Mavzu: Davlatning tuzilish shakllari: unitary, federative va konfederativ. Reja


Download 44.28 Kb.
bet10/11
Sana07.05.2023
Hajmi44.28 Kb.
#1440254
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlatning tuzilish shakllari

Federativ davlat (lot. «feodus» - ittifoq, shartnoma) - murakkab davlat. Davlat va huquq fanida davlatlarning shartnoma va qonuniy tartibga solingan birlashuvini ta’sis etishga asoslangan ittifoqi federatsiya deb ataladi.
Demak, o‘zaro birlashishga intiluvchi bir qancha mustaqil davlatlar mavjud bo‘lgan joydagina federatsiya tashkil etilishi mumkin.
Rejalashtirilayotgan Rossiya va Belorussiya ittifoqi munosabati bilan hozirgi vaqtda federatsiya haqida juda ko‘p gapirilayotgani diqqatga sazovor. Bunda ajablanarli joyi shundaki, ko‘pchilik (siyosatchilar, yuristlar, jamoat arboblari ham) federatsiya nima ekanligi haqida juda mavhum tasavvurga ega ekanlar. Shu munosabat bilan biz tarixga murojaat etishga qaror qildik.
Federatsiyaning kelib chiqish tarixini taxminan shunday tasavvur etish mumkin: siyosiy jihatdan shakllanib bo‘lgan bir qancha kichik davlatlar mustaqil yashashga intilishadi-yu, biroq tashqi xavf-xatar va ichki qiyinchiliklar ulardan boshqa o‘zlariga o‘xshash davlatlar bilan birlashishni talab qilayotganiga ishonch hosil qiladilar. Shunday qilib, ular mazkur birlashuv nimalardan iborat bo‘lishi hamda qanday qonuniy tartibda bu amalga oshirilishi haqida shartnoma tuzib, yagona davlatni barpo etadilar. Bu birlashuv, odatda, «abadiy» deb e’lon qilinadi
Konfederatsiyani tashkil etuvchi davlatlar xalqaro huquqiy munosabatlar sub’ektlari sifatida sakdanib qolib, o‘z fuqaroliklari bo‘lishida, hokimiyat organlari tizimini boshqarishda, sudlov organlariga egalik qilishda davom etadilar. Ular hokimiyatni mustaqil boshqarib, o‘z konstitutsiyalariga ega bo‘ladilar.
Shuning uchun konfederatsiya darajasida qabul qilinadigan xujjatlar shu konfederatsiyaga kiruvchi davlatlar oliy organlari tomonidan ma’kullanishi shart. Konfederatsiya a’zolari o‘z mustaqyl daromad manbalariga ega bo‘lib, uning bir qismini konfederatsiya byudjetiga o‘tkazishlari mumkin. Konfederatsiya armiyasi mazkur konfederatsiya a’zolari bo‘lgan davlatlar harbiy qismlaridan tashkil topadi va ularning qarorlari asosida konfederatsiya qo‘mondonligi ixtiyoriga yuboriladi. Umuman, ta’kidlash lozimki, davlat hokimiyati tuzilishi biz yuqorida ko‘rsatib o‘tgan shakllardangina iborat, deb o‘ylash noto‘g‘ri bo‘lurdi.
Dunyo davlatlararo birlashish va oshkora xukuqiy ittifoqlarning ko‘plab shakllari (shaxsiy va haqiqiy uniya14, vassallik, syuzerenitet15, millatlar va davlatlar hamdo‘stligi, davlatlar hamjamiyati)ni, dominionlar va metropoliyalar,
savdo ittifoqlari, harbiy bloklar munosabatlari va hokazolarni ko‘p ko‘rgan. Biroq, bular endi davlatlararo birlashmalarga kiradi. Bundan tashqari tantanali ravishda e’lon qilingan federatsiya aslida unitar davlat bo‘lib chiqqan holatlar ma’lum. «SHo‘ro xalqlari milliy sotsialistik davlatchiliganing oliy shakli»16 hisoblangan sho‘ro federatsiyasi bilan xuddi shunday bo‘lgandi.Insoniyat uchun eng muxim sabokdardan biri shundan iboratki, davlat tuzilishining har qanday shaklida ham markaz bilan hududiy joylar o‘rtasida vakolatlar har qanday milliy-etnik mojarolarning kelib chiqish ehtimolini qariyb yo‘q darajaga olib boradigan omillarni yaratish imkonini beradigan tarzda taqsimlanishi darkor. Buni albatta yodda tutish lozim. Chechenistondagi voqealar buning yorqin dalilidir.

Download 44.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling