Jdpi ning Veb saxifasi


Download 1.52 Mb.
bet25/29
Sana05.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1078927
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Jdpi ning Veb saxifasi

Gipermatnli murojaatlar
Ko’p web-saxifalar gipermatnli murojaat ya`ni gipermurojaatlarni o’z ichiga oladi. Gipermurojaat – bu boshqa web-saxifa manzilini saqlaydigan web-saxifa ob`ekti. Bunday ob`ekt sifatida odatda boshqa rangli va ostiga chizilgan matn yoki ramkaga olingan rasm ishlatiladi. Gipermatnli murojaatlar odatda joriy web-saxifaning mavzusiga mos tushadigan web-saxifaga olib keladi. Murojaat vazifasini bajarib keladigan matn shu web-saxifaning mavzusi yoki nomi bo’lishi mumkin. Gipermurojaatga olib kelinganda sichqoncha kursori bir barmogi ko’rsatilgan qo’l ko’rinishiga keladi. Gipermurojaatga o’tish uchun uning ustiga bosish kifoya. Bundan so’ng brauzer ushbu gipermurojaat manzilidagi web-saxifaga o’tadi.
Agar bir necha gipermurojaatga o’tgandan keyin bir saxifa ortga qaytmoqchi bo’lsangiz Nazad tugmasini bossangiz bo’ldi. Bu tugma yonida qo’shimcha ochadigan tugmacha bor, u ko’rilgan saxifalar tarixini ochadi va keraklisini tanlashga imkon beradi.

Web saxifalarda grafika va multimediya.
Xozirgi kunda o’rin olayotgan web-saxifalarga ob`ektlarni qo’shish kundan- kunga o’zgarib rivojlanayotganligi sababli brauzerlar xar doim xam uning ichidagi multimedia ma`lumotni o’qiy olmaydilar. Ilk brauzerlar faqat matn ko’rsatishlari mumkin edi (gipermurojaatlar bilan). Zamonaviy ko’rish vositalari ko’plab ob`ektlar bilan ishlashlari mumkin, lekin baribir xammasi bilan emas.
Web-saxifalardagi ob`ektlarni to’liqligicha o’qiy olmaslik muammosi yoki qo’shimcha dasturlarni o’rnatish yoki brauzer imkoniyatlarini kengaytirish yo’li bilan xal qilinadi.

Internetdan fayllarni ishga tushirish.
Dunyo tarmog’i serverlarida ko’plab qiziqish uygotadigan fayllar mavjud. Bu dastur, arxiv, xujjatlar. Faylni yuklash uchun mos gipermurojaatdan o’tish kerak. Fayllarni yuklash va saqlash web-saxifalarni o’qishdan farqli chunki bu xolda boshqa ma`lumot almashish protokollari ishlaydi. Fayl yuklashdan oldin kerak bo’lgan qo’shimcha ma`lumotni berish kerak. Fayllarni qabul qilish uchun Internet explorer Fayllarni yuklash ustasini chaqiradi.
Birinchi bo’lib faylni shunchaki ochish yoki qattiq diska saqlash kerakligini tanlaymiz. Internetni xavfsiz sanay olmaymiz, va shuning uchun fayllarni to’g’ridan- to’g’ri yuklash tavsiya etilmaydi. Ularni lokal diska saqlab, kerakli choralarni ko’rib keyin ochishingiz mumkin bo’ladi.
Faylni saqlashdan oldin Fayllarni yuklash ustasini papkani ko’rsatishni so’raydi(internetdan olingan xujjat va fayllar uchun aloxida papka ochish tavsiya etiladi).
Fayl yuklanish jarayoni maxsus dialog oynada aks ettiriladi va foydalanuvchi uni kuzatib kerakli paytda to’xtatishi xam mumkin.
Internet Explorer birdaniga bir necha fayllarni yuklashga imkon beradi, ammo yuklanish tezligi bu xolda ancha pasayadi.
Fayllarni saqlash uchun maxsus dasturlarni ishlatish tavsiya etiladi, masalan, Gethright yoki FlashGet.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling