Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan
Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan
Download 312.95 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan
Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, huquq uchun kurashish qonuniy huquqqa ega bo‘lgan shaxsning o‘z oldidagi majburiyatidir, huquqni himoya qilish, ya’ni huquqbuzarlikka qarshi harakat qilish esa faqat o‘z-o‘ziga nisbatangina emas, balki umuman jamiyatga, davlatga nisbatan ham majburiyatdir: har bir odam huquqni himoya qilar ekan, o‘zining sub’ektiv huquqi asosi bo‘lgan ob’ektiv huquq normalarini muhofaza etadi.
Sub’ektiv huquq – huquqdor (vakolatli) shaxsning huquq normalari doirasida hamda muayyan yuridik faktlar asosida vujudga keluvchi xatti-harakati, fe’l-atvorining me’yoridir. SHuningdek, sub’ektiv huquq – huquqiy munosabat ishtirokchilarining tegishli huquq normasiga asosan unda nazarda tutilgan harakatni sodir qilishga haqli ekanini yoki ularning ma’lum harakatlarning amalga oshirilishini talab qilish vakolatini bildiradi. Sub’ektiv huquq qonun bilan beriladigan va davlat tomonidan muhofazalanadigan xulq – atvorning mumkin bo‘lgan (ruxsat etilgan) chegarasi, ko‘lami bo‘lib, u asosan shaxsning imkoniyati sifatida baholanadi va uning qonuniy manfaatlarini qondirishga xizmat qiladi. 35. Huquqni sharhlash – maxsus yuridik vakolatli organlarning huquqni qo‘llashni tartibga solish maqsadida huquqiy normalar talablari mazmunini aniqlash va tushuntirish bo‘yicha faoliyatini anglatadi. Sub’ektlarga bog‘liq ravishda huquqni sharhlashning rasmiy va norasmiy turlari ajratib ko‘rsatiladi. Ayrim huquqni qo‘llovchi shaxslarning fikriga ko‘ra sharhlash majburiy ahamiyat kasb etmaydi. Masalani atroflicha tahlil qiling, vaziyatga huquqiy baho bering. Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, rasmiy sharhlash vakolatli sub’ektlar, ya’ni davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, u maxsus hujjatlar bilan mustahkamlanadi va huquq sub’ektlari uchun majburiy xarakterga ega bo‘ladi. SHarhlashning bunday turi yuridik ahmiyatga ega bo‘ladi va tegishli huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Mazkur sharhlash o‘z navbatida huquqni amalga oshiruvchilarni huquq normalarini bir xil ma’noda tushunish va aynan qo‘llashga yo‘naltiradi. Norasmiy sharhlash o‘z vazifasiga ko‘ra, bevosita huquq normalarini sharhlash vakolatiga ega bo‘lmagan sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday sub’ektlar sifatida nodavlat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, olimlar, amaliyot xodimlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ular huquq normalarini tushuntirishni tavsiya va maslahat berish kabi shakllarda amalga oshiradilar. Tushuntirishning bunday turi yuridik jihatdan majburiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi. 36. Ma’lumki, tegishli qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlarning turlari va ularni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan sub’ektlar qat’iy belgilab qo‘yilgan. SHu bilan birga, normativ-huquqiy hujjatlardagi huquq normalari tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan muayyan ishga nisbatan qaror chiqarish (qo‘llash) jarayonida hayotga tatbiq etiladi. Mazkur jarayonda huquq normasining mazmunida ko‘rsatilgan qoidalar ba’zan real hayotiy vaziyatlarga yoki ijtimoiy munosabatlarga muayyan ma’noda mos kelmasligi ham mumkin. Vaziyatga huquqiy baho bering. Huquqiy asoslarini atroflicha muhokama qiling. Javob: Davlat organlari, nodavlat tuzilmalari va alohida shaxslarning huquq normalarini tushuntirishga qaratilgan faoliyati sharhlash jarayonining ikkinchi tomoni bo‘lib hisoblanadi. Tushuntirish natijasida kelib chiqadigan yuridik oqibatlarga ko‘ra, ularni rasmiy va norasmiy sharhlashga ajratish mumkin. Rasmiy sharhlash vakolatli sub’ektlar, ya’ni davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, u maxsus hujjatlar bilan mustahkamlanadi va huquq sub’ektlari uchun majburiy xarakterga ega bo‘ladi. SHarhlashning bunday turi yuridik ahmiyatga ega bo‘ladi va tegishli huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Mazkur sharhlash o‘z navbatida huquqni amalga oshiruvchilarni huquq normalarini bir xil ma’noda tushunish va aynan qo‘llashga yo‘naltiradi. Rasmiy sharhlash normativ va kazual ko‘rinishlarda bo‘ladi. Kazual sharhlash ham rasmiy deb hisoblansada, u umummajburiy xarakterga ega bulmaydi va muayyan hodisaga nisbatan huquq normasini qo‘llash jarayonida amalga oshiriladi. U aniq bir ishni vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilayotgan paytda beriladi va aynan ushbu ish uchun majburiy xarakterga ega bo‘ladi. 37. Normalar faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini va chegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning mavjudligi yuridik faktlar, deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalar bilan bog‘liq. YUridik faktlar huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, aniq talabi sifatida maydonga chiqadi. YUridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi. YUridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: huquqni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi. Lekin ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida ham huquq yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. Masalani atroflicha tahlil qiling. Javob: YUridik faktlar huquq normalarida nazarda tutiladi, mustahkamlanadi. Masalan, nikohni FHDYO (ZAGS) idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish fakti – yuridik faktdir, chunki bu holat Fuqarolik kodeksi va Oila kodeksida mustahkamlangan. Ayni vaqtda, masjidda ham nikoh o‘qish faktlari (urf-odati) mavjud. Biroq, bu fakt qonunda nazarda tutilmagan. SHu bois u yuridik fakt bo‘la olmaydi. Bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida ham huquq yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin. Masalan, insonning o‘limi fakti meros huquqiy munosabatlarining kelib chiqishiga sabab bo‘la oladi, huquqiy munosabat ishtirokchilari tarkibi o‘zgarishiga olib keladi (ya’ni, o‘lgan shaxs bu munosabatdan chiqib ketadi), mavjud qator (oilaviy, mehnat, nafaqa) huquqiy munosabatlarning barham topishiga asos bo‘ladi. 38. Huquq prinsiplari va normalari faqat hayotga tatbiq etilgan, maxsusmuomala sub’ektlari harakatlarida amalga oshgan taqdirdagina huquq oliy ijtimoiy qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi, shundagina u mazmun kasb etadi, jamiyat uchun ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar huquq amalga oshirilmas ekan, oxir-oqibatda u o‘zining mohiyatini yo‘qotadi. Bilamizki, huquqlar normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlanadi. SHunday normativ-huquqiy hujjatlar borki uning hamma normalari ishlamaydi yoki hamma uchun majburiy bo‘lmaydi, ya’ni istisno holatlar mavjud bo‘ladi. Huquqni amalga oshirishning o‘ziga xos tomonlarini muhokama qiling va keltirilgan holat bo‘yicha fikrlaringizni asoslab bering Javob:Qonunning yaratilishiga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish – qonunchilik jarayonining boshlang‘ich nuqtasidir. Qonunga ehtiyoj bo‘lmasa, qonun chiqaruvchi “rejalashtirgan” huquqiy tartibga solish ro‘y bermaydi, qabul qilingan qonun ishlamaydi, u amaldagi huquqiy tizimga singishib ketaolmaydi, pirovard natijada qonunning ijtimoiy obro‘sizlanishi kelib chiqadi. Qonun yaratish ehtiyoji ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlariga muvofiq hayotning o‘zidan kelib chiqqani ma’qul. Huquqni amalga oshirish – bu davlat tomonidan yuridik jihatdan mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatlarning amalga oshirilishi bo‘lib, huquq normalarini kishilar va ularning tashkilotlari faoliyatida hayotga tadbiq etilishidir. Huquq prinsiplari va normalari faqat hayotga tatbiq etilgan, maxsusmuomala sub’ektlari harakatlarida amalga oshgan taqdirdagina huquq oliy ijtimoiy qadriyat sifatida namoyon bo‘ladi, shundagina u mazmun kasb etadi, jamiyat uchun ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar huquq amalga oshirilmas ekan, oxir-oqibatda u o‘zining mohiyatini yo‘qotadi. Zero, huquqiy jamiyatda xalq ham, davlat ham huquqqa rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. 39. Huquqni tatbiq etish zamon bilan hamnafas kechadigan murakkab jarayondir. Unda nafaqat sub’ektiv huquq va majburiyat egalari, balki xilma-xil organlar – huquq ijodkorligi, huquq ijrochiligi, huquqni qo‘llash organlari timsolida davlat ham ishtirok etishini ko‘rsatib o‘tishadi. SHundan kelib chiqqan holda huquqni hayotga joriy qilish jarayoni sifatida tushuniladigan huquqni qo‘llash, birinchidan, huquqni amalga oshirishning yuridik mexanizmlaridan hamda, ikkinchidan, amaldagi hayotiy munosabatlar yuridik shaklga kirgan bevosita huquqni amalga oshirish shakllaridan tashkil topadi. Huquqni amalga oshirishda davlat organlarining ishtirokini muhokama qiling va misollar orqali fikringizni mustahkamlang. Javob:Huquqni qo‘llash huquqiy tartibga solishning o‘z ahamiyatiga ko‘ra huquq ijodkorligidan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi muhim omilidir. Alohida qarorlar yuridik normalarni hayotga tatbiq etishni ta’minlovchi, ularni o‘z hukmi bilan mustahkamlovchi yuridik kuchga ega va xulq-atvorning qonuniylik mezoni bo‘lib xizmat qiladi. davlat hokimiyatini amalga oshirish vakolati berilgan organlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Huquqni qo‘llovchi davlat organlari va mansabdor shaxslar belgilab qo‘yilgan muayyan prinsiplar asosida o‘z faoliyatlarini tashkil etadilar. Bularning eng muhimlari bo‘lib: qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, maqsadga muvofiqlilik, asoslantirilganlik prinsiplari hisoblanadi. Muayyan ish bo‘yicha qaror qabul qilish yoki uni rasmiylashtirish davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning huquqni qo‘llash faoliyatining yakuni bo‘lib hisoblanadi. Huquqni qo‘llashning mazkur jarayonida alohida olingan hayotiy vaziyat yoki shaxsga nisbatan huquqni qo‘llashning yuridik oqibatlari ishlab chiqiladi va shakllantiriladi. 40. Huquq amalga oshirish sub’ektlari sifatida olimlar quyidagilarni, ya’ni huquqni amalga oshirish sub’ektining ikki shaklini individual va jamoa shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin. Agar huquqlar normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlanishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, huquqni amalga oshirish sub’ekti sifatida davlat ham e’tirof etiladi. Huquqni amalga oshirishning sub’ektlar doirasini muhokama qiling va misollar keltirib o‘ting. Huquqni amalga oshirish sub’ektlariga ko‘ra: Individual; Jamoa tomonidan. Huquqni amalga oshiruvchi sub’ektlar faoliyati xarakteriga ko‘ra: Huquq normalariga rioya qilish. Rioya etish orqali taqiqlovchi normalar amalga oshiriladi. Ushbu shaklning mohiyati taqiqlangan harakatlarni sodir etishdan passiv holatda o‘zini tiyishdan iborat; Huquq normalarini bajarish. Huquqni amalga oshirishning ushbu shakli huquq sub’ektlaridan majburiy ko‘rsatmalarni hayotga joriy etish bilan bog‘liq faol harakatlarni talab qiladi; Huquq normalaridan foydalanish. Huquqdan foydalanish shaxsga berilgan huquqlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Binobarin, ushbu o‘rinda uning xohishi bo‘yicha faol harakat ham, passiv harakat ham bo‘lishi mumkin. Masalan, fuqarolar saylov huquqlaridan foydalanish yoki foydalanmasliklari mumkin; Huquq normalarini qo‘llash. 41. Ma’lumki, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga binoan Konstitutsiya va qonunlar boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan ustun hisoblanadi. Huquqni qo‘llash jarayonida normativ-huquqiy hujjatlarning bir biriga zidligi, ular o‘rtasida tafovut holatlari ham aniqlanib turadi. Ularni hal etish bir qator yo‘llari mavjud. Masalani atroflicha tahlil qiling. Download 312.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling