Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan


Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan


Download 312.95 Kb.
bet29/40
Sana23.01.2023
Hajmi312.95 Kb.
#1113024
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)

Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,ijtimoiy normalar – bu kishilar hamda ularning jamoalari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalaridir.
Ijtimoiy normalarning quyidagi turlari mavjud:

  1. axloq normalari;

  2. siyosiy normalar;

  3. diniy normalar;

  4. korporativ normalar;

  5. urf-odat normalari;

  6. an’ana normalari;

  7. huquq normalari va boshqalar.

Huquq - davlat tomonidan belgilanadigan yoki ruxsat etiladigan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan umummajburiy hulq-atvor qoidalari tizimidir.
O‘ziga xos xususiyatlari bilan huquq normalari boshqa ijtimoiy normalardan ajralib turadi. Huquq normalarining o‘ziga xos jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Huquq normalari maxsus shaklda mustahkamlanadi va o‘zmanbalariga ega. Huquq nor­malari davlat tomonidan yaratiladi, o‘zgartiriladi va bekor qilinadi.
2. Huquq normalari davlat tomonidan ta’minlanadi, muhofaza etiladi va himoya qilinadi. SHu ma’noda huquq normalari umummajburiy mohiyatga ega. Masalan, jamoatchilik fikri kuchiga tayanuvchi axloq normlaridan farqli ravishda huquq normalari bajarilishi ta’minlash uchun davlat yuridik jazolarni o‘rnatadi.
3. Huquq normalari davlatning maxsus yuridik hujjatlari (qonunlar, farmonlar, qarorlar)da mustahkamlanadi.
4. Huquq kishilar ongiga ta’sir etish xususiyati va usullariga ko‘ra boshqa ijtimoiy normalardan farq qiladi. Huquq sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ularning yuridik huquq va maj­buriyatlari – haqqoniylik va nohaqlik, qonuniylik va g‘ayriqonu­niylik, jazolanish va jazolanmaslik nuqtai nazaridan tartibga solinadi.
5. Huquq normalarini buzganlik uchun javobgarlik mohiyati o‘ziga xos xarakterga ega. Huquqbuzarlik harakatlari oddiy javobgarlikni keltirib chiqaribgina qolmay, balki maxsus-yuridik javobgarlikni ham yuzaga keltiradi. Ayni paytda jazo tayinlash tartibi qonun bilan qat’iy belgilab qo‘yiladi. Masalan, axloq normalari bilan solishtiradigan bo‘lsak, axloq qoidalarini buzish qoidabuzarni axloqiy qoralash, unga tanbeh berish, jamoatchilik ta’siri choralarini qo‘llashda ifodala­nadi.
6. Huquq normalarining amal qilish sohalari buyicha boshqa ijtimoiy normalardan farq qilib, ular eng muhim sohalarinigina tartibga soladi.

45. Davlat funksiyalari taraqqiyotning u yoki bu bosqichida jamiyat oldida turgan asosiy vazifalarga qarab belgilanadi vabu vazifalarni ro‘yobga chiqarishning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat vazifalarining mazmuni esa turli xil ichki va tashqi omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiy hayotidagi tanglik hodisalari davlatning, uning barcha organlarining kuch-g‘ayratini iqtisodiy vazifalarni hal qilishga jalb etishni talab qiladi. Davlat o‘z funksiyalarini amalga oshirishda muayyan shakl va usullardan foydalanadi. Davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllarining huquqiy va huquqiy xarakterga ega bo‘lmagan turlari mavjud.


Davlat funksiyalarini amalga oshirish shakllariga huquqiy baho bering va ularni atroflicha yoriting.

Download 312.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling