Javobgarlik markazlari
Download 50.76 Kb.
|
Javobgarlik markazlari bo’yicha xarajatlar hisobini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Funktsional boshqarish
Chiziqli boshqarish deganda “vertikal bo’yicha” boshqarish tushuniladi, bunda quyida bo’g’inlar yuqori bo’g’inlarga bevosita bo’ysunadi.
Chiziqli boshqarishda har bir rahbar o’zi ma’sul bo’lgan bo’linmalarni mustaqil boshqaradi va barcha zarur boshqaruv qarorlarini mustaqil qabul qiladi. Bu tizimning o’ziga xos ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. Jumladan, uning ijobiy jihatlari: xodimlarning o’z vazifalarini bajarilishiga shaxsiy javobgarligini yuzaga keltiradi va mustahkamlaydi; asoslanmagan va samarasiz topshiriqlar berilish hollarini bartaraf etishga imkon beradi; belgilangan vazifalarni tezda bajarish va ularning natijalarini tahlil qilib borish mumkin; bo’linmalar xodimlari faqat o’z rahbarlariga hisobot berishlari sababli korxonada ijrochilik va intizom darajasi yaxshilanadi. Mazkur tizimning salbiy tomonlari esa ko’proq unda oddiy va qisqa muddatli vazifalarni bajarishga e’tibor qaratilishi sababli, kompleks hamda istiqbolli masalalarni hal qilish ancha qiyinlashishi bilan ifodalanadi. Shuningdek, bunday sharoitda buyruqbozlik va rasmiyatchilik muhiti yuzaga kelishi mumkin. Odatda, bu tizim ishlab chiqarish tsexlari va korxona bo’linmalarini boshqarishda yuqori samara beradi. Funktsional boshqarish korxonani moliya, ta’minot, sotish, kadrlar, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlovlar, ish yuritish, tashqi iqtisodiy aloo’alar va hokazolar kabi alohida funktsiyalar bo’yicha boshqarishdir. Bu tizim korxona rahbari va alohida funktsiyalar menejerlarining faoliyatini ixtisoslashtirishga mo’ljallangan. Bunda menejerlarning o’z bo’linmalari faoliyatini chuqur va puxta bilishi, sodir bo’layotgan jarayonlarni istiqbolli tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lishi talab etiladi. Funktsional boshqarish tizimining afzalligi korxonada boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirilishi bilan belgilanadi. Bu holat boshqaruv samaradorligini oshiriga xizmat qiladi. Korxonalar faoliyatida boshqarishning chiziqli-funktsional tuzilmasidan keng foydalaniladi. Bunday tuzilma doirasida chiziqli bo’linmalar mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha asosiy faoliyat bilan shug’ullanadi, ixtisoslashgan funktsional bo’linmalar esa (marketing bo’limi, reja-moliya bo’limlari, kadrlar bo’limi) asosiy bo’linmalarga xizmat qiladi. Bu holda boshqaruvning ixtisoslashuvi, uning tamoyillari birgalikda to’laroq amalga oshiriladi hamda tayyorlanadigan qarorlarning yuksak darajaliligi va har bir ishlab chiqarish bo’g’iniga yoppasiga rahbarlik qilish ta’minlanadi. Download 50.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling