Javobgarlik sug’urtasida riskni boshqarish Reja


Download 299.49 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi299.49 Kb.
#1620042
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Javobgarlik sug’urtasida riskni boshqarish

T/r

Sug'urta tashkiloti nomlanishi

Sug'urta mukofotlari

O'zgarishi %da

Sug'urta to'lovlari

O'zgarishi
%da

1

"O'zagrosug'urta" AJ

142 642,7

130,3

29 415,3

118,7

2

"O'zbekinvest" EIMSK

103 904,0

130,1

15 007,9

124,6

3

"Kafolat sug'urta kompaniyasi" AJ

75 288,1

130,4

17 417,5

144,0

4

"Alskom" AJ SK

38 858,2

120,7

4 687,5

143,6

5

"Alfa Invest" MChJ ST

38 609,2

143,0

4 657,4

116,7

6

"Gross Insurance" MChJ

36 865,7

339,4

1 813,6

351,3

7

"O’zbekinvest Hayot" MChJ

35 974,5

164,5

20 335,9

139,4

8

"Asia Inshurans" MChJ SK

32 456,9

114,9

5 090,3

97,0

9

"Kapital Sug’urta" AJ

26 400,1

97,9

5 800,7

120,7

10

"Temiryo'l Life" MChJ QK

21 193,7

103,2

1 254,3

149,1

11

"Ingo-Uzbekistan" SAJ

18 706,9

127,7

1 426,1

60,3

12

"New Life Insurance" MChJ

16 256,4

206,5

11 113,3

224,8

13

"Euroasia Insurance" MChJ QK SK

15 549,4

162,8

636,1

181,8

14

"Xalq Sug’urta" MChJ SK

13 025,6

129,0

2 197,4

100,9

15

"Universal-Sug'urta" AJ

12 054,0

128,1

1 213,4

85,1

16

"Hamkor Sug’urta" MChJ

8 436,6

125,1

678,5

209,6

17

"IShONCh" BSK MChJ

7 359,4

109,4

1 674,1

109,7

18

"Kafil sug'urta" MChJ

7 352,4

133,8

88,6

35,9

19

"Mega Invest Insurance" MChJ SK

7 206,1

120,6

432,3

236,5

20

"Alfa Life" ShXJ ST

6 879,2

193,3

3 246,7

137,9

21

"Asko-Vostok" MChJ

6 154,0

235,9

220,1

235,9

22

"Garant Insurance Group" MChJ

5 470,7

150,3

247,6

191,0

23

"Global Insurance Group" MChJ ST

5 369,7

107,5

99,7

382,5

24

"Sug'urta O'z" MChJ SK

4 700,6

136,3

177,1

243,0

25

"DD-General Insurance" MChJ

3 673,2

110,7

715,1

86,4

26

"Unipolis" MChJ

2 207,2

78,4

810,3

133,2




Jami:

692 594,4

134,3

130 456,8

130,7

O‘zbekistonning hozirgi zamon iqtisodiyotida sug‘urta tizimi strategik ahamiyat kasb etmokda, buning boisi sug‘urta tizimining davlat siyosati darajasiga kutarilganligi, sug‘urta bozorining davlat boshqaruvi idoralari (organlari) tomonidan mamlakatning bozor infratuzilmasining ajralmas qismlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilayotganligidadir.
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilan sug‘urta sohasida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston sug‘urta bozori Markaziy Osiyoda eng tezkor sur’atlar bilan rivojlanayotgan bozorlardan biri hisoblanadi. Bozor bir necha yildan beri barqaror o‘sish sur’atiga ega bo‘lib kelmoqda, bu esa o‘z navbatida uning mamlakat iqtisodiyotidagi rolini oshirib bormoqda. Ma’lumki, mamlakat moliya sektorining, shu jumladan, sug‘urta sohasining rivoji mamlakatning umumiqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog‘langan.
Sug‘urta sohasi mamlakat iqtisodiyotining rivoji bilan uzviy bog‘liqligi sababli, ushbu soha mamlakatdagi umumiqtisodiy o‘zgarishlarga juda tez ta’sirchan hisoblanadi.

  1. rasm. 2016 yilda sug`urta bozorida yetakchi sug`urta tashkilotlarining sug`urta mukofotlari bo`yicha ulushi5


2016 yil yakunida O‘zbekistonda jami 26 nafar sug‘urta tashkiloti faoliyat yuritib ular tomonidan to‘plangan umumiy sug‘urta mukofotlari 692 594,4 mln. so‘mni tashkil etdi. Jami yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari takibida etakchi o‘rinni “O‘zagrosug‘urta” AJ, “O‘zbekinvest” EIMSK, “Kafolat” AJ, “ALSKOM” SK AJ, “Alfa invest” SK lari egalladi (2.1.1 – chizmaga qarang).
  1. rasm. Sug`urta bozorida sug`urta mukofotlari tarkibi6


Demak, 2015-yilda sugu`rta bozoridagi umumiy sug`urta mukofotlarining 328987.2 mln so`mlik ulushi ixtiyoriy sug`urta tarmog`iga to`g`ri kelsa, 2016-yilda ushbu ko`rsatkich 485008.0 mln so`mga yetgan. Majburiy sug`urta tarmog`ida 2015-yil yakuni bo`yicha sug`urta mukofotlarining 186710.1 mln so`mli ulushi, 2016-yil yakuniga kelib esa 207586.5 mln so`mlik ulushni tashkil etgan. Bundan ko`rinib turibdiki sug`urta bozorida 2016-yil yakunlari bo`yicha ixtiyoriy sug`urtaning ulushi nisbatan ancha yuqori.


Ixtiyoriy sug`urta tarmog`i bo`yicha sug`urta mukofotlari 2016-yil I chorakda 105551.6 mln so`mni tashkil qilgan bulsa, 2017-yil I chorakda 143479.8 mln so`mga yetdi.
Majburiy sug`urta tarmog`i bo`yicha sug`urta mukofotlari 2016-yil I chorakda 56373.4 mln so`mni tashkil qilgan bulsa, 2017-yil I chorakda 64494.6 mln so`mga yetdi.




  1. rasm. 2016 yilda sug`urta bozorida yetakchi sug`urta tashkilotlarining sug`urta to`lovlari bo`yicha ulushi7


2016 yil yakunida O‘zbekistonda jami sug‘urta tashkilotlari tomonidan to‘lab berilgan umumiy sug‘urta qoplamalari miqdori 130 456,8 mln. so‘mni tashkil etdi. Jami to‘lab berilgan sug‘urta qoplamalari takibida etakchi o‘rinni “O‘zagrosug‘urta” AJ, “O‘zbekinvest Hayot” SK, “Kafolat” AJ, “O‘zbekinvest” EIMSK, “New Life insurance” sug‘urta kompaniyalari egalladi (2.1.3 – chizmaga qarang).



  1. rasm. Sug`urta bozorida sug`urta to`lovlari tarkibi8


Demak, 2015-yilda sugu`rta bozoridagi umumiy sug`urta to`lovlarining 56255.7 mln so`mlik ulushi ixtiyoriy sug`urta tarmog`iga to`g`ri kelsa, 2016- yilda ushbu ko`rsatkich 97372.6 mln so`mga yetgan. Majburiy sug`urta tarmog`ida 2015-yil yakuni bo`yicha sug`urta to’lovlarining 43774.8 mln so`mli ulushi, 2016-yil yakuniga kelib esa 33084.2 mln so`mlik ulushni tashkil etgan. Bundan ko`rinib turibdiki sug`urta bozorida 2016-yil yakunlari bo`yicha ixtiyoriy sug`urtaning ulushi nisbatan ancha yuqori.


Ixtiyoriy sug`urta tarmog`i sug`urta to`lovlari bo`yicha 2016-yil I chorakda 21065.2 mln so`mni tashkil qilgan bulsa, 2017-yil I chorakda 59965.6 mln so`mga yetdi.
Majburiy sug`urta tarmog`i sug`urta to`lovlari bo`yicha 2016-yil I chorakda 14422.2 mln so`mni tashkil qilgan bulsa, 2017-yil I chorakda 15270.5 mln so`mga yetdi.
So‘nggi yillarda milliy sug‘urta bozorining rivojlanishi asosan yalpi sug‘urta mukofoti hajmi ancha oshishi bilan tavsiflanadi.



  1. rasm. Sug`urta mukofotlarining YaIMdagi ulushi (%) da9


O‘zbekistonda sug‘urta mukofotlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010-2016 yillarda barqaror saqlanib, o‘rtacha 0,29 foizni tashkil etdi. Sug‘urta bozori rivojlangan mamlakatlarda esa, bu ko‘rsatkich 6-10 foizni tashkil etadi.


Bugungi kunda «O‘zbekinvest» kompaniyasi xalkaro amaliyotda qo‘llaniladigan sug‘urta xizmatlarning deyarli barcha turlarini amalga oshirib kelayotgan O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanib, sezilarli moliyaviy zahiralariga, mamlakat ichkarisida hamda xorijda filiallar va shu’ba korxonalarning rivojlangan tarmog‘iga, etakchi xorijiy sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari bilan aloqalarga ega ko‘p tarmoqli universal sug‘urta kompleksini tashkil etmoqda.


XULOSA


Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining mulkiy manfaatlarini himoyalashda sug‘urta katta ahamiyatga ega ekanligiga biz ushbu magistrlik dissertatsiyasini yozish natijasida amin bo‘ldik. Shu bilan bir qatorda quyidagi asosiy xulosalarni va takliflarni shakllantirdik.
O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishda hozirgi zamon iqtisodiy nazariyasi va eksportga yo‘naltirilgan taraqqiyotni tartibga solishda jahon tajribasidan keng foydalanish lozim.
Mustaqillik yillari respublikamizda eksportni rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Eksportga ixtisoslashgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan, mahalliylashtirish dasturi asosida o‘z mahsulotlarini chetga eksport qiluvchi korxonalarga soliqdan imtiyozlar berildi.
Eksport kontraktlarini sug‘urta qilish, shuningdek sarmoya, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlarida davlatning va milliy eksport qiluvchilarning manfaatlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan himoya qilish maqsadida eksport kontraktlari bo‘yicha tijorat banklarining kreditlariga sug‘urta qoplamasi berishni nazarda tutadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi risklarning sug‘urtalash mexanizmlarini takomillashtirish maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining mulkiy manfaatlarini sug‘urta himoyasiga olishda quyidagilarga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq.
Ko‘rsatilayotgan sug‘ypta xizmatlarining ham butunlay, ham ayrim turlari bo‘yicha sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish yo‘li bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga har tomonlama yordam berish.
Eksport-importni sug‘urtalash hajmlarini oshirish yo‘li bilan milliy eksportimizning rivojlanishiga, milliy eksportchilar orasida reklama, tushuntirish (seminarlar, o‘quv kurslari) va maslahat berish ishlarini keng amalga oshirishga, vazirliklar va idoralar bilan, qo‘shma korxona va tashqi
savdo kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qilishga har tomonlama ko‘maklashish.
Chet ellik investorlarning manfaatlarini va ular amalga oshirayotgan investitsiya loyihalarini cyg‘ypta himoyasi bilan ta’minlash vositasida chet el investitsiyalarini jalb etishga har tomonlama yordam berish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sug‘urtasi turlaridan biri bo‘lgan chet elga chiquvchi fuqarolarni sug’urtalashda respublikamizdan chiqib ketayotgan valyutalarni ushlab qolish maqsadida maxalliy sug’urta kompaniyalarning chet elda qo’shma sug’urta tashkiloti yoki vakolatxonalarini tashkil qilish hamda chet elga chiquvchi fuqarolarni sug’urtalashni amalga oshiruvchi sug’urta kompaniyalari dunyoga mashhur bo’lgan, yuqori reyting ko’rsatkichlariga ega va rivojlangan sug’urta tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada oshirishni yo’lga qo’yish.
Jismoniy shaxslarni sug‘urtalashni rivojlantirish hamda hayotni sug‘urtalash, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, tibbiy sug‘urta, mol-mulkni, javobgarlikni sug‘urtalashni rivojlantirish, respublikaning barcha mintaqalaridagi mahalliy boshqaruv organlari (mahallalar) bilan yaqindan hamkorlik qilish, ijobiy ijtimoiy fikrni shakllantirish hamda sug‘urta institutiga ishonchni oshirish maqsadida keng reklama-tushuntirish ishini olib borish yo‘li bilan aholini ijtimoiy himoyalash vositalarini ta’minlash va takomillashtirishga har tomonlama yordam berish.
Yirik risklarni qayta taqsimlash hamda chet el sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish orqali kompaniyaning xatarlarni diversifikatsiyalash strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan sug‘urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini yanada tuliq ta’minlash.
Respublika mintaqalarida sug‘urtani yanada rivojlantirish va takomillashtirish, kompaniya xodimlarining malakasi va professional darajasini oshirish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar





  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:O’zbekiston,1994 y.

  2. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi-T.: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 1996 y.

  3. O’zbekiston Respublikasining Qonuni «Sug’urta faoliyati to’g’risida». T.: 2002 y., 5 aprel. «Xalq so’zi» gazetasi, 2002 yil 28 may.

  4. O’zbekiston Respublikasining Qonuni «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida».-T.: 1998 y., 24 dekabr.

  5. O’zbekiston Respublikasining Qonuni «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida». – T.:1998 y., 30 aprel.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziririning 2008 yil 22 apreldagi 41- son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risida»gi Nizom.

    2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 286-sonli Qarori. 1998 yil 8 iyul.O’zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari,4-ilova,-T.: 2000.

    3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasini tashkil etish to’g’risida»gi 113- sonli Qarori. 1997 yil 28 fevral. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlar to’plami,1997, 2-son.

    4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli «Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida»gi Qarori

    5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 apreldagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi 618-sonli Qarori.“Bank axborotnomasi” 2007 yil 6 iyun.

    6. O’zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonuni.–Xalq so’zi, 2008 yil 21 aprel.

    7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 maydagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. Xalq so’zi, 2008 yil 22 may.

    8. O’zbekiston Respublikasining “Ish beruvchilarning fuqorolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonuni. – Xalq so’zi, 2009 yil 17 aprel.

    9. O’zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. 2015 yil 26 may



  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari





    1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.: O’zbekiston, 2010.- 67 b.

    2. Karimov I. A. Prezidentning 2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risidagi qarori.

//Xalq so’zi, 2010 yil 26 noyabr PQ-1438-sonli

    1. Mirziyoyev Sh.M. “Tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bо‘lishi kerak” 2017 yil 15 yanvar.



  1. Darslik va o’quv adabiyotlari





    1. Rene Doff “Risk Management for Insurers, Third Edition”, Risk Books, 2015.

    2. Jack Kinder Jr. Garry Kinder “Secrets of Successful Insurance Sales”, Napoleon Hill Foundation, UK, 2012.

    3. Robert H., II Jerry, Douglas S. Richmond “Understanding Insurance Law”, LexisNexis; 5 edition, UK, 2012.

    4. Shennaev X.M. Sug’urta agentlari uchun qo’llanma. T. infoCOM.UZ MChJ.-2010 y.

V.Internet saytlari





    1. http://www.mf.uz ( O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining rasmiy sayti).

    2. http://www.UzReport.uz: (O’zbekiston Respublikasi axborotlar rasmiy sayti).

    3. http://www.uzbekinvest.uz – (O’zbekinvest EIMSKning rasmiy sayti).

    4. http://www.lex.uz - (Milliy qonunchilik rasmiy bazasi).


Download 299.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling