25. Milliy huquqiy tizim tushunchasi va uning tarkibiy qismlarini yoritib bering.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, er yuzasida mavjud milliy huquqiy tizimlarni umumiy tarzda ifodalash uchun “dunyoning huquqiy xaritasi”, “dunyoning yuridik geografiyasi”, “huquqiy tizimlarning hamjamiyati” (uyushmasi) degan iboralar qo‘llaniladi. Milliy huquqiy tizimni anglashda “huquq tizimi”, “huquqiy tizim” tushunchalaridan tashqari “huquq oilasi” kategoriyasining ma’nosini bilib olish ham maqsadga muvofiqdir. uquqning ichki tarkibiy tuzilishidir. Ular: huquq normasi, huquq instituti va huquq sohasi (tarmog‘i) ni o‘z ichiga oladi. Huquqiy tizim nafaqat huquq normalarining yig‘indisi, balki ularni harakatga keltiruvchi, o‘zaro bog‘liq huquqiy hodisalar yoki vositalar hamda ularning bir butun organizm sifatida harakatdagi ko‘rinishidir. Huquqiy tizim tarkibiga huquq normalari bilan bir qatorda, huquq ijodkorligi jarayoni va huquqni qo‘llash jarayoni, yuridik mazmundagi barcha hodisalar kiradi.
“Huquqiy tizim” tushunchasi keng ma’noda “huquqning tarixiy tipi” tushunchasiga o‘xshash tushuncha sifatida qo‘llaniladi. Bu tushunchalarning ikkinchisi bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadagi huquqiy tizimlarning barchasini qamrab oladi va eng muhimi, shu tizimlarga ham xosligini ifodalaydi. Biroq, “huquqning tarixiy tipi” tushunchasi hozirgi zamon huquqiy tizimlarining barcha ko‘rinishlarini qamrab ololmaydi. Turli-tuman milliy huquqiy tizimlarning umumiy va o‘xshash belgilarining mavjudligi ularni guruhlashtirish, tasniflash, alohida huquqiy umumlashmalarga, huquqiy oilalarga biriktirish imkonini beradi. Qiyosiy huquqshunoslik huquqiy tizimlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan tashqari, ularni turli tiplar, guruhlar va huquq oilalari bo‘yicha tasniflash imkonini beradi. Milliy huquqiy tizimlarni turli jihatlari bo‘yicha qiyoslash mumkin. Bunday jihatlar qatorida huquqning strukturasi (tarkibiy tuzilishi), huquqning manbalari, huquqning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, muayyan huquqiy tizim doirasida shakllangan yuridik texnika, huquqiy tizimning prinsiplari va boshqalar qabul qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |