Javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning moliyaviy va nomoliyaviy mezonlari


Download 155.74 Kb.
bet1/9
Sana20.10.2023
Hajmi155.74 Kb.
#1713478
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JAVOBGARLIK MARKAZLARI FAOLIYATINI BAHOLASHNING MOLIYAVIY VA NOMOLIYAVIY MEZONLARI


JAVOBGARLIK MARKAZLARI FAOLIYATINI BAHOLASHNING MOLIYAVIY VA NOMOLIYAVIY MEZONLARI

Reja:
Kirish…………………………………………………………………………..1
Asosiy qism……………………………………………………………………2
1. Javobgarlik markazlarining turlari…………………………………………..2
2. Ma'suliyat markazlari faoliyatini moliyaviy baholash me'zoni …………….6
3. Javobgarlik markazlari bo’yicha xarajatlar hisobini tashkil etish……..10
Xulosa………………………………………………………………………..31
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………..33


Kirish
Xarajatlar markazi – alohida javobgarlik markazi hisoblanadi va uning rahbari o‘zi mas’ul bo‘lgan bo‘g‘inda xarajatlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatadi, shunga muvofiq ro‘y beradigan og‘ish (chetlanishlar) uchun javobgar sanaladi. Xarajatlarni javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobga olishda ularni ikki guruhga bo‘lishadi: me’yorlashtirilgan (normativ) xarajatlar hamda diskresion xarajatlar. Normativ xarajatlar orqali markaz faoliyatini oldindan belgilangan me’yoriy xarajatlar yordamida nazorat qilish mumkin va bu deyarlik ortiqcha qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Hisobot davrida vujudga kelayotgan me’yordan chetlanishlar tezkor tarzda aniqlanib tegishli o‘zgartirishlar, ya’ni tuzatishlar kiritib boriladi.
Diskresion xarajatlar markazi bo‘yicha sarflar hamda chiqimlarni hisobga olish esa boshqa tartibda amalga oshiriladi. Bunday xarajatlar bilan faoliyat yakunida erishiladigan natija o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni kuzatish juda qiyin va shunga yarasha ularni hisobga olishda bir tomonlama yondashib bo‘lmaydi. Odatda, barcha holatlarda xarajatlar miqdorini oshirib yubormaslik, uni imkon qadar qisqartirish juda ijobiy holat deb e’tirof etiladi. Lekin, aynan hozir biz ko‘rayotgan diskresion xarajatlar misolida emas. Chunki, bu holatda xarajatlar smetasi bo‘yicha oldindan belgilab berilgan sarf va chiqimlar miqdorini haqiqatda bajarilgan miqdori bilan taqqoslab, bir tomonlama xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Tushum markazi – bu javobgarlik markazining bir turi bo‘lib, uning rahbari (menejeri) mahsulotlarni sotishdan olgan tushumlari natijasi uchun javobgar hisoblanishadi. Shuning uchun tushum markazi rahbari uchun tovarlarni sotishdan olinadigan tushum va bevosita uni belgilovchi ko‘rsatkichlar, ya’ni sotish hajmi va tovarga qo‘yiladigan baho asosiy nazorat qilinadigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunday markazlarga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning turli xil hududlarda ochgan sotuv bo‘limlarini (dilerlik, distribyutorlik xizmatlari) kiritish mumkin.
Investitsiya markazi – bu javobgarlik markazining bir turi bo‘lib, uning rahbari nafaqat daromadlar va xarajatlarga, balki kapital quyilmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalarga ham javob beradigan bo‘limdir. Amaliyotda, sof foydasini investitsiya qilish vakolatiga ega bo‘lgan ana shunday markazlarning maqsadi foyda olish hamda sarflangan mablag‘larining rentabelligini ta’minlash, investitsiyalarning daromadli bo‘lishini va pirovard natijada xususiy kapital miqdorini o‘stirishdan iborat bo‘lmog‘i darkor.



Download 155.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling