AMALIY ISHI № 12
Mavzu: Brauzerlar va ularning turlari. Internet Explorer, Opera va boshqa brauzerlar bilan tanishish. Internet tarmog’ida qidiruvni tashkil etish
Ishning maqsadi:Talabalarni brauzerlar va ularning turlari, internet explorer, opera va boshqa brauzerlar bilan tanishtirish. Internet tarmog’ida qidiruvni tashkil etishga doir tushunchalar hosil qilish.
Reja:
1. Nazariy ma’lumotlar.
2. Topshiriqni bajarish namunalari.
3. Talaba bajaradigan amaliy topshiriq variantlari.
Nazariy ma’lumotlar.
WWW tizimi bilan ishlashda foydalanuvchilar bu tizim klient-dasturlari, ya`ni brauzerlar bilan ishlaydi. Brauzer (ingl. browse – ko’rib chiqmoq, varaqlamoq) – foydalanuvchi va www tizimi orasida dialog amalga oshiradigan dastur, www-saxifalarini uqiydi, www-serverlari va boshqa Internet resurslari bilan ishlaydi.
Brauzerlar xar qanday serverlar bilan ularning protokollarini ishlatgan xolda ishlay oladi. Serverdan olingan ma`lumotni brauzer ekranga oddiy va qulay ko’rinishda chiqaradi. Odatda bir protokoldan boshqasiga o’tish ko’zga ko’rinmaydi.
Brauzer grafik yoki matnli bo’lishi mumkin. Brauzerlar xujjatlarni interpretasiya qila olishlari uchun ular html tiliga asoslanib maxsus ishlanishlari kerak. Html tilining asosida matnning mantiqiy bo’linishi yotadi, va bu fakt sarlavxalarni katta yoki kichikroq shriftda yozishini nazorat qiladi. Grafik brauzer esa sarlavxalarni kursiv yoki qalin shriftda chiqarishi mumkin.
Birinchi grafik brauzer bu AQShning superkompyuter ilovalarining milliy markazida (NCSA) ishlangan Mosaic edi.
1994 yilda Netscape Communications korporasiyasi ochildi, uning asoschilari esa Mosaicning yaratuvchilari bo’lgan. Keyinchalik grafik brauzerning yangi savdo versiyasi Netscape chiqdi. Netscape Navigator 2.0 Java-applet va JavaScript tillarini qo’llay olardi. 1996 yilda Netscape dunyoni zabt etdi.
1996 yil boshida bozorda Microsoft Internet Explorer 2.0 brauzeri, yozida esa Microsoft Internet Explorer 3.0 paydo bo’ldi. Internet Explorer 3.0 Netscapening barcha kengaytmalarini qo’llab u bilan bir pogonaga chiqib oldi. Keyinchalik Microsoft Internet Explorer 4.0, Microsoft Internet Explorer 5.0, Microsoft Internet Explorer 6.0 versiyalar chiqdi.
Xozirgi paytda bozorda xilma- xil (matnlilari xam) brauzerlar borligiga qaramasdan ko’pchilik Netscape va Microsoft brauzerlaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |