Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


 Ijtimoiy munosabatlar tushunchasi va ularni normativ tartibga solishning ob’ektiv zaruriyatini tushuntiring


Download 130.43 Kb.
bet5/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

9. Ijtimoiy munosabatlar tushunchasi va ularni normativ tartibga solishning ob’ektiv zaruriyatini tushuntiring.
Javob:
Z.M.Islomovning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, har qanday jamiyatda uning a’zolari munosabatla­rini tartibga solish jamiyat mavjudligining zaruriy sharti­dir. Ijtimoiy hayotda tartibga solish – odamlar va ular jamoalari xatti-harakatlarini belgilash, ushbu xatti-harakatlarning doimiyligi va rivoji uchun zarur yo‘nalishlar berish, uni muayyan bir qo­lipga tushirish, aniq maqsadni ko‘zlagan holda tartibga solib bo­rish demakdir. Ijtimoiy tartibga solish ikki xil – normativ va individual ko‘rinishga ega. Normativ tartibga solish umumiy xususiyatga ega bo‘lib, bunda normalar (qoidalar) jamiyatning barcha a’zolariga yohud uning muayyan qismiga tegishli bo‘ladi. SHu o‘rinda normativ tartibga solishning yuzaga kelishi – ijtimoiy tartibga solishning eng muhim burilish nuqtalaridan biri bo‘lib, uning taraqqiyotida yirik sifat o‘zgarishlarini, tub burilishlarini boshlab ber­ganligini alohida ta’kidlash joiz.


10. Ilmiy sharhlashning kasbiy (professional) sharhlashdan farqli jihatlarini izohlab bering.
Javob:
Z.M.Islomovning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, Norasmiy sharhlashning ilmiy (doktrinal), malakali (professional), va oddiy ko‘rinishlari mavjud.
Professional (kasbiy) huquqiy ong – huquqshunoslar, ya’ni maxsus yuridik ma’lumot va tayyorgarlikning amaliy tajribasi talab qilinadigan kasb egalari huquqiy ongidir. Ilmiy (doktrinal) sharhlash – bu huquq sohasidagi mutaxassislar, olimlar tomonidan amalga oshiriladigan va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan norasmiy sharhlash turi. Nazariy (doktrinal) sharhlash huquq sohasi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi va ilmiy xususiyatga ega bo‘ladi. Bu­lar – huquqshunos olimlarning maqolalari, monografiyalari va aholi oldidagi og‘zaki chiqishlaridir. Bunday tushuntirishlarning o‘ziga xos xususiyati ularning ishonchliligi, ilmiy yondashuvlarga asoslanganligi va sharh egasi bo‘lgan shaxs obro‘sidadir. Amali­yotchi-yuristlar uchun majburiy bo‘lmaganiga qaramay, bunday tu­shuntirishlar, baribir, huquqiy normalarni tushunish va qo‘llashda bir xillikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling