Mavzu: Davlatning tuzilish shakllari: unitary, federative va konfederativ. Reja


O‘zbekistonda davlatchilikni shakllantirishning o‘ziga xos


Download 44.28 Kb.
bet11/11
Sana07.05.2023
Hajmi44.28 Kb.
#1440254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlatning tuzilish shakllari

4.O‘zbekistonda davlatchilikni shakllantirishning o‘ziga xos
xususiyatlari.
Ma’lumki, 70 yil mobaynida O‘zbekistonning taqdiri va farvonligi sobiq Ittifoq qo‘lida bo‘lib keldi. Respublikadan mahsulrtlar va xom ashyoni tashib ketishar, respub-likamizga esa, bu erda istiqomat qiluvchilardan so‘rab-netmay, maslahatlashmay, o‘zlari lozim topgan narsalarnigina keltirishardi.
O‘zbekistonda amalga oshiriladigan boshqaruv tizimi joylarda ham, tarmokdarda ham, ishlab chiqarish sohalarida ham va taqsimotda ham markazga qat’iy tobelik asosida, u belgilab bergan chiziqsan tashqariga chiqmay olib borilardi. Shuni mamnuniyat bilan qayd etish kerakki, O‘zbekiston o‘zining chinakam mustaqillikka erishish maqsadini birinchilardan bo‘lib e’lon qildi. U sobiq Ittifoq respublikalari o‘rtasida birinchi bo‘lib boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy etdi, keng miqyosli islohotlar, jamiyatdagi tub o‘zgarishlar va yangilanishlar yo‘lini tanladi.
1991 yilning 31 avgust kuni o‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshdi - O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublika butun ko‘pmillatli aholining irodasi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»ga konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlandi hamda umum-xalq referendumida yaqdil tasdigini topdi. O‘zbekiston Respublikasi hududi va iqtisodiy salohiyati bo‘linmasligi, uning chegaralari esa daxlsiz bo‘lib, davlat himoyasida ekanligi tamoyili qaror topdi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan darhol respublikada demokratik huquqiy davlat asoslari vujudga keltirila boshladi. Buning uchun oldingi totalitar tuzum illatlarini tagtomiri bilan qo‘porib tashlashga keskin kiri-shildi. Ko‘ppartiyaviylik, g‘oyalar va fikrlar xilma-xilligi bilan murosa qilish hayotiy voqelikka aylandi. Bir mafkura hukmronligiga barham berildi. Umuminsoniy qadriyatlar, jahon tan olgan chinakam demokratiya, inson erkinliklari va huquqlari normalarini qaror toptirish vazifasi qo‘yildi.
Respublikada so‘zda emas - amalda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov hokimiyatlariga bo‘linish tamoyili amal qilmokda. O‘zbekiston xalqi davlat hokimiya-tining chinakam manbaiga aylaqdi va bu hokimiyatni ham bevosita, ham o‘z vakolatli vakillari - deputatlar korpusi orqali amalga oshirmoqda. Bularning hammasi qonun chiqaruvchilik ishini faol yo‘lga qo‘yishni taqozo etdi. Uni respublika parlamenti - Oliy Majlis muvaffaqiyatli olib bormoqsa. Oliy Majlisning butun salohiyati bugungi kunda yosh mustaqil davlatimizni har tomonlama huquqiy ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Davlat boshqaruvining yangi, yanada zamonaviy hamda yangi sharoitlarga tez moslashadigan tizimini shakllantirish bo‘yicha ishlar zudlik bilan boshlab yuborildi. Boshqaruvning prezidentlik shakli bu tizimning o‘zagi bo‘lib qoldi. Joylarda boshqaruv tizimini qayta tashkil etish vazifasi qo‘yilib, muvaffaqiyatli udsalandi - viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlik tuzilmalari joriy etildi. Qonunlar ustuvorligini, ular oldida mamlakat barcha fuqarolari tengligini ta’minlovchi sud hokimiyatini qayta tashkil etish ishlari faol olib borilmokda. Sivilizatsiyalashgan fuqarolik jamiyatining ushbu tarkibiy qismlari qonunchilik va huquq-tartibotning, qat’iy intizom va mas’uliyat-lilikning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Respublika oldida o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlashdek jiddiy vazifa ko‘ndalang turardi. Uning zarurligi respublikamiz Prezidentining quyidagi so‘zlarida yaqqol ifodalangan: «Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, o‘z davlat-chiligini qo‘lga kiritish, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qaerda engil va osonlikcha bo‘lmagan. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etadi».
Davlatimiz boshlig‘i, shuningdek, jahonda ijtimoiy taraqqiyotning turk, shved, janubiy koreys va boshqa turli xil ko‘rinishlari mavjudligini ham ta’kidladi. Bir qator musulmon davlatlari va yangi sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasi, ikkinchi jahon urushidan keyin xalq xo‘jaligani tiklash bo‘yicha Ovrupo mamlakatlari va YAponiya amaliyoti namunalari mavjud. Biroq, deya ta’kidlaydi Prezident, «O‘zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samarali foydalanadi». Bunda gap, albatta, u yoki bu maftunkor va ijobiy samarasi yuksak andozadan oddiy nusxa ko‘chirish ustida borayotgani yo‘q.
Prezidentimizning quyidagi fikrlarida ushbu masalaga bo‘lgan qat’iy nuqtai nazar o‘z ifodasini topgan: «Jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘limizni tanlab olish respublikaning qat’iy pozitsiyasidir. Bu - o‘tmish yillarning xatolarini, davlat tuzilishining shakl va usullariga nis-batan mavjud qarashlarni idrok etish natijasidir. Bu - tarkib topgan ijtimoiy voqelikka berilgan real bahodir. Bu - O‘zbekiston xalqining ijtimoiy taraqqiyotga, munosib turmush sharoitiga intilishidir».
1992 yilning 8 dekabrida O‘zbekistonda shonli voqea sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. U respublikamiz mustaqil va erkin taraqqiyotining huquqiy asoslarini yaratib berdi. O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi shakli Konstitutsiyamizning «Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi» deb nomlangan to‘rtinchi bo‘limining XVI - XVII boblarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, 68-moddada shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloklar, ovullar, shuningdek Qora-qalpog‘iston Respublikasidan iborat». 70-modda esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomiga bagishlangan.
Unda: «Suveren Qoraqalpogiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi», deb ta’kidlanadi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston kelajagi uchun ularning ahamiyati to‘g‘risida gapirib, yurtboshimiz shunday dedi: «Biz juda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Oldinda yana qanchadan-qancha sinovlar turibdi. Bugungi murakkab vaziyatda tanlab olingan va azaliy mil-liy manfaatlarimizga, xalqimizning tabiatiga, ongiga ma’qul bo‘lgan yo‘ldan adashmaslik choralari haqida, O‘zbekis-tonning porloq istiqbolga etish yo‘li xususiyatlari to‘g‘ri-sida gaplashib olishimiz zarur deb o‘ylayman»
Download 44.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling