Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet11/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,Davlatning tuzilish shakli – bu davlatning siyosiy va ma’muriy-hududiy tuzilishi bo‘lib, markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tavsiflaydigan davlat shaklining tarkibiy qismidir.
Davlatning tuzilish shakliga ko‘ra: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) ko‘rinishlari mavjud.
Unitar tuzilishdagi davlat yagona bo‘lib, u tarkibiy qismlari suverenitet belgilariga ega bo‘lmagan ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘ladi.
Unitar davlatga xos belgilar:
qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyati organlari yagona tizimining mavjudligi;
– yagona konstitutsiya, qonunchilik, soliq, moliya tizimlarining mavjudligi;
– yagona fuqarolikning joriy etilganligi;
– barcha tashqi munosabatlar markaziy organlar tomonidan amalga oshirilishi.
Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar, mamlakat tarkibida davlat belgilariga ega alohida hududiy tuzilmalar, ya’ni, “davlat ichidagi davlatlar” bo‘lmaydi. Unitar davlatlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini, yurisdiksiyasini tanho o‘tkazadi. Barcha ma’muriy hududlar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliya-kredit va soliq siyosati amal qiladi. Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, SHvetsiya, Fransiya, Italiya, Ukraina kabi oddiy tarkibiy tuzilishga ega davlatlar misol bo‘la oladi.
Markaziy hokimiyat mahalliy organlar ustidan nazoratning qay turini amalga oshirishiga qarab, unitar davlatlar markazlashgan (Buyuk Britaniya, SHvetsiya, Daniya va boshqalar) va markazlashmagan (Fransiya, Italiya, Ispaniya va boshqalar)ga bo‘linadi .
Bundan tashqari, ba’zi unitar davlatlarda bir yoki bir necha hududiy bo‘linmalarga boshqalardan imtiyozliroq huquqiy maqom berilishi mumkin. Bunday unitar davlat nisbiy ma’muriy mustaqil muxtoriyat (avtonomiya)ga ega bo‘ladi. Davlat tuzilishining yuqoridagi shakli hududiy bo‘linmalarning maxsus manfaatlarini hisobga olish zarur bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi. Mazkur avtonom tuzilmalarda o‘zini o‘zi boshqarish huquqi boshqa aholiga qaraganda kengroq bo‘ladi. Biroq muxtoriyatlar mustaqilligiga markaziy hokimiyat belgilagan doiradagina yo‘l qo‘yiladi.

14. Huquqiy munosabatlar vujudga kelishida huquq va muomala layoqati muhim belgilovchi o‘rinni egallaydi.Muomala layoqati bilan delikt layoqati esa undan kelib chiqadi. Ba’zi olimlar shaxs huquq layoqatiga ega bo‘lmasa, huquqni amalga oshirishga oid harakat yoki u bilan bog‘liq javobgarlik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlashadi. Lekin muoamala layoqatiga ega bo‘lmagan yoki muomala layoqati vaqtincha cheklangan shaxslar ham bo‘lib, ularga ham huquqni amalga oshirishga oid harakatlari mavjud hisoblanadi.


Masalani atroflicha tahlil qiling.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling