Javobgarlik sug’urtasida riskni boshqarish Reja


TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI RISKLAR VA ULARNI SUG‘URTALASHNING ZARURLIGI


Download 299.49 Kb.
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi299.49 Kb.
#1620042
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Javobgarlik sug’urtasida riskni boshqarish

1. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHDAGI RISKLAR VA ULARNI SUG‘URTALASHNING ZARURLIGI


Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda - O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

      1. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;

      2. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining tengligi;

      3. Savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;

      4. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;

      5. Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.

Ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyatning asosini eksport va import tashkil etadi. Shu sababli, mazkur bo‘limda eksportning iqtisodiy rivojlanishdagi roliga atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Eksport atamasi inglizcha “export”, lotincha “exporto” so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “olib chiqaman”, “chetga chiqaraman” degan ma’nolarni anglatadi. Eksport deganda aslida tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli
qog‘ozlar, texnologiyalarni tashqi bozorga chiqarish tushuniladi. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib o‘tish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarish (reeksport) ham eksportga kiradi.
Mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar eksport tarkibi milliy iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rni bilan bog‘liq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar eksport qilish xos bo‘lsa, qoloq, agrar iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlar eksportida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol o‘ynaydi. Yakka ziroatchilik xo‘jaliklari hukmron bo‘lgan mamlakatlar eksportida ko‘pi bilan ikkita tovar turi asosiy o‘rinni egallaydi.
Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiy-texnika aloqalaridan va boshqa xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar ko‘rinmas eksportni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda. Har qanday davlat uchun eksport import va chet ellarda boshqa xarajatlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida eksportni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning turli shakllarini keng qo‘llaydi (soliq imtiyozlari va boshqa moliyaviy ko‘maklar; eksportni davlat tomonidan kreditlash).
Eksportni cheklash aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yuli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar eksporti ba’zan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga ko‘ra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yo‘qolib borayotgan hayvonlar yoki o‘simliklar turlarini, milliy madaniy-badiiy boyliklarni asrash va boshqalar). O‘zbekistan Respublikasining bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar eksporti bojxona rejimida, bojxona to‘lovlari to‘langanidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda O‘zbekiston
Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi. Ko‘pgina mamlakatlarda eksport tovarlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan va shunga o‘xshash soliqlardan ozod qilinadi
Jahon savdo tashkiloti doirasida savdo qilishning yangi tartibi tashqi savdoni boshqarish bo‘yicha ba’zi choralarni qo‘llash imkoniyatini cheklab qo‘ydi. Shunga qaramasdan, agar turli «ruxsat berilgan» subsidiyalardan,
«to‘lov balansi» haqidagi xalqaro savdo qonunlarining savdo bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan bandlaridan oqilona foydalanilsa va xalqaro savdo qoidalarini ijodiy talqin qilinsa, manevr qilish uchun sezilarli imkoniyatlar tug‘iladi. Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan singari mamlakatlar o‘z bozorlarini himoya qilish uchun juda baland tariflar va qatiy kvotalar o‘rnatmadilar. Ammo, ko‘plab
«norasmiy» choralar qo‘llandi. Bu mamlakatlarda davlat chet elliklar uchun murakkab bo‘lgan savdo tizimini ko‘plab cheklovchi qoidalar, andozalar, sifat tavsiyalari va hokazolar joriy etdi. Xorijiy raqobatchilarning mamlakat ichkarisidagi bozorlarga kira olmasliklarini ta’minlash uchun «g‘amxo‘rlik» qildi. Bu mamlakatlarda ko‘pchilik kompaniyalar davlatdan yoki davlat yordamida imtiyozli kredit oldilar, kreditlar berishda «norasmiy» tarzda firmalar chet el tovarlarini imkon boricha sotib olmasliklari ko‘zda tutildi. Bu mamlakatlar importni qiyinlashtirish uchun banklar bilan turli kelishuvlar, ruxsatnomalar va shunga o‘xshash boshqa «norasmiy» cheklovlardan foydalandilar. Aholi o‘rtasida ham, jumladan, ommaviy axborot vositalari yordamida chet elda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olmaslik to‘g‘risida keng targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shunday qilib, hozirgi zamon nazariyalari va jahon tajribasi davlatning iqtisodiy rivojlanish va eksportga yo‘naltirilganlikni ta’minlashda ko‘p funksiyalari va muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi.
O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishda hozirgi zamon iqtisodiy nazariyasi va eksportga yo‘naltirilgan taraqqiyotni tartibga solishda jahon tajribasidan keng foydalanish lozim.
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etish tajribasining etarli bo‘lmaganligi va ushbu sohada tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarning etishmasligi namoyon bo‘ldi. Hatto, iqtisodiyotning o‘zi ham xalqaro bozor talablariga va raqobat muhiti shart-sharoitlariga moslashmaganligi sezilar edi. Shu bilan bir qatorda, mamlakatimiz jahon bozorlarining asosiy qonuniyatlari va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga integratsiyalashuvi shartlari haqida nihoyatda chegaralangan bilimlarga ega edi.
Mustaqillik yillari respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Eksportga ixtisoslashgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan, mahalliylashtirish dasturi asosida o‘z mahsulotlarini chetga eksport qiluvchi korxonalarga soliqdan imtiyozlar berildi. Buning natijasi o‘laroq, respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2015 yilda 25537,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi (2014 yilga nisbatan 115,0 foiz), shu jumladan MDH mamlakatlari bo‘yicha 11110,1 mln.AQSH dollarini tashkil qildi. Bunga quyidagi jadval ma’lumotlarini ko‘rib, guvoh bo‘lish mumkin (1-jadvalga qarang).
1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining asosiy ko‘rsatkichlar2


(mln.AQSH dollari)






Download 299.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling