Davlatning mohiyati


Download 73.19 Kb.
bet4/8
Sana26.10.2023
Hajmi73.19 Kb.
#1723256
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning mohiyati

b)Texnokratik nazariya. Mazkur nazariya asrimizning 20-yillarida vujudga kelib, 60-70-yillarda ancha keng tarkaldi. Uning tarafdorlari orasida T.Veblen, D.Barnxeym, G.Saymon, D.Bell va boshqalar bor edi. Umuman olganda ushbu nazariya elitalar nazariyasiga juda o‘xshab ketsa-da, zamonaviy vokelikni xisobga opishi bilan ajralib turadi.
Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatni mutaxassis-boshqaruvchilar, menenjerlar idora etishlari lozim (ko‘pincha amalda ham shular boshqarishadi). Aynan ularning o‘zlari jamiyatning xakikiy extiyojlarini, uning eng matlub rivojlanish yo‘llarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlashga kodir.
Bu boshqarishnini ilmiy asosda ochib berish imkonini beradi hamda jamiyatnnng usib boruvchi rivojini ta’minlaydi.
Mazkur ta’limot g‘oyalaridan nafakat lavlatning mohiyatiga, balki uning boshqa jihatlariga ham tegishli bulgan boshqa nazariyalarda ham faol foydalanilmokda.
v) Plyuralistik demokratiya nazariyasi. Mazkur nazariya ham XX asrda paydo bulgan. G. Laski, M.Dyuverje, R.Darindorf, R. Dal va boshqalar ana shu nazariya vakillaridir.
Ushbu nazariya sotsial-demokratlarning ham, liberallarning ham qarashlarini ifodalaydi. Uning g‘oyasi hozirgi jamiyatda mohiyat-e’tiboriga ko‘ra sinflar amalda yo‘qolib ketdi va hokimiyat shu tariqa o‘z sinfiy tabiatidan xalos bo‘ldi, degan ma’noni bildiradi. Jamiyat turli belgilariga - yoshi, kasb-kori, istiqomat joyi, manfaatlar doirasi va boshqalarga ko‘ra yuzaga keladigan odamlar ijtimoiy birlashmalari (stratalar) yig‘indisidan iborat.
Shunday qilib, keksalar va yoshlarning, sportchilar va pivoxurlarning stratalari mavjud bulishi mumkin va xokazo. Har bir odam ko‘pchilik stratalarga kira oladi. Ular asosida davlat idoralariga «tazyiq» utkazuvchi hamda shu yo‘l bilan davlat siyosatini yunaltiruvchi turli siyosiy va jamatchilik tashkilotlari to‘ziladi. Binobarin, har qanday odam, har bir birlashma davlat hokimiyatida o‘z «ulushi»ga ega bo‘ladi, davlatni boshqarishda ishtirok etadi. Davlat shu tariqa umum irodasining, bugun jamiyat manfaatlarining ifodachisiga aylanadi.
Ushbu nazariyaning ijobiy jihatlari uning chinakam demokratik harakterida, davlatni boshqarish ishlarida barcha fuqarolar ishtiroki zarurligini asoslashida namoyon bo‘ladi.

Download 73.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling