Jaxon xo’jaligi tarqqiyotining hozirgi zamon xususiyatlari


Download 59.45 Kb.
bet11/23
Sana08.05.2023
Hajmi59.45 Kb.
#1443561
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
JAXON XO’JALIGI TARQQIYOTINING HOZIRGI ZAMON XUSUSIYATLARI

Kapital harakati balansi = Aktivlar sotishdan tushumlar - chetdan aktivlar sotib olishga sarflar.
Markaziy bank tomonidan chet el valyutlarining sotilishi va sotib olinishi rasmiy zahiralar bo’yicha operatsiyalar deyiladi.


5-savol. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
va valyuta tizimlari
Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ichki kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlari, qarzlar va subsidyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarning ayirboshlash, turzim va h.k) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Valyuta - bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt stering va h.k).
Milliy valyuta tizimi - valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi.
- milliy pul birligi;
- valyuta kursi tartibi;
- valyutaning muomalada bo’lish shart-sharoitlar;
- valyuta bozori va oltin bozor tizimi;
- mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;
- mamlakat oltin-valyuta zahirasining tartibi va uni boshqaruv tizimi;
- mamlakat valyuta munosabatlarining tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqei.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tartib unsurlari quyidagilar:

  • asosiy xalqaro to’lov vositalari ( milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari SDR, YeVRO);

  • valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;

  • xalqaro to’lovlarning balanstirlashtirish tartibi;

  • valyutaning muammoga qilish shart-sharoiti;

  • xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi.

Jahon valyuta tizimi o’zining rivojlanishida uchta bosqichdan o’tdi va ularning har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o’z tiplari mos keladi.
Birinchi bosqich - 1879-1934 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin standart sifatida pul tizimi ustunlikka ega bo’lgan.
Ikkinchi bosqich – 1944-1971 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin-devizli (Breton, Vudsk tizim deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo’lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan.
Uchinchi bosqich - hozirgi davrda amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil topgan bo’lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko’pincha o’z valyutalarining xalqaro qiymatini o’zgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.
Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud bo’lishini kuzda tutadi. Banklar o’zlari chiqargan banknotlarini oltinga almashtirgan.
Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya‘ni:
a) o’z pul birligini ma‘lum oltin oltin mazmuni o’rnatadi;
b) o’zining oltin zahirasi va pulning ichiki taklif o’rtasidagi qattiq nisbatini ushlab turadi;
v) oltinning erkin eksport va importiga to’sqinlik qilmaydi.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi - bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko’rsatadi.
Valyuta kursini tartibga soluvchi tashkilotlar bor. Ularni tartibiga quyidagilar keradi:

  • Xalqaro valyuta fondi (XVF);

  • Xalqaro tarqqiyot va tiklanish banki (XTTB);

  • Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT);

  • Xalqaro rivojlanish assotsiyasi (XRA).


Download 59.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling