Mavzu: Davlatning tuzilish shakllari: unitary, federative va konfederativ. Reja


Download 44.28 Kb.
bet2/11
Sana07.05.2023
Hajmi44.28 Kb.
#1440254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlatning tuzilish shakllari

"Davlat shakllari" tushunchasi
«Davlat shakllari» tushunchasi davlat va huquq, nazariyasining eng muxim masalalaridan biridir. «Davlat shakllari» tushunchasi << Davlat moxiyati» tushunchasi bilan bevosita bog'liq. Davlat shakli murakkab ijtimoiy hodisa bulgan davlat moxiyatini bilishda muhim ahamiyatga ega. Davlat shakli uning mazmun-mohiyati bilan ajralmas. Har kanday davlat shakli uzining mazmuni bilan «juft» falsafiy kategoriyalardek boglanib ketgan. Mazmun davlat hokimiyatining, subyektining taalluqliligini belgilash imkonini beradi va uni kim amalga oshiradi, degan savolga javob qiladi. Shakini tushunish esa davlat hokimiyati qanday uyushtirilganligi, qaysi idoralar orkali namoyon bulishi, ushbu idoralarming tashkil etilish tartibi kanday bulishi, ulardagi vakolatlarning muhlatl, davlat hokimiyatini amalga oshirish usullarini tushunishga yordam beradi.
Davlat Jamiyatning maxsus tarkibiy hududiy tashkiloti sifatida kanday muayyan shakllarda namoyon buladi? Davlat har xil shakllarga ega bulishi mumkin. Huquqiy adabiyotlarda davlat shakli tushunchasiga turlicha ta'rif beriladi..
Ba'zi huquqshunoslar davlat shakli deganda davlat boshqaruvi va davlat tuzilishi shaklida uz ifodasini topadigan davlat organlari strukturasi va tashkilotini tushunadi. Bunda davlat shakli tushunchasiga siyosiy rejimni kushmaydilar.
Demak, davlat shakli tushunchasiga turlicha yondashiladi. Ayrim huquqshunos olimlar davlat shaklini tor ma'noda talqin etadilar. Ularning fikricha, mazkur tushuncha faqat boshqaruv shaklidir. Boshkalar esa unga keng ma'no, ya'ni boshqaruv va davlat tuzilishi shakllarini kiritadilar.
Ba'zi mualliflar davlatning ichki va tashki shakllarini ajratadilar. Davlatning ichki shakli deganda demokratiyani, tashki shakli deganda esa siyosiy hokimiyatning muayyan uyushtirilishi tushuniladi. D.A.Kerimovning fikrichal, demokratiya siyosiy idora usulining turi bulganligi bois unf davlatning ichki shakli deb tushunish mumkin, boshkaruv shakllari va davlat tuzilishi esa davlatning tashki shaklini tashkil etadi.
Yana bir guruh huquqshunoslar davlat shakliga quyidagicha ta'rif beradilar: davlat shakli davlat organlarining paydo bo'lish tartibi, ularning strukturasi, xususan, davlatning oliy organlari strukturasi, ular urtasidagi oʻzaro munosabat, xususan davlatning markaziy organlari bilan tarkibiy kismi organlari va mahalliy organlari o'rtasidagi oʻzaro ularning strukturasi, xususan, davlatning oliy organlari strukturasi, ular o’rtasidagi oʻzaro munosabat, xususan davlatning markaziy organlari bilan tarkibiy kismi organlari va mahalliy organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat, shuningdek, ularning jamiyatga raxbarlik qilish shakli.
Bu ta'rif uzun boʻlsa ham, unda davlat shakli tushunchasining mazmunini ochib berishga harakat qilingan. Qisqacha so'z bilan aytganda, davlat shakli - davlat hokimiyatining tuzilish shaklidir.
Davlat shakliga, shuningdek, mamlakatning taraqqiyot darajasi, uning madaniyati mamlakatda tarkib topgan tarixiy an'analar, urf-odatlar ham ta'sir kursatadi. Masalan, Angliyada davlat shakllari o'rta asrlarda tarkib topgan boʻlib, ular hozirgi kunga qadar hurmat qilinmoqda.
Tabiiyki, gap davlat hokimiyatining tuzilish shakllari xakida borar ekan, bunda ham boshqaruv shakli, ham davlat tuzilishi shakli, ham siyosiy rejim tushuniladi. Siyosiy rejimni davlat shaklining asosiy, ichki tomoni Siyosiy rejimi davlat sha deyish mumkin.
Davlatning siyosiy rejimi bilan uning shakli boshqa-boshqa narsa. Yuridik adabiyotlarda siyosiy rejim deganda asosan hokimiyatning amalga oshirish usullari va metodlarining yig'indisi tushuniladi. Masalan, demokratik rejim, fashistik rejim va hokazo.
Bayon etilgan muloxazalar huquqiy adabiyotlarda davlat shakli xaqida yagona tushunchaning ishlab chikilmaganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, davlat shakil tushunchasining an'anaviy hisoblangan ta'rifi mavjud bo'lib, u aksariyat mualliflar tomonidan qabul qilingan.
Bu ta'rif quyidagicha: «Davlat shakli» deganda davlatdagi siyosiy hokimiyatni uyushtirishning uch asosiy elementlari tushuniladi. Bular: birinchidan, boshqarish shakli, ya'ni davlat hokimiyati va boshqaruvini tuzish va tashkil etishning muayyan tartibi; ikkinchidan, davlat tuzilishi, ya'ni davlatlarning hududiy tuzilishi, markazly, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlarning oʻzaro munosabati; uchinchidan, siyosiy rejim (davlat) idora usuli yaxlitligidir.
Shunday qilib, davlat shakli deganda uch tarkibiy qismi - boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli, siyosiy rejim: ya'ni davlat idora usuli uzilishi shakli, siyosiy r birlikda olingan siyosiy hokimiyat tashkiloti tushuniladi.
Boshqaruv shakli – Davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy idoralarining tashkil etilishi va uyushtirilishining muayyan tartibidir.
Davlatning tuzilishi shakli davlatning ma'muriy-hududiy tuzilishi, markaziy, mintakaviy va maxalliy hokimiyatlar oʻzaro munosabatlarining muayyan tartibidir.
Siyosiy rejim (davlat idora usuli) - siyosiy (davlat) hokimiyatini amalga oshirishning usul va metodlaridir.

Download 44.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling