Globallashuv atamasi “Globallashuv” tushunchasi 1996-yildan boshlab Davos forumining asoschisi va prezidenti Klaus Shvab rahbarligidagi jahon iqtisodiy forumining 25-sessiyasida “Sayyoradagi asosiy jarayonlarning
globallashuvi” mavzusida bo‘lib o‘tgan muhokamadan so‘ng maxsus atama sifatida kiritildi.
1981-yilda amerikalik sotsiolog J.Maklean tomonidan “globallashuv” atamasi konseptual atamalardan biri sifatida ishlatilgan. Uni iqtisodiyot fani atamasi sifatida birinchi marta 1983-yilda T.Levit “Harvard Business Review” jurnalidagi ko‘p millatli korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar uchun bozorlarni birlashtirish jarayonini tasvirlab bergan maqolasida qo‘llagan.
1985-yilda R.Robertson globallashuv atamasini maqolalaridan biriga sarlavha sifatida qo‘yadi va uni batafsil talqin qiladi. R.Robertsonning ta’rifiga ko‘ra, globallashuv alohida mamlakatlarda ijtimoiy haqiqatga xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan turli omillar (masalan, yaqin iqtisodiy va siyosiy aloqalar, madaniy va axborot almashinuvi) ta’sirini oshirish jarayonidir. Bugungi kungacha bu atama ma’no mundarijasi ko‘p manbalarda R.Robertsonning ta’rifi asosida tushuntiriladi. Chunki, globallashuv o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy, siyosiy, axborot va ijtimoiy sohalarni qamrab oladi.
Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga nimalar kiradi? Tayanch iboralar: Kapitalning konsentratsiyalashuvi, xo‘jalik hayotining transmilliylashuvi, milliy darajadagi bozor raqobati, fan-texnika taraqqiyoti.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi uni harakatga keltiruvchi qator kuchlar ta’sirida shakllanadi. Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Kapitalning konsentratsiyalashuvi va markazlashuvi.
2. Xo‘jalik hayotining transmilliylashuvi, ya’ni yirik transmilliy
kompaniyalar va moliya guruhlarining rivojlanishi.
3. Jahon va milliy darajadagi bozor raqobati.
4. Fan texnika taraqqiyoti.
5. Texnologik innovatsiya taraqqiyoti.
6. Iqtisodiy faoliyat (xo‘jalik hayoti)ning erkinlashuvi.
7. Xizmat va kapital bozorini tartibga solishning qisqarishi.
8. Jahon xo‘jaligi erkinlashuvi jarayonining kuchayishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |