Javobni ko'rish


Download 16.82 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi16.82 Kb.
#1612871
Bog'liq
Zakovat savollari


  1. 1808 yilda Napoleon qo'shinidan qochgan Portugaliya qiroli oilasi BU SHAHARga qochib, uni Portugaliyaning poytaxti deb e'lon qildi. Shunday qilib, BU SHAHAR Yevropaning tashqarisidagi Yevropa davlatining poytaxti bo'lib xizmat qilgan tarixdagi yagona shahar bo'lib qolgan va hozirgi kungacha qolmoqda.Lekin hozir bu shahar davlat poytaxti emas. Lekin darajasi bo‘yicha davlatda birinchi

 Diqqat savol: Bu qaysi shahar?
Javobni ko'rish
Rio de janeiro

  1. Dyumaning "Uch mushketyor" romanida mushketyorlarning jangga tayyorgarlik ko'rishi haqida yozilgan. Ularni ikki xil holatda o'rgatishar ekan. Birinchi holatda qilichdan bo'sh turgan qo'l jangchining orqasida turadi. Ikkinchi holat bor. Ikkinchi holatda qilichdan xoli qo'l yonga ko'tarilgan bo'ladi. Bu usulning ham o'z sababi bor.

 Diqqat savol: Qanday sabab tufayli mushketyorlar ushbu holatda jang qilishgan?
Javobni ko'rish
Ular kunduzi jang qilganda birinchi holatda turishadi. Ikkinchi holatda esa qorong'uda jang qilishga to'g'ri kelganda, bo‘sh qo‘lda chiroq ushlab turishadi.

  1. “Agent Jonni Inglish” filmining reklama afishalarida bosh qahramon xarakterini ko‘rsatuvchi uchta ta'rif berilgan. Dastlabki ikkitasi hamma bosh qahramonlarga ishlatiladigan siyqasi chiqqan ta'rif: u qo‘rquvni bilmaydi, u arazlash (xafa bo‘lish) nimaligini bilmaydi

 Diqqat savol: Bosh qahramon rolini Rouen Atkinson ijro etganligini hisobga olib, uchinchi toping?
Javobni ko'rish
U hech narsani bilmaydi


  1. Bu so‘z arab tilida “yuk ko‘taruvchi” degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bu so‘z qaysidir ma’noda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Lekin bu so‘z deyarli umumman boshqa ma’noni anglatadi

 Diqqat savol: Bu qanday so‘z?
Javobni ko'rish
Vazir
5) Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o’rnatilgan bo’lib, unda 3 raqam yo’lovchilarga ko’rsatilib turadi:
1. Aniq vaqt – ya’ni soat
2. Salondagi harorat – ya’ni temperatura
Diqqat savol: Xo’sh 3-raqam nimani ko’rsatib turadi?
Javobni ko'rish
Avtobus tezligini (spidometr)

  1. Olmon faylasufi Artur Shopengauer uni sevmagan odam erkinlikni sevmaydi degan. Abu Ali ibn Sino esa aksincha u insonni halokatga olib keladi degan.

 Diqqat savol: Uni nimaligini toping
Javobni ko'rish
Shopengauer yolg'izlik bu - erkinlik degan. Ibn Sino - yolg‘izlik halokatga olib keladi degan
Download 16.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling