Davlatning mohiyati
g) «Umumiy farovonlik davlati» nazariyasi
Download 73.19 Kb.
|
Davlatning mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- d) Huquqiy davlat nazariyasi.
g) «Umumiy farovonlik davlati» nazariyasi. Davlatning maqsadlari to‘g‘risidagi masala yuzasidan bahs yurituvchi nazariyalar orasida «umumiy farovonlik davlati» nazariyasini qayd etib o‘tish kerak. U ikkinchi jahon urushidan keyin vujudga kelgan bulib, davlatning ijtimoiy hayotga aralashmasligiga oid oldindan mavjud ta’limotga qarshi chiqadi. Bunda nafaqat huquqbo‘zarlik holatlari mustasno etiladi («Tungi korovul davlati» nazariyasi). Uning mohiyati 30-yillarda D.Keyns tomonidan ta’riflab berilgandi. D.Myurdal, A.Sigu, K.Boulding, V.Mund va boshqalarning asarlarida bu nazariya yanada rivojlantirilgan. Mazkur nazariyaning bosh g‘oyasi shundan iboratki, barcha sinflardan ustun turarkan, davlat aholi barcha katlamlari manfaatlarnni ifodalay boshlaydi, umumfarovonlikni ta’minlaydn. Rivojlangan mamlakatlarning aholi turmushining yuksak darajasini ta’minlanganli, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda yirik davlat dasturlarini amalga oshirishlagi ulkan muvaffakiyatlari ushbu nazariyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Mazkur nazariya inson manfaatlarini davlat faoliyatining asosiga kuyish bilan har bir shaxs kadr-kimmatiga e’tiborni jalb etadi.
Bizning nazarimizda, ushbu nazariyaning ijobiy jihatlari umuminsoniy kadriyatlar, inson manfaatlari va huquqlari ustuvorligi uning asosiga Qo‘yilganligi bilan belgilanadi. Uning kamchiligi esa, nimalar va kymlar evaziga bunga erishih mumkinligini kursatib bera olmaganidadir. Mabodo, ekspluatatsiya markazini yarim mustamlaka va rivojlanayotgan mamlakatlarga kuchirish nazarda tutiladigan bulsa -bunday "farovonlik" z’tiborni tortishi amri mahol. d) Huquqiy davlat nazariyasi. Mazkur nazariya hozirgi kunda juda keng tarqalgan. U eng dolzarb va taraqqiypaprvardir. Bundan oldingisiga qarama-qarshi ularok, bu nazariya ijtimoiy hayotning barcha sohalarida huquqning ustuvorligini ta’minlashdan iborat davlat faoliyati maqsadini ham, dadlatning ish yuritish vositalari yusinlariga oid muammolarni ham yoritadi. Bu nazariya mualliflari hakli suratda, davlatning butun faoliyati huquqiy maqsadlarda, huquq asosida va huquqiy vositalar bilan amalga oshirilishi kerak, deb ta’kidlaydilar. U bizning zamonamizda eng ommaviylashgan va eng dolzarb hamda ilg‘or nazariyadir. Uning ijobiy jihatlariga qisqacha to‘xtaladigan bulsak, eng avvalo, uning jamiyatni demokratlashtirishga, davlat organlari ishlaridan o‘zboshimchalik, zuravonlik va qonunsizlikni butunlay mustasno etishga yunaltirilganligini ta’kidlash zarur. Kamchiligi - jamiyat ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi ahvoldan kelib chiqib, ba’zi tamoyillarni amalga oshirishning imkoni bulmagan hollarda ularning bir qadar quruk bayonotga aylanishidadir. Download 73.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling