Javobgarlik markazlari
Download 50.76 Kb.
|
Javobgarlik markazlari bo’yicha xarajatlar hisobini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarajatlar markazi
Matritsali tuzilmada funktsional bo’linmalar bilan birga muayyan ishlab chiqarish vazifalarini hal etish uchun maxsus organlar (loyiha guruhlari) tuziladi. Bu guruhlar boshqaruvning turli darajalaridagi alohida funktsional bo’linmalar mutaxassislaridan tarkib topadi.
Matritsali tuzilmaning afzalligi shundaki, u korxona ichki faoliyatidagi mavjud muammolarni bartaraf etish imkonini beradi, bu esa funktsional ixtisoslashish rivojiga xalal bermaydi. Funktsional-qiymat tahlili (FQT)ning vujudga kelishi ham bunga misol bo’lishi mumkin. Uning maqsadi eng kam xarajat qilgan holda eng yaxshi sifatli va zamonaviy, yangi buyumni ishlab chiqarishga erishishdir. Boshqarishni tashkil etishning matritsali shakli rahbar va xodimlarning hamjihatlikdagi faoliyatini ta’minlaydi, ularning shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar yaratadi. Mazkur tashkiliy tuzilmaga muvofiq javobgarlik markazlarini tuzish (tsex, bo’lim, bo’linma) har bir bo’linma faoliyatini muayyan shaxslar mas’uliyati bilan bog’lashga, bo’linmalar moliyaviy natijalarini baholashga va ularning korxona faoliyati natijalariga o’o’shgan hissasini aniqlashga imkon beradi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda javobgarlik markazlari bo’yicha boshqaruv hisobining tashkil etishda ushbu markazlarning turlari mohiyatiga alohida e’tibor qaratish zarur. Korxonada bo’linmalar bo’yicha boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uchun ularni quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash lozim: vakolatlar va javobgarlik hajmiga ko’ra; markaz bajaradigan funktsiyalar bo’yicha. Vakolatlar va javobgarlik hajmidan kelib chiqqan holda javobgarlik markazlarini xarajatlar, sotish, foyda va investitsiyalar markazlariga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Xarajatlar markazi - bu faqat xarajatlarning maqsadli sarflanishiga mas’ul bo’lgan korxonaning bo’linmasidir (ishlab chiqarish tsexi, konstruktorlik byurosi va h.k.). Korxonani bunday markaz doirasida boshqarish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish, me’yorlashtirish va hisobini tashkil etish amalga oshiriladi. Boshqariladigan xarajatlar markazining rahbari, avvalo, mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarni eng kam miqdorga keltirishga javob beradi va uning faoliyati mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflangan me’yoriy va haqiqiy xarajatlarni taqqoslash yo’li bilan baholanadi. Erkin xarajatlar markazi faoliyatini baholash uchun aniq mezonni belgilash murakkab, chunki korxona rahbariyati bunday markazlar xarajatlari hajmiga ta’sir qila olmaydi. Konstruktorlik byurosi, kimyoviy-texnik nazorat laboratoriyasi va h.k.lar erkin xarajatlar markazlariga misol bo’la oladi. Boshqariladigan xarajatlar markazida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bo’limlar o’rtasida samarali munosabat o’rnatiladi. Ushbu markazlarning xarajatlarini boshqarish oldindan tuzilgan moslashuvchan byudjetlar yordamida amalga oshiriladi. Download 50.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling