Davlatning mohiyati


Davlat mohiyati to‘g‘risidagi nazariyalar


Download 73.19 Kb.
bet3/8
Sana26.10.2023
Hajmi73.19 Kb.
#1723256
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning mohiyati

Davlat mohiyati to‘g‘risidagi nazariyalar
Ma’lumki, davlatning kelib chiqishi, davlat hokimiyatining tabiati, uning maqsad va vazifalarini, davlatning taraqqiyot yo‘llari va shu kabilarni turlicha izoxlovchi ko‘plab xilma-xil nazariyalar mavjud. Bu holat ijtimoiy xodisa sifatida davlatning murakkabligi, ko‘pkirraliligi bilan, utmishdagi va hozirgi vaktdagi uning shakllarining xilma-xilligi, shuningdek, davlatning siyosiy hokimiyatni amalga oshirishi, uning faoliyatining turli ijtimoiy sinflar va guruhlar manfaatlariga bevosita daxldorligi bilan bogliq. Bular obyektiv omillardir.
Agar ushbu muammoga subyektiv jihatdan yondashadigan bulsak, mazkur holat turli mualliflarning turli mafko‘raviy va falsafiy nuqtai nazarlari bilan ham bog‘liqligini ko‘ramiz.

  • Davlat to‘g‘risidagi nazariyalarni shartli ravishda turt guruhga:

  • davlatning mohiyati to‘g‘risidagi;

  • davlatning maqsad va vazifalari haqidagi;

  • davlatning faoliyat vositalari va metodlari to‘g‘risidagi;

  • davlatning keyingi taraqqiyoti istikbollari va yo‘llari hakidagi
    nazariyalarga ajratish mumkin1.

Modomiki, turli mualliflar o‘z asarlarida davlat bilan bog‘liq muammolarni tushuntirish maksadida yuqorida qayd etilgan masalalarga u yoki bu tarzda murojaat qilar ekanlar, xilma-xil guruhdarga mansub nazariyalar turli birikmalar tashkil etib, o‘zaro ta’sir etmay kolmaydi.
Quyidagylarni davlat mohiyatiga bog‘liq nazariyalar qatoriga kiritish mumkin:
a) Elita nazariyasi. Ushbu nazariya XX asr boshlarida vujudga keldi (V.Pareto va G.Moski asarlari) hamda XX asr urtalarida yangidan rivojlantirildi (X.Lassuel, D.Sartori, T.Day va boshqalar tomonidan). Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyasiga ko‘ra xalq ommasi davlatni idora etishga kodir emasligi, shuning uchun boshqarish jamiyatning tepasida turgan hukmron doira - elita tomonidan amalga oshirilishi kerakligini isbotlashdan iborat. Elitalar turli belgilari (kelib chiqishi, ma’lumoti, tajribasi, kobiliyati kabilar)ga qarab aniqlanadi. Elita kelib chiqishi, ma’lumoti, qobiliyatiga ko‘ra ta’riflanadi.Darvoke, bunda elita saflari xalk, ommasi xisobiga, ularning eng kobiliyatli vaqillari bilan tuldirib borilishi mumkinligi ham nazarda tutiladi.
Buning ustiga, mazkur nazariyaning xozirgi tarafdorlari bir kancha elitalar mavjud bulib, ular urtasida hokimiyat uchun kurash borishi, birok, xalk o‘z saylov huquqidan foydalanib, ular faoliyatini nazorat qilishi mumkin, deb ta’kidlaydilar.
Shubxasiz, ushbu nazariyaning nuksonlari ham mavjud.
Chunonchi, aholini hokimiyat ishlaridan chetlashtirishni targib qiladi, hokimiyatning sinfiy tabiati butunlay inkor etiladi. Lekin ushbu nazariyaning ijobiy tomonlari ham yo‘q, emas. Hakikatdan ham, hokimiyat ishlarini olib borish amalda kishilarning g‘oyat cheklangan doirasi - deputatlar, davlat mahkamasi xodimlari tomonidan bajariladi. Muximi - mazkur kishilar chindan xam xalk, turli ijtimoiy guruhlar va katlamlar manfaatlarini ifoda etishlari kerak. Shu jihatdan xalk saylagan va o‘z nomidan vaqil qilgan kishilarning elita harakterini, ular faoliyati ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash zaruratini tushunish mumkin.

Download 73.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling