Jaxon amaliyotida sog`liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning o`ziga xos xususiyatlari Reja: Kirish Asosiy qism


Sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishga byudjetdan ajratilgan mablag‘lar


Download 43.98 Kb.
bet3/7
Sana23.12.2022
Hajmi43.98 Kb.
#1044465
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jaxon amaliyotida sog`liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning o`ziga xos xususiyatlari

Sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishga byudjetdan ajratilgan mablag‘lar

Moliya vazirligi sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumot berdi.
1Qayd etilishicha, 2016 yilda Davlat budjeti parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasiga 6,0 trln. so‘m ajratilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilda 14,8 trln. so‘mni tashkil etishi rejalashtirilmoqda (2016 yilga nisbatan qariyb 2,5 baravar yoki 2019 yilga nisbatan 1,23 barobar ko‘proqdir).
Shuningdek, 2020 yilda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilishga 1 491,8 mlrd. so‘m ajratish nazarda tutilgan (2016 yilga nisbatan esa 6,5 barobarga yoki 2019 yilga nisbatan qariyb 36 foizga ko‘proqdir).
Sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilgan mablag‘larning ayrim faoliyat turlari kesimida ko‘rinishi quyidagicha:
a) shoshilinch tibbiy yordam muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar xarajatlari uchun 2020 yilda 102,8 mlrd. so‘m ajratilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, 2016 yilda 16,3 mlrd. so‘m ajratilgan;
b) sog‘liqni saqlash sohasining eng og‘ir nuqtalaridan biri bo‘lgan onkologiya muassasalarida davolanadigan har bir bemorning bir kunlik dori vositalari va tibbiy buyumlari bilan ta'minlash xarajatlari uchun budjet mablag‘lari 2016 yildagi 3 250 so‘mdan 2020 yilda 66 227 so‘mgacha oshirildi;
v) aholiga tez tibbiy yordam xizmati uchun har bir chaqiruvga 2016 yilda o‘rtacha 482 so‘mdan ajratilgan bo‘lsa, 2020 yilda bunday xarajat turi uchun 6 700 so‘mdan ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
2021 yil 1 martdan boshlab tibbiy faoliyatni litsenziyalashning quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:
tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish haqidagi arizani umumiy tartibda ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish muddati amaldagi 20 kundan 15
____________________________
1O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr. Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi T.: 03.19.563.3685-son O‘zbekiston, 2019.

kungacha qisqartiriladi; tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi faqat bunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan tibbiy ixtisoslik turi qismida tugatiladi (to‘xtatiladi) va litsenziya amaldagi boshqa tibbiy ixtisoslik turlari qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiriladi;


qo‘shimcha tibbiy ixtisoslik turiga yoki tashkilot filialiga litsenziya olishda, litsenziya talabgorining xohishiga ko‘ra, uning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganish faqat so‘ralayotgan tibbiy ixtisoslik turi hamda tashkilot filiali qismida o‘tkaziladi va ushbu ixtisoslik turiga (filialga) litsenziya belgilangan tartibda mavjud litsenziyaning amal qilish muddatiga beriladi. Bunda amaldagi litsenziya tegishli qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta rasmiylashtiriladi.
2020 yil 1 noyabrdan boshlab Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumning (IAF) to‘laqonli aʼzosi bo‘lgan organlar tomonidan “Oziq-ovqat va dori vositalari boshqarmasi” (FDA) va (yoki) “Yevropa muvofiqligi” (SE) xalqaro standartlari talablariga muvofiq sertifikatlangan tibbiy texnikalar O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishida ularning xavfsizligi, sifati va samaradorligini aniqlash maqsadida laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmaydi va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilingan kundan eʼtiboran o‘n besh kundan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Belgilanishicha, nazarda tutilgan tartib ro‘yxatda keltirilgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tibbiy texnikalarga nisbatan tatbiq etiladi.
2021 yil 1 martdan boshlab belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shifokorlar ko‘rsatmalarini uy sharoitlarida bajarish va bemorlarni o‘z uylarida parvarish qilish – “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar hamshiralik ishi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq tartib-taomillarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra 2021 yil 1 yanvardan:
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga o‘zining va yaqin qarindoshlarining (turmush o‘rtog‘i, voyaga yetmagan farzandlari va pensiyadagi ota-onasi) respublika hududidagi tibbiyot tashkilotlarida tibbiy yordam olish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar (onlayn nazorat-kassa mashina QR-kodli cheklari va boshqalar) bilan tasdiqlangan xarajatlarini daromad solig‘i bazasidan chegirib tashlash huquqi beriladi;
Soliq to‘lovchilarning ish haqi va boshqa daromadlarining ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, lekin soliq davri davomida 5 mln. so‘mdan oshmagan qismiga soliq solinmaydi. Bunda, sug‘urta shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda va sug‘urta badali (uning bir qismi) sug‘urta qildiruvchiga yoki sug‘urtalangan shaxsga qaytarilganda, qaytariladigan sug‘urta badali sug‘urta tashkiloti tomonidan soliqqa tortiladi.
Ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 46 birlikdan iborat Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taʼminlash;
2021 yil 1 iyuldan 2022 yil yakunigacha bo‘lgan muddatda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish;
aholining barcha qatlamlarini sifatli va zarur tibbiy yordam bilan taʼminlash maqsadida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar strategik xaridi tizimini joriy etish;
Tajriba-sinov loyihasi doirasida aholining barcha qatlamlariga davlat tomonidan kafolatlangan hajmlarda sifatli va to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatilishini moliyalashtirish;
Tajriba-sinov loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini qoplash maqsadida ajratiladigan mablag‘larni jamlash, boshqarish, ularning maqsadli va samarali sarflanishini tashkil etish;
Davlat tibbiy sug‘urtasining yagona axborot tizimi, maʼlumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini boshqarish, ularning lozim darajada ishlashini taʼminlash;
2Tajriba-sinov loyihasining natijalariga ko‘ra, davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi hamda ularning lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,6 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
va Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga Jamg‘arma ijro etuvchi apparati mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 25 foizi miqdorida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi D.b.da jami daromadlar va harajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda D.b.ni shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001 y. 1 yanvardan kuchga kirgan "Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 14 dek.)ga muvofiq olib boriladi.
________________________________
2Eshnazarov T.SH. O‘zbekiston Respublikasida g`aznachilik tizimi asoslari/ O`quv qo`llanma. T: IQTISOD -MOLIYAS, 2012,304 b.


  1. Download 43.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling