Javob: sh. A. Saydullaevning "Davlat va huquq nazariyasi" nomli darsligiga asosan


 Qonunchilikni tizimlashtirishda kodifikatsiyalashning amaliy ahamiyati izohlab bering


Download 130.43 Kb.
bet13/26
Sana23.01.2023
Hajmi130.43 Kb.
#1113052
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
Davlat huquq nazariyasi modulidan savollar

24. Qonunchilikni tizimlashtirishda kodifikatsiyalashning amaliy ahamiyati izohlab bering.
Javob:
SH.A.Saydullaevning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan, Kodifikatsiya –bu normativ-huquqiy hujjatlarni ularning mazmuniga o‘zgartirish kiritish orqali mantiqiy asosda yagona hujjatga tizimlashtirishdir. Kodifikatsiya qilish jarayonida eskirgan normalar tugatiladi, butun huquq tizimidagi ziddiyatlar bartaraf etiladi, huquqiy bo‘shliqlar to‘ldiriladi.Kodifikatsiya qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni kodekslar chiqarish yo‘li bilan tizimga solish hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni kodifikatsiyalash quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
Birinchidan, kodifikatsiyalash faoliyati bilan faqat vakolatli huquq ijodkorligi organlari konstitutsiyaviy va boshqa qonuniy vakolatlar asosida shug‘ullanadi.
Ikkinchidan, kodifikatsiyalash natijasida oldin amalda bo‘lganlaridan jiddiy farqlanuvchi normalarni o‘z ichiga olgan yangi normativ-huquqiy hujjat yaratiladi.
Uchinchidan, kodifikatsiyalashtirilgan hujjat yig‘ma hujjat hisoblanadi. CHunki, unda oldin turli hujjatlarda aks etgan, lekin ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir sohasini tartibga solishga xizmat qilgan normalar bir joyga jamlanadi.
To‘rtinchidan, kodifikatsiyalangan hujjat ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasida amal qiluvchi hujjatlar tizimida asosiysi hisoblanadi.
Beshinchidan, kodifikatsiyalash natijasida yaratiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ijtimoiy munosabatlarni uzoq vaqt davomida tartibga solishga mo‘ljallangan. Ular ijtimoiy hayotdagi ehtimol tutilgan o‘zgarishlarni hisobga olib, kelajakda yuzaga keladigan yanada takomillashgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Fanda kodifikatsiyalangan hujjatlar o‘z mazmuni va nomiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
a)qonun asoslari – bu huquqning muayyan sohasi yoxud davlat boshqaruvi muayyan doirasining muhim qoidalarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatdir. Kodifikatsiyalashning bunday shakli federativ yoki ittifoq davlatlarida qo‘llaniladi.



Download 130.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling