33. “Demokratiya” tushunchasi bugun eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘zga aylanib qolgan. “Demokratiya” va “demokratik davlat” tushunchalariga ta’rif bering.
Javob:
Demokratiya (xalq hokimiyati) – barcha insonlar tenglik asosida va jamoaviy holatda qaror qabul qilish orqali jamiyatni boshqaradigan boshqaruv tizimi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. SHuningdek, demokratiya markaziy va mahalliy vakillik muassasalari, saylash va saylanish, qonuniylik tamoyillarini, turli partiyalar, jamoat tashkilotlarining amal qilishini taqozo etadi.
Demokratik davlat – birinchi navbatda bu xalq hokimiyatchiligiga asoslangan davlatdir.Demokratik davlatda xalq xokimiyati o‘rnatiladi. Zero, xalq – davlat xokimiyatining birdan-bir manbaidir. SHuningdek,
Hokimiyatning bo‘linish prinsipi;
Barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng huquqliligi;
Erkin va adolatli saylovlar;
Ko‘ppartiyaviylik;
Fikrlar va so‘z erkinligining mavjudligi demokratik davlatning umume’tirof etilgan mezonlaridir.
34. O‘zbekiston rivojiga to‘sqinlik qiluvchi ichki xavf-xatarlarni yoritib bering.
Javob:
Mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, poraxo‘rlik, mansabni suiiste’mol qilish va boshqa ichki xavflar hamda ularga qarshi kurash bugungi kunninggina emas, balki barcha zamonlarning muntazam e’tibor talab qiladigan masalasidir. Mazkur ichki xavflar millat va xalq yakdilligiga putur etkazadi. Ulardan butun jamiyatning ogoh bo‘lishi, milliy ma’naviyat bu qusurlardan tozalanishi yangi hayotning muhim talabidir.
Bugun ichki xavflarning qatori yangi ko‘rinishdagi tajovuzlar bilan to‘lib bormoqda. Jumladan, “ommaviy madaniyat” xalqimizning badiiy-estetik didi, dunyoqarashi, axloqi, hatto iymon-e’tiqodiga jiddiy talofatlar etkazish payiga tushgan. Agar bu harakatlarga o‘z vaqtida va ta’sirli chek qo‘yilmasa, oradan uncha ko‘p fursat o‘tmay, kelgusi avlodlarni qo‘ldan boy berishimiz, ular taqdiri o‘zgalar qo‘liga o‘tib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |