Jdpi ning Veb saxifasi


Kompyuter tarmoqlarida axborot himoyasining xususiyatlari


Download 1.52 Mb.
bet27/29
Sana05.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1078927
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Jdpi ning Veb saxifasi

Kompyuter tarmoqlarida axborot himoyasining xususiyatlari
Axborot himoyasi nuqtai nazaridan Kompyuter tarmoqlarini korporativ va umumfoydalanuvchi tarmoqlarga ajratish mumkin. Korporativ tarmoqlarda barcha elementlar (aloqa kanallari bundan istisno bo’lishi mumkin) bitta korxonaga taalluqli bo’ladi. Bunday tarmoqlarda butun tarmoq bo’yicha axborot himoyasining yagona siyosatini yuritish mumkin. Davlat va harbiy boshqarish tarmoqlari, aviatsiya va temir yo’l kompaniyalari tarmoqlari korporativ tarmoqlarga misol bulaoladi.
Umumfoydalanuvchi kommertsiya tarmoqlarida asosiy maqsad axborotni tarqatish bo’lib, shaxsiy informatsion resurslarni himoyalash, asosan, foydalanuvchilar sathida amalga oshiriladi. Bunday tarmoqqa misol tariqasida Internet tarmoғini ko’rsatish mumkin.
Korporativ tarmoqlar umumfoydalanuvchi tarmoqlar bilan bog’lanishi mumkin. Bu holda korporativ tarmoqning ma’muriyati (egasi) umumfoydalanuvchi tarmoq tomonidan keluvchi xavfni to’sish maqsadida qo’shimcha ehtiyot choralarini ko’rishga majbur.
Har qanday tarmoq uchun axborotni himoyalovchi tizimni yaratishda quyidagilarni hisobga olish zarur:

  • tizimnining murakkabligi. Tizimning murakkabligi qism tizimlarining soni, turli-tumanliligi va bajaruvchi vazifalari bilan aniqlanadi;

  • katta masofalarda taqsimlangan resurslardan foydalanish ustidan samarali nazoratni ta’minlash mumkin emasligi;

  • resurslarning turli egalarga mansubligi.

Kompyuter tarmoqlarida axborotni kommunikatsion qism tizim orqali kafolatli uzatishni ta’minlash maqsadida axborotlarni etkazishning ikkilangan marshrutlari hamda aloqa kanallarida axborotning buzilishi va yo’qolishiga qarshi choralar ko’zda tutilishi lozim. Bunday murakkab tizimlar adaptiv bo’lishi, ya’ni bu tizimlardagi elementlarni nazorati doimo ta’minlanishi va xatto, alohida qism tizim ishdan chiqqanda ham tizim ishlashini davom ettirish imkoniyatiga ega bo’lishi shart.
Himoyalangan Kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlovchi barcha metod va vositalar quyidagi guruxlarga ajratilishi mumkin:

  • foydalanuvchi qism tizimsida va ixtisoslashtirilgan komunikatsion Kompyuter tizimlarida axborot himoyasini ta’minlash;

  • tarmoqni boshqarish qism tizimsida axborotni himoyalash;

  • aloqa kanallarida axborotni himoyalash;

  • o’zaro aloqada bo’lgan jarayonlarning haqiqiy ekanligining nazoratini ta’minlash;

kommunikatsion qism tarmoq orqali olinuvchi axborotning haqiqiyligini tasdiqlash.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling