27. Norasmiy sharhlashning turlarini tushuntirib bering va fikringizni misollar bilan asoslang.
Javob:
X.T.Odilqorievning “Davlat va huquq nazariyasi” nomli darsligiga asosan,norasmiy sharhlash o‘z vazifasiga ko‘ra bevosita huquq normalarini sharhlash vakolatiga ega bo‘lmagan sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday sub’ektlar sifatida ilmiy muassasalar, olimlar, nodavlat tashkilotlari, amaliyot xodimlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ular huquq normalarini tushuntirishni tavsiya va maslahat berish kabi shakllarda amalga oshiradi. Tushuntirishning bunday turi yuridik jihatdan majburiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Norasmiy sharhlashning ilmiy (doktrinal), malakali (professional) va oddiy ko‘rinishlari mavjud.
Ilmiy (doktrinal) sharhlash – buhuquq sohasidagi mutaxassislar, olimlar tomonidan amalga oshiriladigan va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan norasmiy sharhlash turi. Nazariy sharhlash huquqshunos olimlarning maqolalari, monografiyalari va boshqa ishlarida o‘z aksini topadi. Bunday sharhlashning o‘ziga xos xususiyati sifatida ilmiy yondashuvga asoslanganligini ko‘rsatish mumkin. Amaliyotchi yuristlar uchun majburiy bo‘lmaganiga qaramay bunday sharhlash huquq normalarini tushunish va qo‘llashda, bir xillikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Malakali (professional) sharhlash –bu amaliyotchi yuristlar (advokat, prokuror, sudya va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladigan sharhlash turi.
Oddiy sharhlash – maxsus huquqiy bilimga ega bo‘lmagan har qanday shaxs tomonidan huquqni anglash va tushuntirish.
28. Normativ-huquqiy hujjatlarning shaxslar doirasi bo‘yicha amal qilishini izohlab bering.
Javob:
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning
44-moddasiga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlarning shaxslar buyicha amal qilishi deganda ularning jismoniy va yuridik shaxslarga, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirganda chet el yuridik shaxslariga, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning hudud bo‘yicha amal qilishi uni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi. Qoida tariqasida, normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatning butun hududiga nisbatan tatbiq etiladi. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ uning hudud bo‘yicha amal qilishi doirasini cheklab qo‘yishi mumkin.
Davlat hududi tushunchasiga quyidagilar kiradi: quruqlik, suv hududlari, havo bo‘shlig‘i, xorijdagi elchixonalar va vakolatxonalar egallab turgan hudud, muayyan davlat bayrog‘i ostida bo‘lgan dengiz, daryo, havo va kosmik kemalar hududi.
Do'stlaringiz bilan baham: |