Javob: O’ta mubolag’ali tasvir 111. Maqol nima? Javob: Arabcha termin «kallun»


Download 16.73 Kb.
Sana10.10.2020
Hajmi16.73 Kb.
#133197
Bog'liq
Folklor 109-130 Muyassar


109. Lof musobaqasining maqsadi nima?

Javob: Auditoriyani kuchli mubolag’a orqali kuldirish

110. Lof nima?

Javob:O’ta mubolag’ali tasvir

111. Maqol nima?

Javob: Arabcha termin «kallun»(aytmoq, gapirmoq)

Qo’shimcha javob: Xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli janr. Muayyan ritmik shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan

112. Maqol va matalning farqli ta’rifi kim tomonidan tadqiq qilingan?

Javob: XIX-asr tadqiqotchisi V.Dal tomonidan

113. Maqollar qanday tasnif qilinadi?

Javob:Maqol, matal, naql, masal, zarbulmasal, hikmatli so’zlar

114. Maqollarning qadimiy variantlari qaysi asarda berilgan?

Javob:Yusuf Hos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida

115. Marosim qo‘shiqlari qaysilar?

Javob: (“Sust xotin”, “Choy momo”, “Loy tutish”, “Shohmoylar”)

116. Mashhur askiyachilardan kimlarni bilasiz?

Javob:Erka qori Karimov, Jo’rahon Sultonov, Yusufjon qiziq Shakarjonov

117. Maslahat bermaymiz Boysari­boyga, Osilmaymiz Boybo‘rining doriga. Biring – aka, biring – uka, Boysari, Maslahatni, shohim, o‘zing bilasan. Ushbu fikr kim tomonidan aytilgan («Alpomish»)?

Javob:Yortiboy oqsoqol tomonidan aytilgan

118. Mavsumiy marosimlar qaysilar?

Javob:Yilning 4 fasliga oid yashash va mehnat tarsi bilan aloqador marosimlar

119. Mif,afsona,ertak kabi folklore janrlari haqida qaysi asarda ma’lumot uchraydi?

Javob: Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida

120. Mifologik obrazlar.

Javob:Dev, Ajdarho, Pari, Ilon va boshqalar

121. Mifologiya nima?

Javob:Afsonalar va qaxramonlar to’g’risidagi uzoq tarixga ega soha

122. Nasriddin Afandi obrazi qachon paydo bo‘lgan?

Javob:XIX asrdan boshlab ozarbayjon fol’klorida

123. Nima uchun Boybo‘ri va Boysarining «otini ushlamadilar, ko‘nglini xushlamadilar, ostiga libos tashlamadilar...» («Alpomish»)?

Javob:Chunki bu to‘y o‘g‘illining o‘g‘lidan qaytadi, qizlining qizidan qaytadi, sеning nimangdan qaytadi?! O‘zing o‘lsang, molingga har mеrosxo‘r chiqadi, og‘ziga odam kirib kеtadi”

124. Nor nima?

Javob:Erkak tuya

(bir oʻrkachli (dromedar) erkak tuyaning oʻzbek tilidagi nomi)

125. O‘rog‘im olmos, O‘rishdan qolmas, – deb boshlanuvchi misralar dehqonchilik qo‘shiqlarining qaysi turiga mansub?

Javob: O’rim qo’shiqlari

126. O‘tar dunyo qiyomatin o‘ylagin, Jon borinda turfa-turfa so‘ylagin misralari qaysi doston qahramonining so‘zlari?

Javob:«Qunduz bilan yulduz» dostonidan Avazxon so’zi

127. O‘zbek askiyalarining yozma adabiyotga ta’siri qaysi ijodkorlarda mavjud?

Javob:Hamza, Abdulla Qodiriy, Yashin, Sobir Abdulla

128. O‘zbek latifalarini qaysi olim o‘rgangan?

Javob:Hodi Tillayevich Zarifov

129. O‘zbek xalq dostonlari tasnifi qanday?

Javob: Qahramonlik, romanik, tarixiy

Qo’shimcha javob: 1. Qahramonlik dostonlari («Alpomish»).

2. Ishqiy-romanik dostonlar («Ravshan», «Kuntug'mish»).

3. Jangnoma dostonlari («Yakka Ahmad»).

4. Kitobiy dostonlar («Sayyod va Hamro», «Oshiq G'arib va Shohsanam»).

5. Tarixiy dostonlar («Oysuluv»).

130. Og‘zaki drama nima bilan xarakterlanadi?



Javob: Satira va yumorga asoslanishi bilan
Download 16.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling