Javob: O‘zbekiston Respubliasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga binoan
Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan
Download 312.95 Kb.
|
Davlat huquq nazariyasi modulidan kazuslar (1)
Javob:SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, sharhlash eng umumiy va mavhum tabiatga ega bo‘lgan huquq normalarini, jamiyatda vujudga keluvchi alohida munosabatlarga tatbiq etish ehtiyoji tufayli yuzaga keladi. Prof. S.S.Alekseevning fikricha, qonun chiqaruvchi idora normativ ko‘rsatmalarni shakllantirar ekan, kelajakka, ijtimoiy hayotda vujudga kelishi ehtimol tutiladigan o‘zgarishlarni nazarda tutadi. SHunday qilib, huquq normalarini, ayniqsa, yuksak normativ umumlashganlik darajasi bilan ajralib turuvchi normalarni amalga oshirishda, ularni ayrim olingan alohida hodisaga nisbatan qo‘llashda bu normalarni sharhlash zarurati yuzaga keladi. Huquqni sharhlash natijasida uning mazmuni, ijtimoiy vazifasi, amaliy ahamiyati aniqlanadi, anglab etiladi va tushuntirib beriladi. SHarhlashning maqsadi qonun chiqaruvchi idoraning huquq normasida mujassamlashgan irodasini, ushbu norma bilan bog‘liq deb hisoblagan tasavvurlar va tushunchalarni ifodalashdan iborat. SHarhlashning asosiy vazifasi qonun chiqaruvchi idora qonunchilik hujjatida bayon etgan qoidaning mazmunini ochib berishdir. Huquqning mazmunini aniqlash sharhlashning maxsus usul va yo‘llarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar matnidagi so‘z va iboralarni grammatik, mantiqiy va yuridik jihatdan talqin etish sharhlovchi sub’ektdan ijodiy va ilmiy yondashuvni talab qiladi. Huquqni sharhlashning amaliy ahamiyati ko‘proq sud, prokuratura, ichki ishlar organlari kabi huquqni qo‘llash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari uchun muhimroqdir, zero, ular kundalik faoliyatida huquqqa oid masalalar bilan bevosita shug‘ullanadi hamda huquq normalarini to‘g‘ri tatbiq etilishi uchun mas’uldirlar.
YAqin o‘tmishda faqat mazmuni mavhum bo‘lgan qonunlar sharhlanishi kerak deb hisoblanib, yangi qonunlarni sharhlash taqiqlab qo‘yilgan. Akademik V.S.Nersesyansning fikricha, agar sharhlovchi sub’ekt tomonidan sharhlash yordamida yangi qoida o‘rnatilmasa, u o‘zgartirilmasa yoki bekor etilmasa sharhlashni cheklab qo‘yish kerak emas. Huquqning mazmuni qonun sifatida rasmiylashtirishdan oldin tushunib olinishi; xuddi shuningdek alohida huquq normasining mazmuni, u tatbiq etilishidan oldin aniqlanishi shart. 31. Huquq normalari o‘z xususiyatiga ko‘ra, faqat davlat organlari yoki shu ishga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidangina emas, balki jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqalar) tomonidan ham muayyan sharoitlarda qo‘llanishi mumkin. Huquq normalarini qo‘llash jarayonida ayrim fuqarolar ham faol ishtirok etishlari kerak. Demokratik jamiyatda qonunlarni hayotga tatbiq etishda davlat organlari bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlarining roli ham kun sayin o‘sib bormoqda. Masalan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari o‘z ish faoliyatlarida davlat organlaridan mustaqil holda zimmalariga yuklatilgan funksiyalarni bajarish maqsadida huquqni qo‘llashga oid turli xil vazifalarni amalga oshirmoqdalar. SHu ma’noda davlat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan huquqni amalga oshirish bosqichlarining o‘ziga xos tomonlarini muhokama qiling. Javob: Huquq normalari o‘z xususiyatiga ko‘ra, faqat davlat organlari yoki shu ishga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidangina emas, balki jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqalar) tomonidan ham muayyan sharoitlarda qo‘llanishi mumkin. Huquq normalarini qo‘llash jarayonida ayrim fuqarolar ham faol ishtirok etishlari kerak. Demokratik jamiyatda qonunlarni hayotga tatbiq etishda davlat organlari bilan bir qatorda jamoat tashkilotlarining roli ham kun sayin o‘sib bormoqda. Masalan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari o‘z ish faoliyatlarida davlat organlaridan mustaqil holda zimmalariga yuklatilgan funksiyalarni bajarish maqsadida huquqni qo‘llashga oid turli xil vazifalarni amalga oshirmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi mustakilikka erishganidan so‘ng jamoat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga juda katta vakolatlar berildi. Jamoatchilik yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatish-jamoat tashkilotlari va jamoaning ta’siri bo‘lib, u xalqning birdamligiga, shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish, obro‘-e’tibor va ishontirish kuchiga asoslanadi. Huquqning jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llanilishida jamoatchilikning bu ishga faolroq jalb etilishi va yaqindan ishtirok etishi hamda huquqiy ta’sir choralari bilan jamoat ta’siri choralarining birligini ko‘rish mumkin. Xalq vakillaridan tashkil topgan jamoa keng xalq ommasi bilan ko‘proq bog‘langan bo‘ladi, u ijtimoiy onglilik va tashabbusga ko‘proq tayanadi, aholining talab va ehtiyojlarini yaxshiroq hisobga oladi. Demokratik davlat sharoitida jamoat tashkilotlarining davlat organlari topshirig‘iga binoan huquqiy normalarni tatbiq etishdagi ishtirokini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Jamoat tashkilotlarining huquq normalarini tatbiq etishdagi mavqei davlat organlari ta’sir kuchining ahamiyatini pasaytirmaydi, aksincha yanada oshiradi. 32. Huquq normasining dispozitsiyasida huquq sub’ektlari rioya etishlari lozim bo‘lgan xatti-harakat qoidasi (huquq va majburiyatlari) ifodalangan bo‘ladi. Bu yuridik normaning o‘zagi, huquqqa muvofiq hulq-atvor namunasi, modelidir. Biroq dispozitsiya tartibga solish xususiyatlarini gipoteza va sanksiya bilan birgalikdagina namoyon eta oladi, harakatda bo‘ladi. YUrish-turish qoidasining ifodalanishiga ko‘ra dispozitsiyalar oddiy, tavsiflovchi, blanket, havola etuvchi dispozitsiyalarga bo‘linadi. Ular o‘z navbatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalani atroflicha tahlil qiling. Download 312.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling