Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan
Javob:O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 20 apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar” to‘g‘risidagi O‘RQ-682-sonli qonunining 9-moddasida
Download 312.95 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)
Javob:O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 20 apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar” to‘g‘risidagi O‘RQ-682-sonli qonunining 9-moddasida ushbu masalalarning echimi berilgan. Xususan, unda belgilanishicha “O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari huquqiy prinsiplar va normalarni mustahkamlovchi, birlashtiruvchi, tizimlashtiruvchi, shuningdek ijtimoiy munosabatlar eng muhim sohasining huquqiy jihatdan kompleks tartibga solinishini ta’minlovchi kodekslar tarzida qabul qilinishi mumkin”1. Xulosa qilish mumkinki, qonunlar va kodekslar bir xil yuridik kuchga ega. YUqorida qayd etilgan qonunning 18-moddasida asosan teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar bo‘lgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat qoidalari amal qiladi. 43. Zamonaviy davlatning ekologiya, demografiya, xomashyo sohalaridagi, axborot texnologiyasini yaratish va undan foydalanish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi hamda butun taraqqiyotga daxldor bo‘lgan boshqa global sohalardagi faoliyatini tasdiqlovchi global funksiyalarni ajratish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hozir davlatning muayyan vazifalarini markazdan joylarga berish to‘g‘risidagi masalani hal etish alohida muammo bo‘lib, uning bir necha jihatlari mavjud. Davlat funksiyalarining rivojlanish tendensiyalari bu vazifalar ham davlatning mohiyati va rasmiy tavsifining ta’siri ostidagi, ham o‘zgarib borayotgan tashqi muhit ta’siri ostidagi rivojlanishi va o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. SHuningdek, davlat funksiyalarining rivojlanishiga tashqi va ichki omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalani atroflicha muhokama qiling. Javob: Har qanday davlatning mohiyati eng avvalo, uning faoliyatida, funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Davlatning faoliyat sohalari xilma-xil bo‘lganligini hisobga olib, uning faoliyati bosh yo‘nalishlarini alohida ajratish zarurati kelib chiqqan. Ana shu bosh yo‘nalishlarda davlat mohiyati mujassam bo‘ladi, amalga oshiriladi va rivoj topadi hamda ular davlatning mavjud bo‘lish tarzini ifoda etadi. Davlatning funksiyalari u mavjud bo‘lgan butun tarixiy davr mobaynida doimiy ravishda xos bo‘ladi. Agar hokimiyat tepasiga boshqa siyosiy kuchlar kelsa, u holda davlatning funksiyalari ham o‘zgaradi. SHu bilan birga, ma’lum davrlarda ustuvor manfaatlarning o‘zgarishi ham ro‘y berishi mumkin. Bu o‘z navbatida, funksiyalarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Bunda birinchi o‘ringa birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalar chiqishi tabiiydir. Masalan, ikkinchi jahon urushi davrida davlatning yalpi mudofaa funksiyasi asosiy o‘ringa chiqqan. Ijtimoiy va tabiiy borliqning turli sohalarida global o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bugungi kunda ayrim funksiyalarning ahamiyati yanada oshib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, mahalliy organlar faoliyatini takomillashtirish va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish maqsadida davlatning ko‘p funksiyalari joylarga berilishi tendensiyasi kuzatiladi. Bundan tashqari, funksiyalarning o‘zgarishiga misol tariqasida ekologik muvozanatni saqlash zarurati; turli xil kasalliklar (shu jumladan, OITS)ga qarshi kurash; alohida mamlakatlarning manfaatlari doirasiga sig‘maydigan muammolarni hal qilishda xalqaro madaniy va ilmiy-texnik hamkorlik (koinotni o‘zlashtirish, jahon okeani resurslarini o‘rganish va ulardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, transport vositalarini rivojlantirish, milliy, etnik va diniy nizolarni hal etish va boshqa funksiyalar)ni ko‘rsatib o‘tish joiz. 44. Ijtimoiy normalar kishilar, ularning jamoalari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalari bo‘lsa, huquq davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki ma’qullanadigan, o‘zida erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, bajarilishi umummajburiy bo‘lgan yurish-turishqoidalari yig‘indisi hisoblanadi.SHu bilan birga, huquq va boshqa ijtimoiy normalar bir-biridan turli jihatlariga ko‘ra, xususan, shakllanish usullari va manbalari bo‘yicha, ta’minlash usullari va ifoda etish shakliga ko‘ra, kishilar ongiga ta’sir etish xususiyati va usullariga ko‘ra, javobgarlik mohiyati va tartibi bo‘yicha hamda amal qilish sohalari bo‘yicha farq qiladi. Ayrim manbalarda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etilsa, boshqalarida ijtimoiy normalar munosabatlarni tartibga solishda samarali vosita ekanligini bildiriladi. Huquq va boshqa ijtimoiy normalarning bir-biridan farqli jihatlarini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering. Download 312.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling