Javoblar “Globallashuv” so’ziga izoh bering
Globallashuv sharoitida raqobat turlari
Download 100.83 Kb.
|
Global Javoblari 22 gacha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Global shaharlar” tushunchasiga izoh bering. Tayanch iboralar
Globallashuv sharoitida raqobat turlari. Tayanch iboralar: bir mamlakat doirasidagi korxonalar o‘rtasidagi raqobat, korxonalar va TMKlar, mintaqaviy bo‘linmalar.
Globallashuv sharoitida raqobat turlari Bir mamlakat doirasidagi korxonalar o‘rtasidagi raqobat. Turli mamlakatlar korxonalari o‘rtasidagi raqobat. Korxonalar va TMKlar o‘rtasidagi raqobat. TMKlar tarkibidagi alohida mintaqaviy bo‘linmalar o‘rtasidagi raqobat. Jahon iqtisodiyotining globallashuvigacha bo‘lgan davrda raqobatning dastlabki ikki turi, ya’ni bir mamlakat doirasidagi korxonalar o‘rtasidagi hamda turli mamlakatlar korxonalari o‘rtasidagi raqobat shakli mavjud bo‘lgan bo‘lsa, globallashuv sharoitida aytib o‘tilgan raqobat turlariga korxonalar va TMKlar o‘rtasidagi hamda TMKlar tarkibidagi mintaqaviy bo‘linmalar o‘rtasidagi raqobat turlari qo‘shildi. Turli mamlakatlar korxonalari o‘rtasidagi raqobat munosabatlariga globallashuv quyidagi umumiqtisodiy va bozor omillari orqali o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: - ichki bozorlarda raqobat sharoitlarining og‘irlashishi va tashqi bozorlarga chiqish to‘siqlarining kamayishi natijasida tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishni istovchi ko‘p miqdordagi subyektlarning paydo bo‘lishi; - jahon savdosining rivojlanishi va tashqi savdo ishtirokchilari uchun sharoitlarni tenglashtirish yo‘nalishidagi xalqaro tashkilotlarning paydo bo‘lishi; - turli bozorlardagi faoliyatni tez muvofiqlashtirish, o‘zgarayotgan bozor sharoitlariga tez moslashish imkonini beruvchi aloqa vositalarining rivojlanishi; - tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda tashish xarajatlari ulushini pasaytirish imkonini beruvchi transport (konteyner tashish, katta o‘lchamli aviatashuvlar) tizimlarining rivojlanishi; - milliy bozorlarga ikki tomonlama kirish imkoniyatini kengaytiruvchi xorijiy investorlarga nisbatan turli mamlakatlar hukumati ijobiy munosabatining shakllanishi; - turli mamlakatlar iste’molchilarining mahsulot va xizmatlar iste’moli xususiyatlarining borabarlashtirilishi va boshqalar. “Global shaharlar” tushunchasiga izoh bering. Tayanch iboralar: S.Sassen-Koob va A.King, boshqaruv markazlari, britaniyalik iqtisodchi P.Teylor, “alfa shahar”. Globallashuv davrida shaharlar o‘zlarining yangi funksiyalarini namoyon etmoqda. Bu jarayonning mohiyati bir qancha yirik jahon markazlari hisoblangan shaharlarda eng muhim iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy funksiyalarning jamlanishida ko‘rinadi. O‘tgan asrning oxirida “global shaharlar” deb ataladigan shaharlar paydo bo‘la boshladi. “Global shaharlar konsepsiyasi” mualliflari amerikalik sotsiolog va iqtisodchi S.Sassen-Koob (1991) va A.King (1990) hisoblanadi. Ularning fikriga ko‘ra, global shaharlar global iqtisodiy, moliyaviy va innovatsiyalarni boshqaruv markazlaridir. Global shaharlarning eng yirik tadqiqotchilaridan biri, britaniyalik iqtisodchi P.Teylorning fikricha, global shaharlarning shakllanishi va rivojlanishi bu shaharlarning qandaydir o‘ziga xos xususiyatlariga emas, balki ular o‘rtasidagi kapital, mehnat, axborot, boshqaruv va boshqa resurslar oqimi harakatiga bog‘liq. Shuning uchun shaharning bu resurs oqimlarini o‘ziga jalb qilish qobiliyati muhimdir, aks holda u muqarrar ravishda o‘ziga raqobatchi bo‘lgan shaharlarga yutqazadi. Jahon shaharlari o‘rtasidagi munosabatlar qat’iy iyerarxik tuzilishga ega. P.Teylorning fikriga ko‘ra, dunyo shaharlari uch sinfga bo‘linadi: “α-alfa”, “β- beta” va “γ-gamma” shaharlar. Iyerarxiyaning eng past o‘rnini γ-shaharlar egallaydi – ular sanoat, xom-ashyoni qazib olish va qayta ishlash bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan shaharlardir. β- shaharlar o‘z nazorati ostidagi γ- shaharlar hosil qilgan resurs oqimlarini qayta taqsimlaydi va α-shaharlar β- shaharlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Shu bilan birga, har bir shaharning juda aniq belgilangan mas’uliyati, o‘z maydoni bor va bu iyerarxik holatda iqtisodiy makonni kengaytirish yoki kamaytirish jarayoni juda sekin boradi. Download 100.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling