1. Davlat funksiyalarini tasniflashga qanday mezonlar asos bo‘ladi? Fikringizni misollar bilan asoslab bering.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, davlat funksiyalarini quyidagi mezonlar asosida tasniflash mumkin:
Davlat funksiyalari faoliyat doirasi bo‘yicha ichki va tashqi funksiyalar
Davlat funksiyalari amal qilish davomiyligi bo‘yicha doimiy va muvaqqat (vaqtinchalik)
Ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra davlat funksiyalari asosiy va asosiy bo‘lmagan funksiyalar
Amalga oshirishning huquqiy shakllari bo‘yicha davlat funksiyalari
YUridik adabiyotlarda davlat funksiyalarini tasniflashda bir xil yondashuv mavjud emas. Davlat funksiyalarini tasniflashda bir xil yondashuvning mavjud bo‘lmasligiga sabab, taraqqiyotining turli bosqichlarida turgan davlatlar mavjud ob’ektiv sharoitdan kelib chiqqan holda o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarning mohiyatiga mos ravishda faoliyat yuritishidir.
2. Davlat shakli, uning rivojlanishi va o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni tushuntirib bering.
Javob:
X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, davlat shaklining tarkibiy elementlari quyidagilardan iborat:
boshqaruv shakli, ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibi;
davlat tuzilishi shakli, ya’ni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning muayyan tartibi;
siyosiy (davlat) rejim, ya’ni siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirish usul va uslublaridir.
Davlat shakllarining rivojlanishi va o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy-madaniy muhit;
tarixiy, milliy va diniy an’analar, urf-odatlar;
tabiiy, geografik va iqlimiy shart-sharoitlar;
siyosiy kuchlarning o‘zaro nisbati;
jamiyatni g‘oyaviylashtirish va siyosiylashtirish darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |