Jdpi ning Veb saxifasi
Download 1.52 Mb.
|
Jdpi ning Veb saxifasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1. Nazariy ma’lumotlar. 2. Topshiriqni bajarish namunalari. 3. Talaba bajaradigan amaliy topshiriq variantlari. Nazariy ma’lumotlar.
AMALIY ISHI № 8
Mavzu: Lokal hisoblash tarmog’iga kirish. lokal hisoblash tarmog’ining tashkil etuvchilari va ularning turlari Ishning maqsadi: Talabalarda lokal hisoblash tarmog’iga kirish. lokal hisoblash tarmog’ining tashkil etuvchilari va ularning turlariga doir tushunchalarni hosil qilish. Reja: 1. Nazariy ma’lumotlar. 2. Topshiriqni bajarish namunalari. 3. Talaba bajaradigan amaliy topshiriq variantlari. Nazariy ma’lumotlar. Lokal xnsoblash tarmog’a (LXT) deb, elementlari — hisoblash mashinalari (shu jumladan mini- va mikro-EHM lar), terninallar, aloqa apparaturasining bir-biridan nisbatan uncha katta bo’lmagan uzoqlikda (15 km gacha) joylashgan tarmoyuta aytiladi (lokal hisoblash tarmoqlari — tarmoqning hisoblash jarayonlari ma’lumot jarayonlariga qaraganda ustun bo’lgan yagona turidir, shuning uchun «hisoblash» sifati bu erda o’rinlidir). Lokal tarmoq odatda bitta firma yoki ofis chegarasida ma’lumotlarni yig’ish, uzatish, bo’lib-bo’lib yuborilgan va tarmoqlangan qayta ishlash uchun mo’ljallangandir, ko’pincha firmaning va uning uzoqlashgan bo’limlarining faoliyatiga mos ravishda aniq bir vazifalarni bajarishga ixtisoslashadi. Ko’p holdarda punktlari lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko’rsatayotgan LXT boshqa hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, xatto hududiy va global tarmoqlar bilan bog’langandir. Har qanday hisoblash tarmog’ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim etishdir. LXTlarning darajali tiplarn LXT larida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funkcional bo’g’in: ishchi stansiyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi. Xamma LXT lar ham punktlari tarkibida ajratilgan serverlarga ega emas, ba’zi holdarda server vazifasi tarmoqning ishchi stansiyalari o’rtasida taqsimlangan kabi bo’ladi. Shu nuqtai nazardan ikki tipdagi LXT to’g’risida so’z yuritish mumkin: • markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlar; • markaziy boshqariladigan tarmoqlar. Markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlarda (ularni ko’pincha bitta darajali tarmoqlar — peer-to-peer deb atashadi) ishchi stansiyalarining o’zaro harakatini umumiy boshqarish markazi va qiymatlarni saqlash uchun umumiy qurilma yo’q. Tarmoqni boshqarish vazifasi bir tarmoqdan ikkinchisiga uzatiladi. Tarmoqli operacion tizim ishchi stansiyalari bo’yicha taqsimlangan. Tarmoqning har bir stansiyasi ham mijozning, ham serverning vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stansiyalarini so’rovlariga xizmat ko’rsatishi va punktlari so’rovlarini tarmoq xizmatiga yuborishi mumkin. Tarmoqning foydalanuvchisiga boshqa stansiyalarga ulangan barcha periferiya qurilmalari (magnit va optik disklar, printerlar, skanerlar, plotterlar va b.) taallukli bo’ladi. Bitta darajali tarmoqlarning afzalliklari: • past narxi; • yuqori ishonchliligi. Bitta darajali tarmoqlarning kamchiliklari: • unchalik ko’p bo’lmagan ishchi stansiyalarini (10 tadan ko’p emas) ulash imkoniyati; • tarmoqni boshqarishning murakkabligi; • stansiyalarni dastur ta’minotini yangilash va o’zgartirishning qiyinligi; • ma’lumotni himoya qilishni ta’minlashning murakkabligi. Bitta darajali tarmoqlar Arti-Soft Lantastic, Novell NetWare Lite tarmoqli operacion tizimlar MS Windows for Workgruops kobigi asosida yaratiladi. Markaziy boshqariladigan tarmoqlarda (ularni ko’pincha ajratilgan serverli tarmoq, deb atashadi) kompyuterlardan (serverlardan) bittasi barcha ishchi stansiyalari ishlatishi uchun mo’ljallangan jarayonlarni amalga oshiradi, ishchi stansiyalarning o’zaro harakatini va boshqa bir qator servis vazifalarini bajaradi. Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida mijoz u yoki bu jarayonlarni: faylni o’qish, qiymatlar bazasidan ma’lumotlarni qidirish, faylni bosish va x.k. bajarish uchun serverga so’rovni shakllantirishi mumkin. Server mijozdan kelgan so’rovni bajaradi. So’rovni bajarish natijalari mijozga uzatiladi. Server umumiy foydalaniladigan ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlaydi, bu ma’lumotlarga murojaat qilishni tashkil etadi va ma’lumotlarni mijozga uzatadi. Mijoz olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijalarini foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda tasvirlaydi, ma’lumotlarni qayta ishlash serverda ham bajarilishi mumkin. Serveri faqat ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash va mijozlarga kerakli ma’lumotlarni berish jarayonlarini bajaradigan tizimlar «fayl-server» tizimi nomiga ega: serverda saqlash bilan bir qatorda ma’lumotlarni mazmunli qayta ishlash ham bajariladigan tizimlarni esa «mijoz-server» tizimlari deb atash qabul qilingan. Ya’ni «mijoz-server» tizimida server aktiv rol o’ynaydi: u so’rovga butun faylni oddiygina berib qolmasdan, balki ma’lumotlarni oldindan qayta ishlashi va mijozga, yoki masalani echilgan natijalarini, yoki faylning, aynan mijozni qiziqtirgan va mijoz uchun tasvirlash qulay bo’lgan tanlab olingan yozuvlarni berishi mumkin. Bunday texnologiya, boshqa hamma narsalardan tashqari, tarmoq aloqa kanallarining kam yuklanishiga imkon beradi. «Fayl-server» texnologiyasi bo’yicha ishlaydigan serverning o’zini fayl-server, «mijoz-server» texnologiyasi bo’yicha ishlaydigan serverning o’zini esa ilova-server deb ataladi. Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining afzalliklari: • ishchi stansiyalarning sonini cheklashning yo’qligi; • bitta darajali tarmoqlarga nisbatan boshqarishni oddiyligi; • yuqori tezkorlik; •ma’lumotlarni himoya qilishning ishonchli tizimi. Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining kamchiliklari: • bitta yoki bir nechta kompyuterlarni server uchun ajratilganligi sababli yuqori narxdaligi; • tarmoqning tezkorligi va ishonchliligining serverga bog’liqligi; • bitta darajali tarmoqqa nisbatan kam moslashuvchanligi. Ajratilgan serverli tarmoqlar juda keng tarqalgan hisoblanadi; bunday tarmoqlar uchun tarmoqli operacion tizimlarga misollar: MS LAN Manager, IBM va Novell Net Ware. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling