Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 29 yanvardagi 368-III-sonli Qarori


Download 312.95 Kb.
bet20/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 29 yanvardagi 368-III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 151-moddasida yuqoridagi muammoli vaziyatning echimi keltirilgan.
Xususan, Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining xulosasi taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida uning takliflarini ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishi kerak.
Kelishuv komissiyasining takliflari qabul qilingan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Qonunni qayta ko‘rib chiqishda kelishuv komissiyasi majlisining bayonnomasida mavjud bo‘lgan takliflargina muhokama qilinadi. Bunday holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi.
SHuningdek, Qonunchilik palatasi kelishuv komissiyasining takliflari bo‘yicha deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonunchilik palatasi yangi takliflarni taqdim etish uchun Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan tuzatishlarni inobatga olgan holda ishni davom ettirishni kelishuv komissiyasiga taklif qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun bir oy muddat ichida Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan mas’ul qo‘mitaga topshiriladi.
Kengash mas’ul qo‘mitaning xulosasini olgach, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masalani Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga birinchi navbatda kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni Qonunchilik palatasining majlisida qayta ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini, ushbu takliflar va fikrlar bo‘yicha mas’ul qo‘mitaning xulosasini bayon etishdan boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takliflari va fikrlarini inobatga olgan holda qabul qilish;
qonunni bundan buyongi ko‘rib chiqishdan olib tashlash;
qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma’qullash.

24. Har bir yaratilgan qonun, eng avvalo mantiqiy muntazamlikka asoslangan holda, bir-biriga bog‘liq va har biri oldingi normaning mazmunidan kelib chiqadigan normalar tizimidan iborat bo‘lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, har bir norma yaxlit bir tizimning mustaqil, biroq o‘zigacha va o‘zidan keyingi normalarga mazmunan bog‘liq birligi sifatida joylashtirilishi lozim. Lekin biz qonunchilikda ayrim holatlarda tizimlilik yo‘qolganligini yoki takrorlashlarga yo‘l qo‘yilganligini kuzatamiz. Bunda albatta qonunchilikni tizimlashtirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning bir necha turlarini ko‘rsatish mumkin. Albatta tizimlashtirishning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga va huquqiy asoslarga ega.


Masalani atroflicha tahlil qiling va vaziyatga huquqiy baho bering.
Javob:YUqoridagi masala O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona Uslubiyoti bilan tartibga solinadi.
Unga asosan, qonun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
normalarning bir xil talqin qilinishini ta’minlovchi, ularni aniqlashtirish uchun qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilishni talab etmaydigan holda batafsil ifoda etilishi;
qonun matnida uni amalga oshirishning aniq mexanizmi mavjudligi;
qonun loyihasida huquqiy munosabatlar sub’ektlari huquq va majburiyatlarining to‘liq ro‘yxati mavjudligi;
deklarativ va mavhum normalarning yo‘qligi.
SHuningdek, qonun normalari boshqa qonunlar normalari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak. Bunda qonun normalarining ta’rifi boshqa qonunlarda qo‘llaniladigan ta’riflar bilan bir xil bayon etilishi kerak.
SHu bilan birga, qonun loyihasining matnini ishlab chiqish jarayonida unda qonunchilik tizimlashtiriladi, qonunosti hujjatlarida mavjud bo‘lgan barcha huquqiy normalar birlashtiriladi, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni to‘ldiruvchi yangi normalar ishlab chiqiladi, ayrim huquqiy ko‘rsatmalar o‘rtasidagi nomuvofiqliklar, asossiz takrorlanishlar va qarama-qarshiliklar bartaraf etiladi.
Bunda qonun qabul qilingach, normalari qonunda o‘z aksini topgan barcha eski qonunosti hujjatlari o‘z tartibga solish zaruratini yo‘qotadi va kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim.

25. Ba’zi mualliflar “huquqiy tizim”ni “huquq tizimi” iborasi bilan bir xil deb tushunadilar, boshqa olimlar esa, mazkur tushuncha doirasida huquqiy normalar va huquqiy munosabatlarning o‘zaro daxldorligini nazarda tutadilar. Uchinchi guruh mutaxassislar “huquqiy tizim tushunchasi normativ tuzilma sifatida huquqning tuzilishini, vakolatli organlarning huquq ijodkorlik va huquqni qo‘llash sohasidagi faoliyatlarini qamrab oladi”, deb ta’kidlaydilar.


Huquq tizimi va huquqiy tizim o‘rtasida farqlarni muhokama qiling va fikringizni misollar yordamida yoritib bering.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling