Mavzu: Davlatning tuzilish shakllari: unitary, federative va konfederativ. Reja


Download 44.28 Kb.
bet1/11
Sana07.05.2023
Hajmi44.28 Kb.
#1440254
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlatning tuzilish shakllari


Mavzu: Davlatning tuzilish shakllari: unitary, federative va konfederativ.
Reja:

  1. Davlat shakllari tushuncha.

  2. Tuzilish shakllarining turlari.

  3. O’zbekistonda davlatchilikni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari.


Davlat shakllari tushunchasi.
Respublikamizda demokratik xuquqiy davlat barpo etish va adolatli fuqarolik jamiyatini qaror toptirish jarayoni ayni vaqtda jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yuz berayotgan jamiyatimizdagi oʻzgarishlar bizni koʻpchilik tushunchalar, atamalarni qaytadan idrok etishimizga va hatto qadriyatlarni qayta baxolash bilan shug'ullanishga undamoqda. Boshqacha boʻlishi ham mumkin emas. Zero, davlat va huquq nazariyasi sobiq Ittifoq sharoitida ma'muriy buyruqbozlik tizimining g'oyaviy asosi va ximoyachisi vazifasini bajarganligi sababli, u albatta, qayta idrok etilishiga muxtojdir. Bundan tashqari, bugungi kundagi jamiyatimiz taraqqiyotiga xos yangiliklar, davlat va huquq tushunchasi, ularning moxiyati, tasnifi, vazifalarini yangicha talqinda tubdan qayta ko'rib chiqishni zamon taqozo etmoqda. O'zbekiston Respublikasi chuqur makimoiy-siyosiy isloxotlar davrini kechirmokda: mamlakat iktisodiyoti bozor munosabatlariga o'tmoqda; jamiyatda umuminsoniy kadriyatlar borgan sari ko'proq, karor topmokda; shaxs huquqlari va erkinliklarini, sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish davlatning burchiga aylanmokda.
Har bir talaba davlat va huquq nazariyasi fanini toʻla va chuqur o'rganib olsa, uning umumiy darajasi, huquqiy ongi, atrofda kechayotgan siyosiy jarayonlarni tushunish layoqati talab darajasida buladi. Chunki bu fan, nish layoqati talab daraja talabaga nafaqat yuridik bilimlar beribgina qolmay, balki uning huquqiy madaniyati, huquqiy ongini xamda huqukiy tafakkurini shakllantirishga ilmiy informatik baza boʻlib xisoblanadi. Bundan tashqari davlat va huquq nazariyasi fanining asosiy tushunchalarini yaxshi o'zlashtirish asosida talabada siyosiy madaniyat, siyosiy ong va siyosiy tafakkur shakllanishi xam shubxasizdir, chunki nki davlat-huquqiy hodisalar ayni paytda siyosiy-ijtimoiy hodisalardir. Oddiyroq qilib aytadigan boʻlsak, davlat-huquqiy hodisalar siyosat bilan bog'liqdir. Bo'lajak yurist uchun esa huquqiy va siyosiy madaniyat, tafakkurning kasbiy shakllanishida bag'oyat katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham, mening fikrimcha bakalavriatning birinchi kursida davlat va huquq nazariyasini chuqur o'rganish o'ta muhimdir. Mana shu yuqorida aytilgan fikrlar mening davlat va huquq nazariyasi fanidan kurs ishi yozishimga sabab boʻldi. Davlat va huquq nazariyasi oʻquv kursi mavzulari ichidan men davlat boshqaruv shakli mavzusini tanladim. Chunki, davlatni tushunishda tuzilish shakli alohida ahamiyatga ega. Zero, tuzilish shakli davlat yuli bilan uyushgan jamiyatda davlat qanday xajmda ekanligini aniqlashtirib beradi. Davlat tuzilish shakli insoniyatni qadimdan kiziqtirib kelgan muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolar umuman davlat shakllari, Jumladan, davlat tuzilish shakli masalasi meni juda qiziqtiradi. Yurtboshimiz aytganlaridek: «Har bir davlat betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma'naviy taraqqiyotining xosilasidir...>> har bir davlat shaklida shu davlatning tarixi, an'anlari, mentaliteti oʻzining ifodasini topadi. Ayni paytda har bir kishilik jamiyati taraqqiyotidagi ijtimoiy iktisodiy bosqichlar oʻziga xos davlat shakllarini maydonga chiqaradi. Shu sababli davlat shakllari, Jumladan tuzilish shakli, ya'ni unitar, federativ, konfederativ shakllarining har biri uziga xos xususiyatga ega boʻlib, ularni oʻrganish taqqoslash qiziqarli jarayondir.
Davlat demokratiya sharoitida ijtimoiy qarama zo'ravonlik va bostirish yo'li bilan emas, balki ijtimoiy kelishish yoʻli bilan hal etish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi eng asosiy ustun vazifasini oʻtovchi vositaga aylanib bormoqda. Zero, davlatimizda adolatli fuqarolik jamiyatini qaror toptirish maqsadi e'lon qilingan.
"Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor boʻlib, u insonning o'z o'zini kamol toptirishga mone'lik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari toʻla darajada ro'yobga chiqishiga ko'maklashadi1».

Download 44.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling