Jaxon iqtisodiyotidagi globallashuv iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichi va uning amal qilishi. Reja
Download 5.01 Mb.
|
Jaxon iqtisodiyotidagi globallashuv iqtisodiy rivojlanishning yangi1
Mamlakat ichki bozorining hajmi. Rivojlangan bozorlarga ega yirik mamlakatlarda zaruriy ishlab chiqarish omillari va iste’mol tovarlarini topish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Demak, bu mamlakatlarning xalqaro ixtisoslashuv va tovar ayirboshlashda qatnashish ehtiyoji kam bo‘ladi. Shu bilan birga rivojlangan bozor talabi importni kengaytirishni talab etadi. Bu – eksportga yo‘naltirilgan ixtisoslashuvni kengaytirish evaziga qoplanadi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Mamlakat iqtisodiy salohiyati qanchalik kam bo‘lsa, uning XMT da qatnashish zaruriyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Mamlakatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi. Mamlakatning yuqori darajada monoresurslar bilan ta’minlanganligi (masalan, neft), jumladan, foydali qazilma boyliklari bilan kam darajada ta’minlanganligi ham uning XMTda faol qatnashish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mamlakat iqtisodiyoti tarkibida yetakchi sanoat tarmoqlarining ulushi (energetika, qazib olish sanoati, metallurgiya va b.). Asosiy tarmoqlar ulushi qancha yuqori bo‘lsa, odatda, mamlakat XMT tizimiga shuncha kam jalb etilgan. XMTning rivojlanish jarayonidagi asosiy xususiyat – ushbu jarayonning har bir ishtirokchisi o‘zining XMTdagi ishtirokidan iqtisodiy foyda, naf qidirishi va topishidir. XMTning rivojlanish tendensiyalari iqtisodchilarning kelajakda bu jarayon yanada chuqurlashib boradi, deb xulosa chiqarishlari uchun asos bo‘ladi. Uning asosida tovarlar va xizmatlar ayirboshlashning miqyosi jadal sur’atlar bilan o‘sib boradi. Har qanday davlat xalqaro ayirboshlov jarayonida XMTning ustunliklaridan foydalanar ekan: birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlari o‘rtasidagi farqdan yutishi; ikkinchidan, ichki xarajatlarni kamaytirish maqsadida arzonroq bo‘lgan importdan foydalanish evaziga milliy ishlab chiqarishdan voz kechishi mumkin. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatda ishlab chiqarish tashqi iste’molchilarga, ichki talab esa importga yo‘naltirilgan bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ichki bozorning nisbatan tez, ammo ekstensiv tarzda kengayishi kutilmoqda.6 XMT ichki tarkibga va rivojlanish usullariga ega. XMTning asosiy ajralmas xususiyatlari ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi ikki yo‘nalish bo‘yicha rivojlanadi – ishlab chiqarish va hududiy. O‘z navbatida, ishlab chiqarish yo‘nalishi: tarmoqlararo ixtisoslashuv; tarmoqlar ichra ixtisoslashuv; alohida korxonalar ixtisoslashuviga bo‘linadi. Ishlab chiqarishning xalqaro hududiy ixtisoslashuvi muayyan tovarlar va ularning qismlarining jahon bozori uchun ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini o‘z ichiga oladi: alohida mamlakat; mamlakatlar guruhi; mintaqalar. Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvining asosiy turlariga quyidagilar kiradi: predmetli (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuv; detalli (mahsulot qismlari va komponentlarini ishlab chiqarish) ixtisoslashuv; texnologik yoki bosqichli (ya’ni, alohida texnologik jarayonlarni amalga oshirish. Jahon xo‘jalik aloqalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashuv keng tarqalgan. Tayyor mahsulot ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi XMTning dinamik shaklidir. 1950-60-yillarda ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi boshlang‘ich sohalarda (avtomobilsozlik, aviasozlik, plastmassa, ehtiyot qismlar, radioapparaturalar va boshqalar ishlab chiqarish) oldingi o‘rinda edi. 1970-80-yillarda esa tarmoqlar ichra ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi (masalan, teri va rezina poyabzallar) ajralib turadi. Detalli ixtisoslashuv – bu alohida detallar, butlovchi qismlar, agregatlar va ularni keyinchalik ushbu qismlarni yig‘uvchi, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazib berishga ixtisoslashuvdir. Texnologik ixtisoslashuv mamlakatning tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq muayyan operatsiyaga ixtisoslashuvini anglatadi (ya’ni muayyan texnologik jarayon, masalan, yig‘ish, bo‘yash, tayyorlash va h.k.). Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli – xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir. Uning obyektiv asosi bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining o‘sib borayotgan darajasi hamda mamlakat ichida yoki tashqarisida ro‘y berishidan qat’i nazar, mustaqil korxonalar o‘rtasidagi barqaror ishlab chiqarish aloqalari jarayoni hisoblanadi. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi ma’lum bir munosabatlar tizimi sifatida faoliyatning sohasi va hamkorlikning usuli hisoblanadi. Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o‘zining rivojlangan shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oladi. Ishlab chiqarish-texnologik hamkorlik. Ular: a) litsenziyalar berish va mulkchilik huquqlaridan foydalanish; b) loyiha-konstruktorlik hujjatlarini, texnologik jarayonlarni, mahsulotning texnik darajasi va sifatini, qurilish va montaj ishlari, kooperatsiyalashgan korxonalarni zamonaviylashtirishni ishlab chiqish va moslashtirish; d) ishlab chiqarishni boshqarish, standartlashtirish, unifikatsiyalash, sertifikatsiyalashni takomillashtirish, ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash. Download 5.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling