Davlatning mohiyati
Download 73.19 Kb.
|
Davlatning mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning mohiyati
Davlatning mohiyati Reja: 1. Davlatning mohiyati tushunchasi 2. Davlat mohiyati to‘g‘risidagi nazariyalar tushunchasi va turlari: a) elita nazariyasi b)texnokratik nazariya v) plyuralistik demokratiya nazariyasi Davlatning mohiyati XX asrning so‘nggi o‘n yilligi insoniyat tarixiga ijtimoiy dunyoqarashda, jahon hamjamiyatining jug‘rofiy-siyosiy (geopolitik) tuzilishida tub o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi. Bir tomondan, davlatlar, xalqlarning yaqinlashuvi, hamkorlikning kuchayishi yaxlit siyosiy va iqtisodiy makonlarning vujudga kelishi, yagona xalkaro me’yorlar (normalar) qoidalar va andozalarga o‘tilishi, ikkinchi tomondan, sotsialistik lagerning yemirilishi va totalitar tuzumlarning tugatilishi, ularning o‘rnida yosh mustaqil davlatlarning paydo bulishi bu davrning o‘ziga xos xususiyatidir. asr boshida yangi xodisalar, ijtimoiy munosabatlar va siyosiy jarayonlar an’anaviy tushunchalarga mos kelmayati, «Mulkchilik», «ishlab chiqarish munosabatlari», «fuqarolik jamiyati», «demokratiya», «davlat», «huquq» kabi tushunchalar butunlay yangi mazmun kasb etmokda. Davlat kishilik jamiyati taraqqiyotning muayyan bosqichida paydo bo‘ladi. Ushbu bosqichda ilgari mavjud bulgan ijtimoiy maxsulotni teng taqsimlash tizimi natija bermay qo‘yadi, jamiyatning yanada rivojlanishi uchun boshqarish bilan shug‘ullanadigan Sharq jamiyatlaridagidek siyosiy yoki Yevropa mamlakatlaridagidek siyosiy va iqtisodiy sohalardagi nufuzli (elita) qatlamining ajralib chiqishi zarurati tug‘iladi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatning tabaqalarga bo‘linishiga olib keladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida hokimiyat jamiyatning barcha a’zolariga taalluqli edi. Keyingi bosqichda esa hokimiyat siyosiy ma’no kasb eta boshlaydi, ya’ni u, eng avvalo imtiyozli ijtimoiy guruhlar, sinflar manfaatlari uchun xizmat qila boshlaydi. Binobarin, davlatning kelib chiqishi xamisha ijtimoiy hokimiyatning ommaviy siyosiy hokimiyatga aylanishi bilan bog‘liq. Bu hokimiyatning ijtimoiy jamoa tuzumidan farqli o‘larok, eng avvalo, jamiyatning imtiyozli qismi va sinfiy manfaatlarga xizmat qilishini bildiradi. Bunday holatda sinfiy yondashuv mazkur hokimiyatni tavsiflash, bunday davlatning mohiyatini ta’riflashga imkon yaratadi. Albatta, davlat tushunchasiga u yoki bu yondashuvni dabdurustdan inkor etish to‘g‘ri emas. Davlatga berilgan har qanday ta’rifni diqqat bilan o‘rganish kerak. Bunda asosiy e’tiborni davlatning mohiyati nimadan iboratligiga qaratish lozim. Shu bois, mohiyat mazkur xodisadagi bosh, belgilovchi, asosiy jihatdir, ya’ni bu xodisani tashkil etadigan ichki o‘ziga xos xususiyatlari yig‘indisi bo‘lib, ularsiz har qanday hodisa o‘ziga xoslikdan mahrum bo‘ladi. Davlat mohiyatining asosiy jihati hokimiyat va uning kimga tegishliligi masalasidir. Hozirgi davrda demokratik huquqiy davlat nazariyasini ishlab chiqish huquqshunoslik fanining asosiy g‘oyasi va vazifasidir. Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish hozirgi paytda jahon taraqqiyotining markaziy yo‘nalishidir. U ijtimoiy borliqni butunlay qamrab oladi. Bu esa hozirgi davrda davlat va huquqning ahamiyati obyektiv ravishda yanada oshishiga olib kelmokda. Mustaqilligmizni dastlabki yillarida, ya’ni Oliy Majlisning birinchi sessiyasida, mamlakatimiz oldida birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan ko‘plab muhim masalalar qatori ko‘p yillar davomida markscha nuqtai nazarga ko‘ra buzib tavsiflab kelingan davlat va huquq tushunchalarninng mohiyatini yangicha talqinda ta’riflab berish zarurligini Prezidentimiz tushunib yetgandi1. “Biz yaqin o‘tmishimizda sinfiy hukmronlikning quroli sifatida davlat haqidagi markscha g‘oyani shior qilib olib, bu nazariyani dogmaga, davlat va huquqni esa sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni yengish vositasiga aylantirgan edik. Demokratiya sharoitlarida esa davlat ijtimoiy qarama – qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosayu madora bilan bartaraf etish vositasiga aylandi” 2 - deb ta’kidlaydi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov. Davlat va milliy huquqiy tizimlarning yaqinlashuvi umumbashariy hodisa bo’lib, XXI asr yurispudensiya taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishidir. Xalqaro huquqning ahamiyati oshayotganligi va uning ustuvorligini ta’minlash, o‘z navbatida, milliy huquqiy tizimda bir xil normalarni qo‘llashga olib keladi. Bu chet el modellarini, shakllarini o‘rganishni taqozo etadi. Bunday o‘rganish har bir mamlakatning aniq-tarixiy sharoitidan kelib chiqishi lozim. Shu kabi omillar davlat va huquqning rivojlanishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, davlat va huquqiy tizimlarning yaqinlashuvi ular o‘z xususiyatlari va an’analarni yo‘qotadi, degani emas. Shu jihatdan olganda mazkur kurs ishida ham davlatning mohiyati yuzasidan fanda mavjud bo‘lgan turli xil nazariyalar mavjud adabiyotlardan foydalangan holda yoritib berishga harakat qilinadi. Download 73.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling