Javoblar “Globallashuv” so’ziga izoh bering


Download 100.83 Kb.
bet3/11
Sana19.02.2023
Hajmi100.83 Kb.
#1215168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Global Javoblari 22 gacha

Ekologik muammo. Jahon iqtisodiyotida ekologik muammolar ko‘p asrlik tarixga ega, biroq, XX asrning 70-90 yillariga kelib, takror ishlab chiqarish va insonlarning xo‘jalik faoliyati orasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida biosfera holatida keskin yomonlashish holatlari kuzatila boshlandi. Jahon iqtisodiyotida ko‘plab keltirilgan ma’lumotlarda atrofmuhit degradatsiyasi ko‘larnining kattalashib borayotganligi qayd etiladi. Keyingi 100 yil ichida sayyoramizdagi o‘rmonlarning uchdan ikki qismi yo‘qolib ketdi, atmosferadagi karbonat angidrid miqdori 13 foizga ko‘paydi, o‘nlab turdagi o‘simlik va hayvonot dunyosi butunlay qirilib ketdi, inson genofondining o‘zi ham oldini olib bo‘lmaydigan mutatsion o‘zgarishlar xavfi ostiga tushib qoldi. Ekologik xavf-xatarlarning kuchayishi jahon iqtisodiyotida
ekologizatsiyalash jarayonini rivojlantirishga asos bo‘ladi, zero tabiatni himoyalash omillari savdo, investitsiyalar, ishchi kuchi migratsiyasi kabilarga ta’sir etadi. Mutaxassislarning qayd etishicha, hozirgi kunda
umumiy aylanmasi 150 mlrd. dollarga teng bo‘lgan tabiatni asrovchi
tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarning maxsus bozorlari vujudga
kelmoqda. Atrof-muhitni himoya qilish tadbirlari eksport qilinadigan mahsulotlarning raqobatbardoshligiga ham ta’sir qiladi, zero iste’molchilar ekologik toza va xavfsiz mahsulotlarni afzal ko‘rishadi. Ekologik muammolar ko‘plab mamlakatlar rivojlanishining strategik dasturlarida markaziy o‘rinlardan birini egallab, global va hududiy xalqaro integratsion tashkilotlarning kun tartibiga olib kirildi. Eng yirik xalqaro tashkilot – BMT 1972- yildan buyon maxsus Atrof-muhit bo‘yicha dastur (YUNEP)ni amalga oshirib kelmoqda. 1992- yilda o‘tkazilgan atrof-muhit bo‘yicha BMT Anjumanining (Rio-de-Janeyro) o‘tkazilishi katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu Anjuman qatnashchilari barqaror rivojlanish tamoyilini qabul qilishdi. Bu tamoyil o‘z ichiga 27 ta tavsiyaviy harakterdagi printsiplarni olib, ularning mohiyati ekologik xavfsizlikning universal mezonlarini qabul qilish, chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish, sanoat va harbiy sohadagi chiqindilardan rejali ravishda foydalanish, yangi avlodni atrofmuhitni asrab-avaylashga qarata tarbiyalashdan iboratdir.




  1. Download 100.83 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling