Javoblar. Ilk merkantilistlarning nazariy qarashlari
Download 38.58 Kb.
|
Javoblar. Ilk merkantilistlarning nazariy qarashlari
VARIANT № 17 Ilk merkantilistlarning nazariy qarashlari. Qog`oz pullar va ularning kredit pullardan farqlari. Cheklar bilan amalga oshiriladigan hisob kitoblar. JAVOBLAR. 1.Ilk merkantilistlarning nazariy qarashlari. Yangi ta'limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog'liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga qilinadi. Manufakturada esa kooperasiya yuzaga keladi, eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo'ladi (XV asr). Fabrika to'g'risida esa quyida axborot beriladi. Merkantilizmning birinchi davri o'sha davr iborasi bilan aytganda monetar, ya'ni oltin va kumush pullar to'plash bilan bog'liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga urinilgan. Qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo'lishi mumkin). Chet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat nazorat kuchli bo'lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojini susaytirgan. Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta'riflash mumkin: iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni (oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) ko'proq to'plash; nazariya va ta'limotda: savdo, pul oboroti, ya'ni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarni izlab topish. «Insonlar metall uchun qurbon bo'lmoqda», ya'ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamohang bo'lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo'ldi. Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib olish (bu hodisa O'zbekistonda ham hozirgi davr o'zgarishlarida uchrab turadi). Ularning, ya'ni sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida namoyon bo'ladi. Farq, ya'ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo'li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o'ylanmaydi. Chet ellarga ko'proq chiqarish va ulardan kamroq olish siyosati ham davlat siyosatiga aylandi. Agar davlatda pul ko'p bo'lsa, hamma narsa yaxshi bo'ladi degan fikr asosiy bo'lgan va bu davlatning, dvoryanlarning va burjuaziyaning talab-ehtiyojlariga mos tushgan. Bu kapitalning dastlabki jamg'arilishi bilan bevosita bog'liqdir. Xaqiqatdan ham har qanday tadbirkorlik puldan boshlanadi va pul kapitalga aylanadi, chunki unga ishchilar yollanadi, qayta ishlash yoki sotish uchun tovarlar sotib olinadi. Uni amalga oshirish nihoyatda primitiv (sodda) yo'llar bilan amalga oshiriladi, bu ishlar odatda davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi bilan, ma'muriy yo'llar bilan bajarilgan. Bu jarayonda esa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha cheklangan bo'lib, rivojlangan merkantilizm tarafdorlari davlat aralashuvini tabiiy huquq tamoyillariga mos bo'lishini istaydilar. Qadimgi Sharqda paydo bo'lgan tabiiy huquq falsafasi antik dunyoda (Arastu va boshqa olimlar tomonidan) rivojlantirildi va ayniqsa uyg'onish davrida yuksaldi. Bu huquqlar abstrakt «inson tabiati» va uning «tabiiy huquqlari»dan iborat deb qabul qilingan va ko'p hollarda O'rta asrdagi cherkov va dunyoviy (davlat) despotizmiga qarama-qarshi bo'lgan progressiv elementlardan iborat. M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining etakchi tamoyillari quyidagilar: 1)oltin va boshqa qimmatbaho metallar boylikning asosi sifatida qaraladi; 2)mamlakatga oltin va kumushlarning oqib kelishini ta'minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3)arzon xomashyoni import qilish yo'li bilan sanoatni qo'llab-quvvatlash; 4)import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) tariflar; 5)eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag'batlantirish; 6)ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi sonining o'sishi. Shak-shubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g'oyasining yuragi edi. Bir qancha olimlar fikricha, merkantilizm bozor iqtisodiyot munosabatlari shakllanishi davrining dastlabki iqtisodiy maktabi sifatida (avvlgi davrda bozor iqtisodiyoti unsurlari bo'lgan emas degan fikrdan yiroqmiz o'ziga xos nazariy-metodologik xususiyatlarga ega. Ularning moxiyati quyidagilardan iborat: Tahsil predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasi muammolarini o'rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish muammolari bilan bolab qarab chiqish butunlay inkor etiladi; Tahlil metodi (uslubi) sifatida asosan empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko'rinishlarigina ta'riflanib, iqtisodiyotning barcha sohalarini o'z ichiga olgan ma'lum tizim asosida tahlil etish istisno etiladi; Pulning kashf etilishi insonlarning sun'iy kashfiyot oqibati deb hisoblanadi, pulning o'zi esa aynan boylik deb qaraladi; Pul qiymati (qimmati) kelib chiqishini oltin va kumushning «ob'ektiv (jonli) tabiati» dan va ularning mamlakatdagi miqdori bilan belgilanadi; Mehnatga taklifning o'sishi ish haqining yuqori emas, past bo'lish zarurati bilan bog'lanadi; Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o'sish mamlakat pul boyligining ko'payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo'lishi ta'minlanishi kerak. Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada U.Stafford, Italiyada G.Skaruffi va boshqalardir. Masalan, florensiyalik (Italiya) bankir B.Divanzetti (1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy organizmning qoniga o'xshatadi, demak, agar chaqa (pul) bo'lmasa (qon kabi), organizm o'ladi. Kapitalizmning o'sishi, savdoning rivoji tufayli bu siyosat o'zini oqlamadi (XVII asrdan boshlab XVIII asrgacha), pul balansi siyosati savdo balansi siyosati bilan almashdi. Bunda davlatdan pul olib chiqishga ruxsat berildi. Albatta oltin va kumush pullarning ahamiyati yo'qolmagan, ammo endi imkon boricha chetga ko'proq mahsulot sotib, aksincha chetdan kamroq keltirish siyosati olib borildi, ya'ni faol va ijobiy savdoga amal qilindi. Buni proteksionizm siyosati deyiladi (erkin savdoga qarama-qarshi). Bu siyosatni ayniqsa Angliya keng qo'llagan. Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asrning ikkinchi yarmida paydo bo'ldi va XVII asrning o'rtalarida asosan Angliyada avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi Tomas Mann (1571-1641) edi. Uning fikricha, pul tashqi savdo oborotida boshlang'ich maskantni tashkil etadi, ya'ni P-T-P. T.Mannning fikricha har bir savdo kapitalisti o'z pulini ma'lum foyda olish uchun oborotga qo'yadi. Shunday yo'l bilan, ya'ni savdo yo'li bilan boyish kerak. Tovar chiqarish miqdori (eksport), uni kiritish (import) dan ortiq bo'lishi zarur. Ishlab chiqarishni rivojlantirish savdoni kengaytirish vositasi sifatida qaraladi. Tovar, pul, foyda va kapital orasidagi aloqadorlikning sababini topishga harakat qilingan. U Makedoniya podshosi Filipp Makedonskiyning «Kuch natija bermagan joyda pulni ishga solish kerak», degan iborasini yaxshi ko'rgan. Ba'zi bir ingliz mualliflari, masalan J.Chayld, U.Teml boshqacha yo'l, ya'ni ssuda kapitali miqdori (foiz)ni kamaytirishni taklif etgan. Merkantilistlarning g'oyalari burjua siyosiy iqtisodining avvalgi davr qarashlarini aks ettiradi, chunki ular asosiy e'tiborni muomala sohasiga qaratgan edilar (boylik asosan ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi, buni keyinroq ko'ramiz). Merkantilizm turli davlatlarda asosiy sohalarda bir xil namoyon bo'lsa ham o'ziga xos milliy xususiyatlarga ham ega. Pul tizimini tartibga solish, bu borada davlatning rolini oshirish qo'llangan. Ayrim mutaxassislar, T.Mann chetga nodir metallar chiqarishga ruxsat berish tarafdori edi. Uning fikricha, dehqon hosil olish uchun erga don sepishi kerak bo'lgani kabi, savdogar ham chetga pul olib chiqishi va unga chet el tovarlarini sotib olishi, uni ko'plab olib kelib, yana qaytadan sotishi va yangi qo'shimcha pul ishlab, millatga foyda keltirishi kerak. Mamlakat quyidagi xalqaro almashuv yo'llari bilan foyda olishi mumkin: tovarlar, xizmatlar, nodir metallar eksporti yoki investisiya shaklida kapital importi (chet eldagi kapital foydasi shaklida ham bo'lishi mumkin). Davlat sarflari quyidagicha: tovarlar importi, yashirin import, nodir metallar importi va chet el aktivlar shaklidagi kapital eksporti. Odatda bu ikki holat teng bo'ladi. Ammo merkantilistlar shu yo'l bilan foyda olish mumkinligiga ishonganlar, bu xato fikrdir (quyida ko'riladi). Merkantilizm ta'limot sifatida ham, iqtisodiy siyosatdagi yo'nalish sifatida ham turlicha edi: eskirayotgan feodal munosabatlarga qarama-qarshi va yangi burjuaziyani qo'llash orqali o'z davri uchun progressiv bo'lgan ilk kapitalizmning shakllanishiga yaxshi imkoniyat yaratdi. Ammo Fransiyada Lyudovik XIV («Davlat bu men» degan) va Kolber tomonidan manufakturalarni ko'paytirish usuli milliy sanoatni rivojlantirish uchun emas, absolyutizmni mustahkamlash, qirol xonadonining sarf-harajatlarini qoplashga qaratildi. Germaniyadagi kameralistlar ham mavjud hokimiyatni qo'llash, aholini esa ularga so'zsiz bo'ysundirishga harakat qildilar. Download 38.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling