Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet17/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquqni amalga oshirish – bu davlat tomonidan yuridik jihatdan mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarning amalga oshirilishi bo‘lib, huquq normalarini kishilar va ularning tashkilotlari faoliyatida hayotga tadbiq etilishidir. Huquq prinsiplari va normalari faqat hayotga tatbiq etilgan, maxsusmuomala sub’ektlari harakatlarida amalga oshgan taqdirda­gina huquq oliy ijtimoiy qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi, shundagina u mazmun kasb etadi, jamiyat uchun ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar huquq amalga oshirilmas ekan, oxir-oqibatda u o‘zining mohiyatini yo‘qotadi. Zero, huquqiy jamiyatda xalq ham, davlat ham huquqqa rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Bu erda taqiqlovchi va muhofaza qiluvchi normalar amalga oshadi. Rioya etish amalga oshirishning bir shakli bo‘lib, u sub’ekt larning yuridik taqiqlarga mos ravishda ish ko‘rishida ifodalanadi. Bu shaklga sub’ektlarning passiv xulq-atvori xosdir. Ular yuridik normalar bilan man etilgan harakatlarni bajarmaydi, ya’ni o‘zlariga yuklangan passiv majburiyatlarni bajaradilar. Muhofaza qiluvchi normalarning barchasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilmasada, norma ma’nosidan mantiqan kelib chiquvchi taqiq ifodalanadi: agar biron-bir harakat uchun norma sanksiyasida yuridik javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan ravshanki, bunday harakatni qonun chiqaruvchi organ man etgan. Masalan, bunday taqiqlar Jinoyat kodeksi Maxsus qismining normalari va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalari bilan belgilangan.

20. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng demokratik huquqiy davlat asoslarini barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilib qo‘ydi. Bunda hokimiyatlar bo‘linishi alohida ahamiyat kasb etib, davlat funksiyalarini samarali amalga oshirilishini ta’minlab beradi, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo‘lishi lozim. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda hokimiyat vakolatlarini taqsimlash va ular o‘rtasida bir-birini tiyib turish va muvozanatda saqlash tizimini tadbiq etish bo‘yicha huquqiy asoslar yaratildi va bu borada islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.


Masalani atroflicha tahlil qiling.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling