Jaxon amaliyotida sog`liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning o`ziga xos xususiyatlari Reja: Kirish Asosiy qism
Download 43.98 Kb.
|
Jaxon amaliyotida sog`liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning o`ziga xos xususiyatlari
Belgilab qo‘yilishicha:
Ushbu bandda nazarda tutilgan ro‘yxatga muvofiq imtiyozli toifadagi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turlari va hajmlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi; kam taʼminlangan oilalarga mansub shaxslar toifasiga kiruvchi fuqarolar 2021 yil 1 yanvardan respublikaning barcha hududlarida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga muvofiq aniqlanadi. Tibbiy xizmat bo‘yicha bemorlarning elektron navbatini tashkil etgan davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalariga beg‘araz yordam doirasida kelgan tibbiy texnika va jihozlardan, agar O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, pullik tibbiy xizmatlarni tashkil etishda foydalanishga ruxsat beriladi. 2021 yil 1 martdan boshlab tibbiy faoliyatni litsenziyalashning quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi: tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish haqidagi arizani umumiy tartibda ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish muddati amaldagi 20 kundan 15 kungacha qisqartiriladi;5 Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi faqat bunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan tibbiy ixtisoslik turi qismida tugatiladi (to‘xtatiladi) va litsenziya amaldagi boshqa tibbiy ixtisoslik turlari qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtiriladi; qo‘shimcha tibbiy ixtisoslik turiga yoki tashkilot filialiga litsenziya olishda, litsenziya talabgorining xohishiga ko‘ra, uning litsenziya talablari va shartlariga ____________________________ 5Nurmuxammedova B.I Kabirova N.V, Moliya O`quv qo`llanma T. IQTISOD -MOLIYA 2017.228-B muvofiqligini o‘rganish faqat so‘ralayotgan tibbiy ixtisoslik turi hamda tashkilot filiali qismida o‘tkaziladi va ushbu ixtisoslik turiga (filialga) litsenziya belgilangan tartibda mavjud litsenziyaning amal qilish muddatiga beriladi. Bunda amaldagi litsenziya tegishli qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta rasmiylashtiriladi. 2020 yil 1 noyabrdan boshlab Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forumning (IAF) to‘laqonli aʼzosi bo‘lgan organlar tomonidan “Oziq-ovqat va dori vositalari boshqarmasi” (FDA) va (yoki) “Yevropa muvofiqligi” (SE) xalqaro standartlari talablariga muvofiq sertifikatlangan tibbiy texnikalar O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishida ularning xavfsizligi, sifati va samaradorligini aniqlash maqsadida laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmaydi va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilingan kundan eʼtiboran o‘n besh kundan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Belgilanishicha, nazarda tutilgan tartib ro‘yxatda keltirilgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tibbiy texnikalarga nisbatan tatbiq etiladi. 2021 yil 1 martdan boshlab belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shifokorlar ko‘rsatmalarini uy sharoitlarida bajarish va bemorlarni o‘z uylarida parvarish qilish – “hamshiralik ishi” faoliyatini amalga oshirish tartibi joriy etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar hamshiralik ishi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq tartib-taomillarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra 2021 yil 1 yanvardan: O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga o‘zining va yaqin qarindoshlarining (turmush o‘rtog‘i, voyaga yetmagan farzandlari va pensiyadagi ota-onasi) respublika hududidagi tibbiyot tashkilotlarida tibbiy yordam olish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar (onlayn nazorat-kassa mashina QR-kodli cheklari va boshqalar) bilan tasdiqlangan xarajatlarini daromad solig‘i bazasidan chegirib tashlash huquqi beriladi; soliq to‘lovchilarning ish haqi va boshqa daromadlarining ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, lekin soliq davri davomida 5 mln. so‘mdan oshmagan qismiga soliq solinmaydi. Bunda, sug‘urta shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda va sug‘urta badali (uning bir qismi) sug‘urta qildiruvchiga yoki sug‘urtalangan shaxsga qaytarilganda, qaytariladigan sug‘urta badali sug‘urta tashkiloti tomonidan soliqqa tortiladi. Ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 46 birlikdan iborat Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilanadi: Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish, boshqarish hamda ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni taʼminlash; 2021 yil 1 iyuldan 2022 yil yakunigacha bo‘lgan muddatda Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etish tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish; aholining barcha qatlamlarini sifatli va zarur tibbiy yordam bilan taʼminlash maqsadida davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmiga kiritilgan tibbiy xizmatlar strategik xaridi tizimini joriy etish; -tajriba-sinov loyihasi doirasida aholining barcha qatlamlariga davlat tomonidan kafolatlangan hajmlarda sifatli va to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatilishini moliyalashtirish; -tajriba-sinov loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini qoplash maqsadida ajratiladigan mablag‘larni jamlash, boshqarish, ularning maqsadli va samarali sarflanishini tashkil etish; -davlat tibbiy sug‘urtasining yagona axborot tizimi, maʼlumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini boshqarish, ularning lozim darajada ishlashini taʼminlash; tajriba-sinov loyihasining natijalariga ko‘ra, davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi hamda ularning lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,6 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga Jamg‘arma ijro etuvchi apparati mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 25 foizi miqdorida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: a) bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga: davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishga oid tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini; “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini, shu jumladan davlat tibbiy sug‘urtasining yagona axborot tizimi, maʼlumotlar bazasi va boshqa axborot resurslarini joriy etish bo‘yicha amaliy takliflarni kiritadi; b) Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va maʼmuriy reglamentini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; v) Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ko‘z shoh pardasini konservatsiyalash va transplantatsiya qilishning vaqtinchalik tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, unda quyidagilar nazarda tutiladi: -bemorlarga ko‘z shoh pardasini konservatsiyalash va transplantatsiya qilish bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun qo‘yiladigan talablar; -ko‘z shoh pardasini transplantatsiya qilishni faqatgina donor tomonidan uning tirikligida beriladigan roziligi asosida hamda ushbu sohaga oid xalqaro standartlar va talablarga rioya qilgan holda amalga oshirish; g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid mavjud texnika va jihozlar xatlovini o‘tkazish va shakllangan ehtiyojni qoplash to‘g‘risida; -davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalaridagi mavjud tibbiy texnika va jihozlarni xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirish, shuningdek, tibbiy texnika va jihozlarning texnik holati va kadrlar taʼminotini, ulardan foydalanish samaradorligini, ayrim tibbiy texnika va jihozlar bo‘yicha haqiqiy ehtiyojni tahlil qilish tizimini yaratish to‘g‘risida; -qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.6 ____________________________ 6O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori. Xulosa Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida muayyan natijalarga erishildi. O‘tgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish tizimi takomillashtirildi hamda aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratildi, fuqarolarga, jumladan, joylarda yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘i takomillashtirilmoqda. Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qator maqsadli milliy dasturlar amalga oshirildi. Bolalarning irsiy va tug‘ma kasalliklar bilan tug‘ilishining oldini olish maqsadida respublika va hududiy skrining markazlari tashkil etildi. Natijada 1991 — 2017-yillarda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi 20 foizga, onalar va chaqaloqlar o‘limi 3,1 barobar kamaydi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1995-yilga nisbatan 4,6 yilga oshdi va bugungi kunda 73,7 yilni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasi faoliyatini tashkil etishda so‘nggi yillarda to‘planib qolgan tizimli kamchilik va muammolar fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni samarali hal etishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan: Download 43.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling