Jazilova malika bekmirzayevna


Ma’ruza rejasini tayyorlashda quyidagi jixatlarga e’tibor qaratish kerak


Download 1.05 Mb.
bet2/6
Sana02.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1422055
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jWVJekXadNfUW6E7k2X7W01kdYoAlGzBCfgxRMu0

Ma’ruza rejasini tayyorlashda quyidagi jixatlarga e’tibor qaratish kerak:
1. Muammoni (vazifani) shakllantirish va uning dolzarbligi (ilmiy va amaliy ahamiyati)
2.Muammoning hozirgi holati (sizning muayyan mavzuingizga taalluqli qism) va umumiy muammo bo‘yicha muayyan mavzuni joylashtirish;
3. Ishning maqsadi;
4. Maqsadga erishish uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar;
5. Ishni bajarish uchun jalb qilingan dastlabki materiallar (geologik-geofizik ma’lumotlar, petrofizik to‘plamlar, dasturiy-algoritmik ta’minot, texnik vositalar va boshqalar);
6. Ishda ishlatiladigan tadqiqot usullari (ilgari ma’lum bo‘lgan, muallif tomonidan takomillashtirilgan yoki original);
7. Olingan natijalar va ularning tahlili (dissertatsiyalarda - himoya qilinayotgan ilmiy natijalar va ilmiy nizomlar);
8. Xotima va xulosalar. Olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati;
9. Muallif(lar) ning shaxsiy hissasi;
10. Ishda yordam berganlarga minnatdorchilik;
11. Adabiyotlar ro‘yxati.
Mulohaza tinglovchiga tushunarli bo‘lishi uchun uning ma’noviy tarkibiy qismlari matn qismlariga mos keladigan hajmga ega bo'lishi kerak, ularning har biri 4-8 soniya ichida o‘qilishi mumkin. Og‘zaki nutqda ushbu shartlarga rioya qilmaslik bunday fikrning tinglovchi uchun “quloqdan o‘tishi”ga olib keladi. Dokladning sarlavhasi (maqola) iloji boricha qisqa bo‘lishi kerak (8-10 so‘zdan oshmasligi kerak).
Agar doklad yozma bayonni nazarda tutsa, u to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
titul sahifasi – har qanday jiddiy o‘quv ishini shakllantishda boshlang‘ich moment;
mundarija – matnning qulayligi va tuzilishi uchun yaratilgan bo‘lib, har bir bo‘limning nomi va boshlanish sahifalarini ko'rsatadi;
kirish qismi – o‘rganilayotgan muammoning mohiyati ko‘rsatiladi, mavzuning ahamiyati aniqlanadi hamda dokladning vazifalari va maqsadlari ko‘rsatiladi, foydalanilgan adabiyotning tavsifi beriladi;

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling