Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlariga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?

Ж: moliyaviy bozorning resurslaridan foydalangan holda investitsiyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jalb etish;

  1. Moliya tizimining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasiga tegishli bo‘g‘nilarini ko‘rsating

Ж: Tijorat korxonalari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi, notijorat tashkilotlar moliyasi;

  1. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi

Ж: o’rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash; uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash;

  1. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi necha bo’g’indan iborat

Ж:2

  1. Hisobot yilidan keyingi yilning … yillik moliyaviy hisobot auditorlik tekshiruvidan o’tkazilmasligi hamda auditorlik xulosasi mavjud emasligi xo’jalik yurituvchi subektning majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin tovlashi deb e’tirof etiladi.

Ж:
1 maygacha;

  1. Nodavlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi nimalardan iborat

Ж: joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirish;

  1. Nodavlat moliyaviy nazorati nechaga bo’linadi?

Ж:
ikkiga bo’linadi: ichki (firma ichidagi) va tashqi (auditorlik) ;

  1. Amalga oshirilish reglamenti bo’yicha moliyaviy nazoratning qanday shakllari mavjud

Ж:
ixtiyoriy va majburiy;

  1. Quyidagilardan qaysi biri moliyaning xarakterli belgisi hisoblanadi

Ж: markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini taskil etish;

  1. Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida … davlat byudjetini ko’rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida faoliyat ko’rsatadi

Ж: Vazirlar Mahkamasi;

  1. Davlat ichki va tashqi qarzining chegaralarini belgilash kim tomonidan amalga oshiriladi?

Ж: Oliy Majlis;
С:Moliyaviy bashoratlash qanday usullarni qo`llashni taqazo etadi?
Ж: iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog’liq ravishda moliyaviy reja ko’rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonometrik modelni yaratish;
С: Moliya tizimining davlat moliyasiga tegishli bo‘g‘nilarini ko‘rsating?
Ж: Davlat byudjeti, davlatning maqsadli jamg`armalari, davlat krediti;
С: Pul siyosati orqali qanday vazifalar amalaga oshiriladi?
Ж: muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga mos kelmagan sharoitda pul massasining yetmagan qismini qog‘oz pullar hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to‘ldirish;
С:Moliya tizimining sohalarini ko‘rsating
Ж: Davlat moliyasi va mahalliy moliya, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi;
С: Moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud bo’lgan byudjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni byudjet kreditlarini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish …
Ж: Davlat byudjetining tartibga soluvchi rolini ifodalaydi;
С: Qaysi byudjetga tushishiga qarab soliqlarni qanday soliqlarga ajratilishi mumkin?
Ж: to‘g‘ri soliqlar, egri soliqlar;
С: Quyidagilardan qaysi biri Respublika byudjeti daromadlari hisoblanmaydi?
Ж: mahalliy hokmiyat organlariga qarashli mulkdan foydalanishdan olingan daromadlar;
С: Quyidagilardan qaysi biri moliyaviy siyosatning tarkibiy qismiga kirmaydi?
Ж: ishsizlik siyоsati;
С: Moliyaviy rejalashtirish nima?
Ж: moliyaviy resurslarning balansliligini va prorportsionalliligini ta’minlashga qaratilgan faoliyat;

С: Davlatning oliy moliyaviy nazorat organi qaysi?


Ж: Hisob Palatasi;

С: Quyidagilarni qaysi biri Byudjet siyosatiga taaluqli emas?


Ж: pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog’liq ravishda bir necha bo’g’inlardan tashkil topadi;
С: Moliya tizimi qanday qismlardan tashkil topgan?
Ж: xo`jalik yurituvchi subektlar moliyasi, davlat moliyasi;
D.Rikardo mehnatning qiymat nazariyasidan kelib chiqqan holda barcha soliqlar so‘zsiz ravishda nimalarga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblagan?
Yo kapitalga yoki daromadga;


Byudjet jarayonining davomiyligi, odatda, necha yilga yaqin davom etadi?
uch yilga yaqin davom etadi;


Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan mablag’lar va byudjet mablag’lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini kim (qaysi organ) belgilaydi? O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi;


Valyuta bozori – bu......
Xorijiy valyutaga nisbatan talab va taklif to‘qnash keladigan bozordir;


Neokeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida qanday g‘oyani himoya qildilar? “Defitsitli moliyalashtirish” g‘oyasini;


Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi nimalardan iborat bo’lishi mumkin
korxona iqtisodiy salohiyatining o’sish sur’atlari barqarorligini ta’minlash;


Jahon banki” guruhiga kiruvchi tashkilotlarni ko‘rsating? Noto‘g‘ri javobni aniqlang. Xalqaro valyuta jamg‘armasi;


J.M.Keyns nazariyasiga ko‘ra soliqlar va qarzlar hisobidan davlat xarajatlarining o‘sishi qanday natijalarga olib keladi
Tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishi va milliy daromadning ko‘payishini ta’minlashi hamda ishsizlikka barham berishi mumkin;


Davlat maqsadli jamg‘armalarining manbalari qanday guruhlardan tashkil topadi? Noto‘g‘ri javobni toping. Xorijiy davlat kompaniyalarining moliyaviy yordami;


Uy xo‘jaliklarining mulkdan olinadigan daromadlari qanday ko‘rinishlar olinadi? Noto‘g‘ri javobni ko‘rsating. Ish haqi;


Milliy daromadni qayta taqsimlash va Byudjet daromadlarini shakllantirish uchun qanday metodlardan foydalaniladi? Soliqlar, davlat krediti, pul emisiyasi;


Valyuta kursi deb nimaga ataladi?
Bir valyutaning boshqa valyuta birligidagi bahosi;


Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadini shakllantirishning asosiy metodlari ko‘rsating? Maxsus soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar, davlat byudjeti mablag‘lari va zayomlar;
A.Smitning soliq kontseptsiyasi qanday yagona maqsadga qaratilgan? Kapitalning jamg‘arilishini rag‘batlantirish va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini tezlashtirishga;


Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo‘lgan hollarda, ortiqcha mablag‘lar qanday ishlatiladi? Davlat byudjeti defitsitini kredit shaklida qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida daromad olishga ishlatiladi;


Qanday holat erkin suzib yuruvchi kurs rejimini anglatadi? Milliy valyutaning kursi erkin tarzda valyuta bozorida talab va taklif asosida shakllanadi;


Uy-xo‘jaliklari moliyasi qanday tizimning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi?
Har bir davlat moliya tizimining;


XXI asr bo‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida kuzatilgan asosiy tarkibiy tendentsiyalarni ko‘rsating. Noto‘g‘ri javobni aniqlang. Davlatlar o‘rtasida protektsionizmni kuchayishi;


To‘lov balansi qanaqa hujjat? Unda mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo‘ladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va to‘lovlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi;
Download 33.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling