Davlatning mohiyati


Davlatning siyosiy tizimdagi o‘rni va roli quyidagi jihatlar bilan belgilanadi


Download 73.19 Kb.
bet8/8
Sana26.10.2023
Hajmi73.19 Kb.
#1723256
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning mohiyati

Davlatning siyosiy tizimdagi o‘rni va roli quyidagi jihatlar bilan belgilanadi:
• davlat jamiyatni takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi, hamma
va har bir odam manfaatlari yo‘lida uni rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlarini belgilaydi;
• davlat barcha fuqarolarning tashkiloti sifatida maydonga
chiqadi;
davlat boshqaruv va majburlovning maxsus mahkamalariga ega;
davlat turli ishontiruv va majburlov uslublaridan foydalanish
imkonini beradigan keng tarmoqli yuridik vositalar tizimiga ega;
davlat suverenitetga ega;
• davlat butun mamlakat miqyosida yagona tulaqonli hokimiyat tashkilotidir.
Nodavlat tashkilotlarning birontasi bunday xususiyat va vazifalarga ega emas.
Shunday qilib, biz jamiyat siyosiy tizimidagi alohida bo‘g‘in sifatida davlatni boshqa barcha birlashmalarga qarshi kuymaymiz, lekin, ayni paytda uning boshqa demokratik tashkilotlar tizimidagi rolini ham kamsitmokchi emasmiz. Baribir, yana bir bor shuni ta’kidlash lozimki, siyosiy tizim tarkibidagi bosh va asosiy bo‘g‘inlar tushunchalari bir xil manoni anglatmaydi. Bosh bo‘g‘in vazifasini shaxs bajaradi, shu bilan birga, asosiy bo‘g‘in davlatdir.
Davlat siyosiy tashkilotlar qatoriga kirmasligi mumkin emas. Zero, maxsus majburlov va bostirish mahkamalariga hamda turma va boshqa majburlovchi muassasalar ko‘rinishidagi tegishli «moddiy qismlarga» ega bulgan davlat hokimiyat tepasida turgan siyosiy kuchlar qo‘lidagi bosh kuch sifatida, ular irodasi va manfaatlarining bosh tatbikchisi sifatida, siyosiy hokimiyatni amalga oshirishning muhim vositasi sifatida maydonga chiqadi. Albatta, bu yerda siyosiy hokimiyatni kim amalga oshirishi, uning manfaatlari butun xalq manfaatlariga qay darajada mos kelishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:



  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2003. – 40 b.

  2. Karimov I. A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 364 b.

  3. Karimov I. A. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat. Xalq so‘zi, 2005 yil 10 dekabr.

  4. Davlat va huquq nazariyasi. Mas’ul muharrirlar H.B.Boboyev, H.T.Odilqoriyev -T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi, 2000.- 528 b.

  5. Davlat va huquq nazariyasi. Mas’ul muharrirlar: H.B.Boboyev, H.T.Odilqoriyev. – T.: TDYI, 2005.

  6. Davlat va huquq nazariyasi. Mas’ul muharrirlar A.Azamxo‘jayev va Sh. O‘razayevlar. T.: “O‘qituvchi” 1982. 288 b.

  7. Saidov A., Tojixonov U. Davlat va huquq nazariyasi. I-jild. Davlat nazariyasi. -T.: Adolat, 2001. –336 b.

  8. Saidov A., Tojixonov U. Davlat va huquq nazariyasi. II-jild. Huquq nazariyasi. -T.: Adolat, 2001. –560 b.






Download 73.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling