Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:Asosiy Qonunning 11-moddasiga muvofiq


Download 312.95 Kb.
bet18/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:Asosiy Qonunning 11-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. Mazkur prinsipga binoan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari mustaqildirlar hamda tengdirlar va o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlash prinsipiga muvofiq, avvalo, Konstitutsiyada hamda qonunlarda belgilangan vakolatlar doirasida faoliyat ko‘rsatadi. Davlat hokimiyati tizimida vakolat va funksiyalarning bunday taqsimlanishi davlat va jamiyat hayotini boshqarish bilan bog‘liq vazifalarning amalga oshirilishida butun hokimiyat uning muayyan bir tarmog‘i qo‘lida to‘planib qolishining oldini olishga xizmat qiladi.
Ayni vaqtda o‘zaro tiyib turish tizimi hokimiyatning muayyan bir tarmog‘iga davlat faoliyatini boshqarishda mutlaq huquqqa ega bo‘lish imkonini bermaydi, o‘zaro muvozanat tizimi esa davlat va jamiyat ishlarini boshqarish vazifalarini birgalikda hal qilishda hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarning aniq va oqilona taqsimlanishini bildiradi. SHu bilan birga, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro nazoratni samarali amalga oshirish uchun sharoit yaratadi. Bu tizim o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish uchun eng muhim kafolat bo‘lib, inson huquq va erkinliklari, umuman, qonuniylikning samarali himoya qilinishini ta’minlaydi.
Hokimiyatlar bo‘linishi, ular o‘rtasidagi o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini amalga oshirish mexanizmlari Asosiy Qonunimizning bir qator normalarida aniq mustahkamlab qo‘yilgan. Masalan, qonun chiqaruvchi hokimiyatni shakllantirishda — Oliy Majlis palatalarining tarkibi ijro etuvchi hokimiyat organlarining har qanday aralashuvisiz bevosita saylovchilar tomonidan shakllantiriladi. Ushbu prinsipni amalga oshirishning huquqiy kafolati bo‘lib, Konstitutsiya va qonunlardagi hukumat a’zolari, sudyalar, prokuratura xodimlari o‘z vazifalarini bajarayotgan davrda davlat hokimiyati vakillik organining deputatlari bo‘la olmasligi haqidagi qoidalar hisoblanadi.
Ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyat organlari qonun chiqarish jarayoniga faol ta’sir eta oladilar. Konstitutsiyaning 83-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Qonunchilik tashabbusining boshqa sub’ektlari tomonidan parlamentda ko‘rib chiqilishi uchun kiritilayotgan davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari majburiy tartibda ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilishi kerakligiga oid holatlar qonunchilikda belgilab qo‘yilgan.
Sud hokimiyati organlari huquq ijodkorligi jarayoniga, huquqni qo‘llash amaliyotiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, Asosiy Qonunimizning 108-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi. Bundan tashqari, u vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat hokimiyatining mahalliy organlari chiqargan qarorlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaydi (Konstitutsiyaning 109-moddasi, 1-bandi).

21. “Davlat shakli” iborasini bir guruh olimlar “davlat tuzumi”ning sinonimi sifatida qo‘llaydilar va davlat shakli tushunchasiga davlat boshqaruv shakli, davlatning tuzilish shakli va siyosiy rejim kiradi, deb hisoblaydilar. Ikkinchi guruh olimlar davlat shakliga davlat boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shakli kiradi deb, unga siyosiy rejimni qo‘shmaydilar. YAna bir toifa huquqshunoslar davlat shakli – davlat hokimiyatining tuzilishi shaklidir, deydilar.


Davlat shakli o‘z ichiga nimalarni qamrab olishini atroflicha muhokama qiling.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling