Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet12/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,Huquqiy munosabat sub’ektlari elementlari: huquq layoqati va muomala layoqati.
Huquqiy layoqat – shaxsning huquq normalariga muvofiq sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘la olish qobiliyatidir. Boshqacha aytganda, huquqiy layoqat jismoniy va yuridik shaxslarning sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlarga ega bo‘lish imkoniyati, qonunda nazarda tutilgan turli munosabatlarga kirishi qobiliyatidir. Insonlarda huquqiy layoqat ular tug‘ilgan paytda paydo bo‘lib, vafot etgunicha mavjud bo‘ladi. Huquq normalari huquqiy munosabat sub’ektlarining ular huquqiy layoqatiga mos tarzdagi harakatlanish mezoni va chegarasini belgilaydi. Huquq nazariyasida huquqiy layoqatning uch turi farqlanadi: umumiy, sohaviy va maxsus.
Umumiy huquqiy layoqat – har qanday shaxsning, yoki tashkilotning umuman huquq sub’ekti bo‘laolish imkoniyatidir. Bu imkoniyat tug‘ilgan (tashkil topgandan) boshlab mavjud bo‘ladi.
Sohaviy huquqiy layoqat – shaxs yoki tashkilotning u yoki bu huquq sohasida sub’ekt bo‘la olish yuridik qobiliyati. Turli huquq sohalarida sub’ekt bo‘lish uchun har xil talablar belgilangan.
Maxsus huquqiy layoqat – muayyan lavozimni prezident, sudya, prokuror va h.k. egallash munosabati bilan vujudga keladigan huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lish qobiliyati. Bunday layoqat shaxsning muayyan huquq sub’ekti toifasiga mansub bo‘lishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin (masalan, huquqni muhofaza etish organi xodimi).
Muomala layoqati – bu shaxsning o‘z hatti-harakati orqali huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishining qonunda belgilangan imkoniyati. Muomala layoqati faqat sud tomonidan cheklanishi mumkin. Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish u voyaga etgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach, to‘la hajmda vujudga keladi.
Huquqiy munosabat sub’ekti o‘z xatti-harakati, nojo‘ya xulq-atvori va huquqbuzarlik oqibati, etkazilgan zarar uchun javob-garlikni o‘tay olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim. «Delikt» lot. – huquqbuzarlik, noqonuniy xatti-harakat, ya’ni shaxsning sodir etilgan huquqbuzarligi, jinoyati uchun javob bera olish layoqatini anglatadi. Mazkur layoqat sohibi hisoblanayotgan shaxs aqli raso, ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi va o‘z xatti-harakatlari oqibati uchun to‘la javobgarlikni zimmasiga olishga layoqatli bo‘lishi lozim.
Huquqdorlik tushunchasitarkibida huquqiy layoqat muhim belgilovchi o‘rinni egallaydi. Muomala layoqati bilan delikt layoqati esa undan kelib chiqadi. CHunki shaxs huquq layoqatiga ega bo‘lmasa, huquqni amalga oshirishi yoki tegishli javobgarlikni o‘tashi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.

15. Kazual sharhlash umummajburiy xarakter kasb etmaydigan, balki huquqiy normani aniq hodisa, hayotiy holatga qo‘llash uchun ko‘zlangan rasmiy talqin etishdir. Kazus – hodisa, hayotiy fakt. Kazual sharhlash sud va boshqa huquqni qo‘llovchi organlar tomonidan ko‘rilayotgan va hal qilinayotgan aniq ishlar bo‘yicha tegishli normaga beriladi va faqat shu ish uchun majburiy hisoblanadi. Kazual sharhlash normativ sharhlashdan qator jihatlariga ko‘ra farq qiladi.


Sudlar har bir fuqarolik, jinoiy, ma’muriy, iqtisodiy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishli huquqiy normalar bilan ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida huquqiy normalarni kazual sharhlaydi. Sudning muayyan ish bo‘yicha chiqargan huquqni qo‘llash hujjatida huquq normani kazual sharhlash yotadi. Kazual sharhlash qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlashdagi muhim ahamiyatga ega.
Masalani atroflicha tahlil qiling.



Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling