Jdpi ning Veb saxifasi


Download 249.61 Kb.
bet2/4
Sana10.03.2023
Hajmi249.61 Kb.
#1256837
1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari

Kommunikatsion modullarning asosiy vazifasi olingan paketni boshqa kommunikatsion modulga yoki abonent nuqtasiga ma’lum marshrut bŏyicha uzatishdir. Kommunikatsion modul’ paketlarni kommutatsiyalovchi markaz deb ham yuritiladi.
Aloqa kanallari tarmoq elementlarini yagona tarmoqqa birlashtiradi.
Kontsentratorlar axborotni tezligi katta bŏlgan kanallar orqali uzatilishidan avval zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
Tarmoqlararo shlyuzlar va kŏpriklar tarmoqni lokal’ komp’yuter tarmoqlari bilan ulashga yoki global’ tarmoq segmentlarini birlashtirishga xizmat qiladi. Kŏpriklar yordamida tarmoq protkollari bir xil bŏlgan tarmoq segmentlari birlashtiriladi. Har qanday tarmoqda quyidagi qism tizimlarini ajratish mumkin:
 foydalanuvchi qism tizimi;
 boshqarish qism tizimi;
 kommunikatsion qism tizimi;
Foydalanuvchi yoki abonent qism tizimi foydalanuvchilarning (abonentlarning) komp’yuter tizimlarini ŏz ichiga oladi va foydalanuvchilarning axborotni saqlash, ishlash va olishdagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

1- rasm. Komp’yuter tarmoғi fragmenti.
 
Boshqarish qism tizimsi komp’yuter tarmoqlarining barcha elementlarini ularning ŏzaro aloqasi yagona qoida bŏyicha amalga oshiriluvchi yagona tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bu qism tizim butun tarmoq ishlashi uchun optimal’ sharoit yaratish maqsadida xizmatchi axborotni yiғish, taxlil qilish va elementlarga ta’sir etish yŏli bilan tizim elementlarining ŏzaro aloqasini ta’minlaydi.
Kommunikatsion qism tizimsi foydalanuvchilar manfaatlari va tarmoqni boshqarish uchun tarmoqda axborotni uzatishga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, tarmoqning ishlashini uzoqlashtirilgan jarayonlarni kommunikatsion qism tizim orqali ŏzaro aloqasi kabi tasavvur etish mumkin. Uzoqlashtirilgan jarayonlarning ŏzaro aloqasi deganda fayllarni almashish, elektron pochta orqali axborotlarni uzatish, programmani bajarishga buyurtma yuborish va natijani olish, ma’lumotlar bazasiga murojaat va h. tushuniladi.
 
Test savollari
1. Kompyuter tarmoq-
A. butun dunyo mamalakatlari kompyuterlarini birlashtiruvchi tarmoq
B. bitta xonada yoki bir binoning ichidagi kompyuterlarini birlashtiruvchi tarmoq
C. xonadagi mintaqaviy tarmoq
D. * hamma javoblar to`g`ri
2. Internetdagi malumotlarni uzatish qoidalari ... deb ataladi.
A. Provayder
B.* Protokol
C. Web-sahifa
D. Web-sayt 
 
6-mavzu: Kompyuter tarmog‘ining protokollari (2 soat amaliy)
Reja:
1. Tarmoq protokolari
2. File Tgapsfer Protocol (FTP) — fayllarni uzatish bayonnomasi (protokolari).
3. Tgansmission Control Protocol (TCP) — uzatishni boshqarish bayonnomasi.
 
Internet tarmog’a turli tiplardagi o’n millionlab kompyuterlarni turli modellar va fasonlardagi shaxsiy kompyugerlardan tortib to katta va o’ta katta EHM — meynfreymlargacha birlashtiradi. Bunday xilma-xil mashinalarning bir-biri bilan umumiy muloqot tilini topish juda murakkab masaladir. Bu masala mazkur tarmoq uchun yaratilgan kompyuterlarning muloqot bayonnomalari tizimidan foydalanish bilan hol etiladi.
Internet tarmog’i lavhasining strukturasi:
 LXT — lokal hisoblash tarmog’i
Bu tizimning asosini ikkita asosiy bayonnoma tashkil etadi:
 — Internet Protocol (IP) — tarmoqlararo bayonnoma, ISO modelining tarmoqli darajasi vazifasini bajaradi;
— Tgansmission Control Protocol (TCP) — uzatishni boshqarish bayonnomasi, ISO modelining transportli (tashish) darajasi vazifasini bajaradi.
IP bayonnomasi axborotlarni elektron paketlarga (IP deytagramma) bo’lib chiqishni tashkil etadi, yuboriladigan paketlarni marshrutlaydi va olinadiganlarini qayta ishlaydi.
TCP transportli darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u ma’lumotlar oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha ma’lumot paketlari olinganligini va kerakli tartibda yig’ilganligini kafolatlaydi. Internet uchun transportli darajaning yana bir bayonnomasi mavjuddir: foydalanuvchi deytagrammasining bayonnomasi (UDP — User Datagram Protocol) oddiyroq va ma’lumotlarni masuliyatsiz jo’natishlarda ishlatiladi.
Bu bayonnomalarni ishlatish jarayonlarining ketma-ketligi quyidagicha bo’ladi.
Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir formatli bloklarga joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga ajratadi, olingan axborotlarning to’liqligini tekshirish mumkin bo’lishi uchun paketlarning har biri nomer va sarlavxa oladi.
Tarmoqlararo TCP/IP bayonnomalarining ish mexanizmi pochta xizmatiga o’xshashdir:
• Oddiy pochta bo’yicha jo’natiladigan yozma axborotlar (xatlar) konvertlarga joylanadi, ularda jo’natuvchining va oluvchining adreslari bo’lishi kerak. Kompyuterlar ham xuddi shunday harakat qiladi: axborot bloklarini ajratib chiqadi va elektron paketlarga joylaydi hamda ularni optimal yo’l bilan bir kompyuterdan boshqasiga uzatadi. Bu elektron axborot paketlarida pochtadagilarga o’xshash standart joylashtirish bor: ma’lumotli axborot matni kodli konvertlarga joylanadi, u konvert axborotning boshlanishi va tugallanishi hamda sarlavhasining maxsus belgilaridan shakllantiriladi, konvertda esa jo’natuvchining va oluvchining adreslari (IP-adres deb ataladi) ko’rsatiladi. Bunday kodli konvert axborotning butunligini ta’minlaydi va uning tarmoqdagi yo’l ko’rsatuvchisi bo’lib xizmat qiladi.
• Xat jo’natilgandan keyin u pochta xizmatining ixtiyorida bo’ladi. Har bir pochta bo’linmasi oluvchining adresini o’qiydi, boshqa qaysi pochta bo’linmalari orqali xatni optimal usul bilan oluvchiga jo’natish kerakligini aniqlaydi va keyingi tanlangan aloqa bo’linmasiga xatni jo’natadi. Elektron paketlarni jo’natishning shunday algoritmi Internet tarmog’ida ham amalga oshirilgan. Pochta bo’linmalari vazifasini tarmoq uchastkalarini o’zaro birlashtiruvchi marshrutlovchilar bajaradi.
Elektron paketlar standart o’lchamga ega: bitga uzun axborot bir nechta paketlarga joylanishi mumkin va, aksincha, bitta paketga bir nechta qisqa axborotlar, agar ularda oluvchining bitta adresi bo’lsa, joylashishi mumkin. Har bir paket boshqa barcha paketlarga bog’liq bo’lmagan ravishda joriy vaqtdagi optimal marshrut bo’yicha oluvchiga etkazib beriladi. Boshqacha aytganda, o’zaro aloqador paketlar va bir kompyuterdan boshqa kompyuterga paketlar turli xil yo’llar bilan uzatilishi mumkin. Bunda bitta kanaldan tarmoqning umuman turli qismlariga yuborilayotgan paketlar uzatilishi mumkin. Bu telekommunikatsiya tizimining resurslarini juda samarali ishlatishga va uning shikastlangan uchastkalarini chetlab o`tishga imkon beradi.
Oluvchining qabul punktida har bir kelgan paketning sifati tekshiriladi (ma’lumotlarni uzatishda buzulishlar bo’lmadimikan), bitta uzun axborotli barcha paketlar birga yig’adi, bu axborotli barcha paketlarning borligi tekshiriladi va ishonchli bo’lsagina, ular umumiy axborotga birlashtiriladi. Agar ma’lumot paketi yo’qolgan yoki buzilgan bo’lsa, uning nusxasi so’raladi. Axborot barcha buzilmagan paketlar olingandan keyin tiklanganligi sababli ularning olinish ketma-ketligi ahamiyatga ega emas.
IP va TCP bayonnomalari shunchalik chambarchas bog’langanki,
cha ularni bitta nom ostida keltiriladi — TCP/IP bayonnomalari.
Bu bayonnomalar asosida ko’pgina tarmoqli servis bayonnomalari ishlab chiqilgan, ularning orasida quyidagilarni ta’kidlash kerak:
• File Tgapsfer Protocol (FTP) — fayllarni uzatish bayonnomasi:
• Telnet — uzoqdan murojaat qilish bayonnomasi, yani buyruqlarni uzoqdagi kompyuterda masofadan turib ijro etish;
• Simple Mail Tgapsfer Ptotocol (SMTP) — elektron pochtani yuborishning oddiy bayonnomasi; __
• Hyper Text Tgapsfer Protocol (HTTP) — gipermatnni uzatish bayonnomasi (Worid Wide Web da axborotlarni uzatishda ishlatiladi);
• Network News Tgapsfer Protocol (NNTP) — yangiliklarni (telekonferenciyalarni) uzatish bayonnomasi.
Foydalanuvchilarni tizim bilan muloqoti matnli interfeysni  ishlatgan holda UNIX operacion tizimi asosida yoki hozirda anchagina keng tarqalgan MS Windows/Windows NT muxitida amalga oshirilib, bu muxit uchun Internet ning barcha texnologiyalari va servislari bilan ishlaydigan amaliy dasturlar mavjuddir, bu dasturlar o’z navbatida oddiy va qulay grafik interfeysga ega. UNIX ma’lumotlarni tarmoq ichida kodlash uchun KOI-8 kodlari ishlatiladi, Windows muxitida esa ANSI standartidagi kodlar ishlatiladi.
 
Test savollari
 
1. Kompyuterlarni necha avlodga bo‘lish mumkin?
A.  6 avlodga
B. 5 avlodga
C. 3 avlodga
D. * 4 avlodga
 
2. World Wide Web deganda nimani tushunamiz?
A)* Xalqaro o‘rgimchak to’ri
B) Xalqaro pochta tarmogi
C) Xalqaro aloqa tarmog’i;
D) dasturlash va hisoblash
 
 
7-mavzu: Lokal hisoblash tarmog‘iga kirish. lokal hisoblash tarmog‘ining tashkil etuvchilari va ularning turlari (2 soat ma’ruza)
Reja:
1. Lokal hisoblash tarmog’iga kirish.
2. lokal hisoblash tarmog’ining tashkil etuvchilari.
3. lokal hisoblash tarmog’ining turlari.
 
Lokal xnsoblash tarmog’a (LXT) deb, elementlari — hisoblash mashinalari (shu jumladan mini- va mikro-EHM lar), terninallar, aloqa apparaturasining bir-biridan nisbatan uncha katta bo’lmagan uzoqlikda (15 km gacha) joylashgan tarmoyuta aytiladi (lokal hisoblash tarmoqlari — tarmoqning hisoblash jarayonlari ma’lumot jarayonlariga qaraganda ustun bo’lgan yagona turidir, shuning uchun «hisoblash» sifati bu erda o’rinlidir).
Lokal tarmoq odatda bitta firma yoki ofis chegarasida ma’lumotlarni yig’ish, uzatish, bo’lib-bo’lib yuborilgan va tarmoqlangan qayta ishlash uchun mo’ljallangandir, ko’pincha firmaning va uning uzoqlashgan bo’limlarining faoliyatiga mos ravishda aniq bir vazifalarni bajarishga ixtisoslashadi. Ko’p holdarda punktlari lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko’rsatayotgan LXT boshqa hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, xatto hududiy va global tarmoqlar bilan bog’langandir.
Har qanday hisoblash tarmog’ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim etishdir.
LXTlarning darajali tiplarn
LXT larida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funkcional bo’g’in: ishchi stanciyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi.
Xamma LXT lar ham punktlari tarkibida ajratilgan serverlarga ega emas, ba’zi holdarda server vazifasi tarmoqning ishchi stanciyalari o’rtasida taqsimlangan kabi bo’ladi.
Shu nuqtai nazardan ikki tipdagi LXT to’g’risida so’z yuritish mumkin:
• markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlar;
• markaziy boshqariladigan tarmoqlar.
Markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlarda (ularni ko’pincha bitta darajali tarmoqlar — peer-to-peer deb atashadi) ishchi stanciyalarining o’zaro harakatini umumiy boshqarish markazi va qiymatlarni saqlash uchun umumiy qurilma yo’q. Tarmoqni boshqarish vazifasi bir tarmoqdan ikkinchisiga uzatiladi. Tarmoqli operacion tizim ishchi stanciyalari bo’yicha taqsimlangan. Tarmoqning har bir stanciyasi ham mijozning, ham serverning vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stanciyalarini so’rovlariga xizmat ko’rsatishi va punktlari so’rovlarini tarmoq xizmatiga yuborishi mumkin. Tarmoqning foydalanuvchisiga boshqa stanciyalarga ulangan barcha periferiya qurilmalari (magnit va optik disklar, printerlar, skanerlar, plotterlar va b.) taallukli bo’ladi.
Bitta darajali tarmoqlarning afzalliklari:
past narxi;
• yuqori ishonchliligi.
Bitta darajali tarmoqlarning kamchiliklari:
• unchalik ko’p bo’lmagan ishchi stanciyalarini (10 tadan ko’p emas) ulash imkoniyati;
• tarmoqni boshqarishning murakkabligi;
• stanciyalarni dastur ta’minotini yangilash va o’zgartirishning qiyinligi;
• ma’lumotni himoya qilishni ta’minlashning murakkabligi.
Bitta darajali tarmoqlar Arti-Soft Lantastic, Novell NetWare Lite tarmoqli operacion tizimlar MS Windows for Workgruops kobigi asosida yaratiladi.
Markaziy boshqariladigan tarmoqlarda (ularni ko’pincha ajratilgan serverli tarmoq, deb atashadi) kompyuterlardan (serverlardan) bittasi barcha ishchi stanciyalari ishlatishi uchun mo’ljallangan jarayonlarni amalga oshiradi, ishchi stanciyalarning o’zaro harakatini va boshqa bir qator servis vazifalarini bajaradi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida mijoz u yoki bu jarayonlarni: faylni o’qish, qiymatlar bazasidan ma’lumotlarni qidirish, faylni bosish va x.k. bajarish uchun serverga so’rovni shakllantirishi mumkin.
Server mijozdan kelgan so’rovni bajaradi. So’rovni bajarish natijalari mijozga uzatiladi. Server umumiy foydalaniladigan ma’lumotlarning saqlanishini ta’minlaydi, bu ma’lumotlarga murojaat qilishni tashkil etadi va ma’lumotlarni mijozga uzatadi.
Mijoz olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va qayta ishlash natijalarini foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda tasvirlaydi, ma’lumotlarni qayta ishlash serverda ham bajarilishi mumkin.
Serveri faqat ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash va mijozlarga kerakli ma’lumotlarni berish jarayonlarini bajaradigan tizimlar «fayl-server» tizimi nomiga ega: serverda saqlash bilan bir qatorda ma’lumotlarni mazmunli qayta ishlash ham bajariladigan tizimlarni esa «mijoz-server» tizimlari deb atash qabul qilingan.
Ya’ni «mijoz-server» tizimida server aktiv rol o’ynaydi: u so’rovga butun faylni oddiygina berib qolmasdan, balki ma’lumotlarni oldindan qayta ishlashi va mijozga, yoki masalani echilgan natijalarini, yoki faylning, aynan mijozni qiziqtirgan va mijoz uchun tasvirlash qulay bo’lgan tanlab olingan yozuvlarni berishi mumkin. Bunday texnologiya, boshqa hamma narsalardan tashqari, tarmoq aloqa kanallarining kam yuklanishiga imkon beradi.
«Fayl-server» texnologiyasi bo’yicha ishlaydigan serverning o’zini fayl-server, «mijoz-server» texnologiyasi bo’yicha ishlaydigan serverning o’zini esa ilova-server deb ataladi.
Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining afzalliklari:
• ishchi stanciyalarning sonini cheklashning yo’qligi;
• bitta darajali tarmoqlarga nisbatan boshqarishni oddiyligi;
• yuqori tezkorlik;
•ma’lumotlarni himoya qilishning ishonchli tizimi.
Ajratilgan serverli lokal hisoblash tarmoqlarining kamchiliklari:
• bitta yoki bir nechta kompyuterlarni server uchun ajratilganligi sababli yuqori narxdaligi;
• tarmoqning tezkorligi va ishonchliligining serverga bog’liqligi;
• bitta darajali tarmoqqa nisbatan kam moslashuvchanligi.
Ajratilgan serverli tarmoqlar juda keng tarqalgan hisoblanadi; bunday tarmoqlar uchun tarmoqli operacion tizimlarga misollar: MS LAN Manager, IBM va Novell Net Ware.
 
Test savollari
 
1. O`zbekistonda qachondan beri Internet Provayderlar xizmat ko`rsata boshladi?
A 1980
B 1990
C 1995
D * 1997
 
2. Tarmoqlar necha xil bo' ladi?
A. * 3 xil: local, global, mintaqaviy;
B. 2 xil: local va mintaqaviy;
C. 2 xil: local va global;
D. 2 xil global va mintaqaviy
 
 
8-mavzu: Lokal tarmoq topologiyasi. lokal tarmoqda ma’lumotlarning almashinuv jarayoni, lokal tarmoq tashkil etish usullari
(2 soat amaliy, 2 soat laboratoriya ishi)
Reja:
1. lokal tarmoq topologiyasi.
2. lokal tarmoqda ma’lumotlarning almashinuv jarayoni
3. lokal tarmoq tashkil etish usullari.
 
Tarmoqdagi xost-kompyuterlarning adreslariga maxsus talablar quyiladi. Adres formatga ega bo’lishi kerak, bu format bir tomondan adresning sintaksis avtomatik qayta ishlashni bajarishga imkon berishi kerak, ikkinchi tomondan esa u semantik tusga ega bo’lishi kerak, ya’ni adreslanadigan ob’ekt to’g’risida biror ma’lumotni o’zida mujassamlashi lozim.
Shuning uchun xost-kompyuterlarning adreslari Internet tarmog’ida ikkilangan kodlashga ega bo’lishi mumkin:
• telekommunikatsiya tizimini tarmoqda ishlashi uchun qulay bo’lgan majburiy kodlash: kompyuterga do’stona raqamli IP-adres (IP — Internet Protocol);
• tarmoq abonenta uchun qulay bo’lgan majburiy bo’lmagan kodlash: foydalanuvchiga do’stona domenli DNS-adres (DNS-Domain Name System).
Raqamli IP-adres 32 razryadli ikqilik son ko’rinishga ega. qo’laylik uchun u to’rtga blokka 8 bitdan ajratilib, ular o’nlik ko’rinishda yozilishi mumkin. Adres kompyuterni identifikaciyalash uchun zarur bo’lgan to’liq malumotga ega.
Mumkin bo’lgan varianta: ikkita katta blok tarmoq adresini, ikkita boshqasi esa qism tarmoq adresini va bu qism tarmoq ichidagi xost-kompyuterning adresini aniqlaydi. Masalan, ikkilik kodida raqamli adres quyidagicha yoziladi:
10011000001001010100100010001010.
O’nlik kodida ushbu ko’rinishga ega: 152.37.72.138.
Tarmoq. adresi - 152.37; qims tarmoq. adresi - 72; kompyuter adresi -138.
Domenli adres bir-biridan nuqta bilan ajratiladigan bir nechta harf-raqamli domenlardan (Damain - soxa) tashkil topgan. Bu adres ierarxik tasnif asosida qurilgan: eng chap chetdagidan tashqari har bir domen kompyuterlarning biror-bir belgilar bo’yicha ajratilgan butun bir guruhini aniqlaydi, bunda chapda joylashgan guruhlarning domeni o’ng domenning qism guruxi hisoblanadi. Hozirda tarmoqda hammasi bo’lib 120000 dan ortiqroq har xil domenlar mavjuddir.
Masalan, ba’zi mamlakatlarning geografik ikkita harfli domenlari:
• Avstriya — at,
•Bolgariya—br,
;• Kanada — sa,
• Rossiya — ga,
• AQSh-Sh,
• Franciya — fr.
Biror mavzuga bagishlangan belgilar bo’yicha ajratilgan domenlar ham bordir. Bunday domenlar uchta harfli qisqartma nomga ega:
• davlat muassasalari — gor;
• tijorat tashkilotlari — com;
• o’quv yurtlari — edu;
• harbiy muassasalar — mil;
• tarmoq tashkilotlari — net;
• boshqa tashkilotlar — org.
Domenli adres ixtiyoriy uzunlikka ega bo’lishi mumkin. Raqamli adresdan farqli ularoq u teskari tartibda o’qiladi.Oldin quyi darajadagi domen ko’rsatiladi — xost-kompyuter nomi, keyin xost-kompyuter joylashgan qism tarmoq va tarmoq nomlari domeni va, nixoyat, yuqori darajadagi domen — ko’pincha geografik hudud (mamlakatlar) identifikatori.
Shunday qilib, xost-kompyuterning domen adresi domenlarning bir nechta darajalarini o’z ichiga oladi. Har bir daraja boshqasidan nuqta bilan ajratiladi. Yukori darajadagi domenning chap tarafida boshqa nomlar joylashtiriladi. Chapda joylashgan hammasi umumiy domen uchun qism domendir.
Misol. Domen adresi comp.engec.spb.ru — Rossiya mamlakatining domeni; spb — Sankt-Peterburg shaxrining qism domeni: engec—Davlat muxandislik-iqtisodiyot akadeniyasining qism domeni; satr— kompyuterlar bilan bog’liq qism domen.
Internet dan foydalanuvchilar uchun pochta adreslari sifatida tarmoqka ulangan kompyuterda qayd qilingan bo’limlarning, tashkilotlarning nomlanishlari yoki oddiygina ularning nomlari qabul qilinishi mumkin. Nomdan keyin @ belgisi keladi. Buning hammasi chap tarafdan xost-kompyuterning adresiga biriktiriladi.
Misol. Internet da comp.engec.spb.ru nomiga ega bo’lgan kompyuterda priem nomi ostida qayd qilingan foydalanuvchi quyidagi adresga ega bo’ladi: priem@comp.engec.spb.ra (Sankt-Peterburg muxandislik-iqtisodiyot akademiyasining qabul komissiyasi).
Domen adresini mos raqamli IP-adresga o’zgartirishni maxsus serverlar — nom serverlari bajaradi. Shuning uchun foydalanuvchining raqamli adreslarni bilishining keragi yo’q.
Internet da ishlash uchun siz aloqa o’rnatmoqchi bo’lgan kompyuter yoki foydalanuvchining faqat domen adresini bilishingiz kerak.
Ishlatilayotgan texnologiyaga bog’liq ravishda domen adresining oldida uning foydalaniladigan bayonnomasi yoki xizmati ko’rsatilishi mumkin. Masalan, Web-server bilan ishlaganda odatda gipermatnni uzatish bayonnomasi ko’rsatiladi va yuqorida keltirilgan adres quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: http://engec.spb.ra. Bu URL-adres deb ataladigan adresdir (URL — Uniform Resourse Locftor yoki resurslarning universal ko’rsatkichi).
 
Test savollari
 
1. Mamlakat, shaxar va viloyatlar darajasida kompyutеrlarni o’zaro boq'lagan tarmoq qanday nomlanadi?
A*Global tarmoq
B.Mintaqaviy tarmoq
C.Hamma javoblar to'g'ri
D.Lokal tarmoq
2. ... – bu Intеrnеtga ulanganda axborot almashish qurilmasi.
AMonitor
B.Skaner
C.*Modem
D.Printer
 
9-mavzu: Lokal tarmoqqa kirish va undan ma’lumotlar qidirish, intranet lokal tarmog‘i sifatida (2 soat amaliy, 2 soat laboratoriya ishi)
Reja:
1. lokal tarmoqqa kirish va undan ma’lumotlar qidirish
2. intranet lokal tarmog’i sifatida.
 
Paradoks shundaki, Internet fizik kompyuter tarmog’i sifatida aslida mavjud emas. Internet — bu bir-biri bilan aloqa kanallari (mavjud bo’lgan telefon kanallari va kabelli aloqa kanallari) bo’yicha muloqat qiladigan turli xil kompyuter tarmoqlarining butun jahon uyushmasidir.
Lekin shunday bo’lsada: Internet — bu ko’plab global, regional va lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi butun jahon global kompyuter tarmog’idir. Boshqacha aytganda, Internet — bu butun er sharini o’rab olgan tarmoqlarning tarmog’idir.
Jahon miqyosida bu tarmoq fantastik murakkab va chigallashib ketgan bo’lib ko’rinadi, punktlari «aholisiga» ega va shaxsiy xayoti bilan yashaydi. Shuning uchun ham virtual (bo’lib tuyuladigan) shahar tarmog’ida, ko’proq — xattoki virtual mamlakat yoki dunyo to’g’risida gapirishadi. Hozirdanoq Internet butun jahondagi o’n millionlab foydalanuvchilarni birlashtirgan va har yili bu mamlakatning aholisi taxminan ikki marta ko’paymoqda.
Internet bizni nimasi bilan o’ziga jalb qilmoqda? Bu tarmoq bilan xatto tasodifiy ishlagan odamlar nima uchun uning ashaddiy muxlisi bo’lib qoladi, tarmoq faxriylari esa Internet mamlakatida punktlari mavjudligini davom etgirish uchun ko’ptina iqtisodiy farovonliklarni kurbon qilishga ham tayyordirlar.
Yaqin vaqtgacha Internet ilmiy xodimlarga mo’ljallangan edi va o’quv auditoriyali, ulkan kutubxonali va ko’plab joyli universitet shaharchasini ko’proq eslatar edi, u erda talabalar va o’qituvchilar ishdan bo’sh vaqtlarida o’zaro muloqatda bo’lishlari va ularni qiziqtirgan istalgan ma’lumotlarni opishi mumkin edi.
Bugun Internet ulkan megapolisga o’xshaydi, u erda universitet endi asosiy diqqatga sazovor joy bo’lmay qolgan va xatgo virtual ofislar, magazinlar, milliy daholar va ommaviy va shaxsiy uyin-qo’lgi uchun joylar orasida birmuncha yo’qolib ketgan. Va shaharga istagan odam kirishi mumkin bo’lib qoldi, bundan tashqari, u erga uni har qanaqasiga taklif etmoqdalar va tuzoqka ilintirmoqdalar. Haqiqatda Internet — bu modemli kompyuterga va ba’zi bir maxsus dastur ta’minotiga ega bo’lgan istalgan foydalanuvchi uchun ochiq bo’lgan, umumiy murojaat qilinadigan tarmoqdir.
Lekin bizning munosabatlarinizda Internet ga hozircha alohida sami miylik kuzatilmayapti. Bizning shaxsiy kompyuterlarga munosabatiniz kabi xatto ba’zi bir o’xshashlik yakkrl ko’zga tashlanmoqda. Xali 10 yil oldin ham biz ularga mavxum va begonacha munosabatda edik: ularning bizning xayotinizga qanchalik jadal va uzviy qo’shilib ketganligini biz tasavvur qila olmas edik (to’g’ri, o’sha vaqtda bu qisman kompyuterning yuqori narxi bilan tushintirilgan edi). Hozirda deyarli har kim o’zlari ShK ni Internet ga amalda ham, aslida ham tekinga ulashi mumkin, Internet tarmog’idan uni qiziqtirgan ixtiyoriy maxfiy bo’lmagan ma’lumotlarni eng kam narxda olishi mumkin, tarmoq bo’yicha o’zlari istalgan mamlakatdagi hamkasblariga, mos pochta harajatlaridan birmuncha past narxda, xatlarni yuborishi mumkin, Internet ga punktlari reklamasini joylashtirishi mumkin va uni butun dunyodagi millionlab odam ko’radi, va deyarli hamma narsani, xatto o’zlari bo’sh vaqtini mazmunli va qiziqarli o’tkazishni ham (shu bilan birga uning qiziqishlariga va ishtiyoklariga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshirishi mumkin. Internet bu axborotlarning cheksiz dunyosidir, bu haqiqatda o’zgacha virtual mamlakatdir, unga kirib olish va u erda uzoq vaqt yashash mumkin.
Internet nima o’zi — navbatdagi odatiy (modali) qiziqishni yoki insoniyatning kelajagini? Anglab etilgan zaruriyat yoki nima bilan shug’ullanishni va ortiqcha yuzlab dollarlarni nimaga sarflashni bilmaydiganlar uchun ermakni? Unisi ham, bunisi hamdir va uchinchisi hamdir — qisqasi hammasi! Shuning uchun ham bu tarmoqning barcha imkoniyatlarini oddiygina eslatib o’tish aslida mumkin ham emas.
Internet tarmog’i oxirgi foydalanuvchiga — kompyuter mutaxassisiga ham, oddiy fukaroga ham mo’ljallangan. Tarmoqda har birimizning kasbiy faoliyatiniz uchun kerak bo’lgani kabi, me’yordagi shinam hayot uchun talab etiladigan hamma narsa bor. Jurnalist Internet da eng yangi yangiliklarni topadi, ilmiy xodim — uni qiziqtirgan muammo bo’yicha oxirgi tadqiqotlar materiallarini, tijoratchi esa dunyoning istalgan birjasidagi valyuta kotirovkasini (bahosini) bilib oladi. Aviabiletni yoki Evropa yoki Amerikadagi ixtiyoriy shaharning mehmonxonasida nomer buyurtmoqchinisiz — bu mumkindir; o’zingizning tanishlaringizga sovg’alarni tanlash, sotib olish va topshirishni xoxlaysizni — marhamat; biror-bir shu kungi muhim muammolarni muhokama qilihca ishtirok etish xoxishingiz borni — aytilganidek, muammolar yo’q-
Boshlanishda oddiy tadbirkorga Internet tarmog’i nima uchun kerakligini tushinib olishga harakat qilaniz!
— Internet ning tadbirkorlar uchun muhim bo’lgan birinchi muhim vazifasi axborot vazifasidir. Tarmoqdan qiziqtirgan istalgan maxfiy bo’lmagan birjaga oid va tijorat axborotlarini, ilmiy va siyosiy axborotlarni va sh.o’. olish mumkin.
— Ikkinchi vazifa — kommunikatsiya vazifasi. Tarmoq texnologiyalari foydalanuvchiga telefon bo’yicha istalgan shahar va mamlakatdagi punktlari sheriklari bilan gaplashish imkonini beradi, shu bilan bir qatorda bu oddiy telefon aloqasidan arzonroqdir; oddiy pochtani ishlatganga qaraganda kam harajat qilib va shuning bilan birga sezilarli darajada tezroq unga faks yoki xat yuborish mumkin.
— Uchinchi vazifa — kengash vazifasi. Internet tarmog’i — bu mutaxassislar va kompyuterlardan foydalanuvchilar «uchrashadigan» va ularni qiziqtirgan muammolarni muhokama qilishi, interaktiv rejimda foydali ma’lumotlar bilan almashishi mumkin bo’lgan joy.
— To’rtinchi vazifa — tijorat vazifasi. Butun dunyoda tarmoq bo’yicha savdo faol rivojlanmoqda.Imkoniyatli haridor o’z ShK ning ekranida tavarlarni ko’rib chiqadi, buyurtma beradi va kredit kartoch-kasi bo’yicha ularga xak to’laydi. Tavar unga eng yaqin savdo po’Nkgidan sshib kelinadi, tabiiyki, endi tarmoq bo’yicha emas.
— Keyingi vazifa — reklama vazifasi. Internet bo’yicha reklama berish, birinchi navbatda uning ommaviyligi va tezkorligi tufayli, juda samaralidir.
— Oltinchi vazifa — kO’ngil ochish vazifasi. Katta miqdordagi ko’ngil ochar adabiyotlarni va filmlarni o’qib chiqish va ko’rish mumkin; eng maroqli kompyuter uyinlarini uynash mumkin, turli xil mo’zeylarning va mamlakatlarning go’zalliklariga sayoxat qilish va ulardan zavqdanish mumkin va boshqa ko’pgina shunga o’xshash narsalar.
— Va nixoyat — maxsus kompyuterli vazifasi. ShK dan foydalanuvchilar eng yangi dastur vositalarini, ko’rsatmalarni va tarmoqda ishlash bo’yicha tavsiyalarni, shu bilan bir qatorda ko’pincha tekinga olishi mumkin.
 
Test savollari
 
1. ... - bir korxona yoki muassasadagi bir nеchta yaqin binolardagi komp'yutеrlarni o’zaro boqlagan tarmoq.
A. Global tarmoq
B.*Lokal tarmoq
C.Mintaqaviy tarmoq
D. hamma javoblar to'g'ri
 
2. Lokal tarmoq uchun zarur qurilmalar:
A.Server, ishchi stansiyalar
B.Tarmoq platasi
C.* Barchasi
D. Maxsus kabel
 
10-mavzu: Internet tarmog‘i. Internet tarmog‘ida ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish yo‘llari. Internet xizmatlari va ularning turlari
 (2 soat ma’ruza, 2 soat amaliy, 2 soat laboratoriya ishi)
Reja:
1. Internet –Global kompyuter tarmog’i.
2. Internet tarmog’ida adreslarning tuzilishi va sistemaviyligi
3. Ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish yo’llari.
4. Internet xizmatlari va ularning turlari.
 
Axborot-hisoblash tarmoqlarining dastur ta’minoti quyidagilarni ta’minlaydi: tarmoqning asosiy bug’inlari va elementlari ishini o’zaro muvofiqlashtirish; tarmoqning barcha resurslariga jamoa bo’lib murojaat qilishni tashkil etish; ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirish maqsadida resurslarni dinamik taqsimlash va qayta taqsimlash; tarmoq qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatishni va ishga yaroqliligini nazorat qilishni o’tkazish.
Tarmoqning dastur ta’minoti uch qismdan tashkil topgan:
• umumiy dastur ta’minoti;
• tizimli dastur ta’minoti;
• maxsus dastur ta’minoti.
Umumiy dastur ta’minoti tarmoq tarkibiga kiruvchi alohida kompyuterlarning bazaviy dastur ta’minotining tashkil etuvchilaridan hosil bo’ladi va o’z ichiga operacion tizimlarni, dasturlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimini va texnik xizmat ko’rsatish tizimini oladi.
Tizimli dastur ta’minoti tarmoqning barcha resurslarini o’zaro harakatini, umumiy tizimniki kabi, qo’llab-quvvatlovchi dastur vositalarining kompleksi ko’rinishga egadir.
Maxsus dastur ta’minoti foydalanuvchilarni tez-tez echiladigan masalalarning dasturlari bilan maksimal ta’minlash uchun mo’ljallangan va mos ravishda foydalanuvchi mavzu sohasining xususiyatiga mo’ljallangan uning amaliy dasturini o’z ichiga oladi.
Dastur ta’minotidagi alohida rol operacion tizimga ajratiladi; ular umumiy dastur ta’minoti tarkibida ham (alohida kompyuterlarning operacion tizimlari), tizimli dastur ta’minoti tarkibida ham (serverda yoki bitga darajali tarmoqning kompyuterlaridan bitgasiga o’rnatiladigan tarmoqli operacion tizim) mavjud.
Tarmoqli operacion tizim o’z tarkibiga boshqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plamini oladi, bu dasturlar quyidagilarni ta’minlaydi:
— tarmoqning hamma bo’g’inlari va elementlari ishini o’zaro muvofiqlashtirish;
— tarmoq elementlari bo’yicha resurslarni tezkor taqsimlash;
— topshirikdar oqimini hisoblash tarmog’ining uzellari O’rtasida taqsimlash;
— masalani echishning ketma-ketligini o’rnatish va ularni umumtarmoq, resurslari bilan ta’minlash;
— tarmoq elementlarini ishga yaroqligini nazorat qilish hamda kirish va chiqish ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash;
— ma’lumotlarni va hisoblash resurslarini ruxsat etilmagan murojaat qilishlardan himoya qilish;
— tarmoqning ma’lumot, dastur va texnik resurslarining ishlatilishi to’g’risida ma’lumotnoma berish.
Operacion tizimlarning funkcional imkoniyaglari utilitalar — amaliy vazifalarni bajarish uchun operacion tizim tomonidan ishlatiladigan maxsus dasturlar yordamida kengaytiriladi.
 
  Internet tarmog’ini Tashkil etish uchun asos AQSh mudofaa vazirligining kompyuter tarmog’i ARPAnet (ARPA — Advanced Research Projects Agency ) bo’lgan edi, u 70-yillarning boshlarida ilmiy tashkilotlar, harbiy muassasalar va mudofaa sanoati korxonalari kompyuterlarining alokesi uchun yaratilgan edi. Tarmoq Pentagonning ishtirokida tashkn ta’sirlarga mustahkam yopiq infrastruktura kabi qurilgan, u yadroviy xujum sharoitlarida omon qolishga qodir, ya’ni uning ishonchliligiga katta e’tibor berilgan edi.
Vakt o’tishi bilan tarmoq strategik ahamiyatini yo’qotdi; xususiy shaxslar va nodavlat kompyuter tarmoqlari uning asosiy mijozlari
moqda: alohida lokal, hududiy va global tarmoqlarni umumiy axborot kengligiga birlashtirish. Internet unga ulangan tarmoqlar tarkibiga kirgan barcha kompyuterlar o’rtasida axborot almashinishni ta’minlaydi.
Kompyuter tili va unda ishlatiladigan operacion tizim turi ahamiyatga ega emas.
Hozirgi vaqtda Internet — bu global kitalararo tarmoqdir; u o’nlab million kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni birlashtiradi. Tarmoq umumiy boshqarish markazita ega emas va kimningdir mulki ham emas
— Internet ning boshqa kompyuter tarmoqlaridan muhim farqi ana shundadir. Asoslangan ma’lumotlar bo’yicha 2000 yilda uning foydalanuvchilari soni 200 mln odamdan ortib ketgan.
Internet ning asosiy yacheykasi — lokal hisoblash tarmoqlaridir. Lekin Internet ga musgaqil ulangan lokal kompyuterlar ham mavjuddir.
Internet ga bevosita ulangan tarmoq yoki lokal kompyuterlari xost-kompyuterlar (host — xujayin, ega) deb ataladi.
Agar biror lokal tarmoq Internet ga ulangan bo’lsa, u holda bu tarmoqning har bir ishchi stanciyasi Internet ga chiqishga egadir, lekin o’zining xost-kompyuteri orqali chiqadi.
Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o’zining adresiga ega, shu adres bo’yicha uni dunyoning istalgan nuqtasidan abonent topib olishi mumkin.
Internet tarmog’iing strukturasi - tipik mijoz-serverli, ya’ni tarmoqdan asosan axborot oluvchi kompyuterlar bor — bular «mijozlar», mijozlarni axborot bilan ta’minlovchi kompyuterlar ham bor—bular «serverlar» (tabiiyki, serverlar ham ma’lumot oladilar, aniqrori uni yig’adilar, lekin baribir ularning asosiy vazifasi axborotni berishdir).
Internet tarmog’a lavhasining mumkin bo’lgan strukturasi 72-rasmda ko’rsatilgan.
Internet ning muhim xususiyati shundaki, u turli xil tarmoqlarni birlashtirib, bunda hech qanday ierarxiyani hosil qilmaydi
— tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar tent huquqlidir.
 
Test savollari
1. World Wide Web deganda nimani tushunamiz?
A.*Xalqaro o‘rgimchak to’ri
B. Xalqaro pochta tarmogi.
C. Xalqaro aloqa tarmog’i;
D. To‘g‘ri javob yo‘q
 
2. Web-sayt nima?
A. internetdagi adres;
B. *Web-saxifalar to’plami;
C. Web saxifadagi matn
D.Resurs
11-mavzu: Brauzerlar va ularning turlari. Internet Internet Explorer, Opera va boshqa brauzerlar bilan tanishish. Internet tarmog‘ida qidiruvni tashkil etish (2 soat amaliy, 2 soat laboratoriya ishi)
Reja:
1. Brauzerlar va ularning turlari.
2. Internet Explorer.
3. Internet tarmog’ida qidiruvni tashkil etish
 
1.Brauzerlar
WWW tizimi bilan ishlashda foydalanuvchilar bu tizim klient-dasturlari, ya`ni brauzerlar bilan ishlaydi. Brauzer (ingl. browse – ko’rib chiqmoq, varaqlamoq) – foydalanuvchi va www tizimi orasida dialog amalga oshiradigan dastur, www-saxifalarini uqiydi, www-serverlari va boshqa Internet resurslari bilan ishlaydi.
Brauzerlar xar qanday serverlar bilan ularning protokollarini ishlatgan xolda ishlay oladi. Serverdan olingan ma`lumotni brauzer ekranga oddiy va qulay ko’rinishda chiqaradi. Odatda bir protokoldan boshqasiga o’tish ko’zga ko’rinmaydi.
Brauzer grafik yoki matnli bo’lishi mumkin. Brauzerlar xujjatlarni interpretasiya qila olishlari uchun ular html tiliga asoslanib maxsus ishlanishlari kerak. Html tilining asosida matnning mantiqiy bo’linishi yotadi, va bu fakt sarlavxalarni katta yoki kichikroq shriftda yozishini nazorat qiladi. Grafik brauzer esa sarlavxalarni kursiv yoki qalin shriftda chiqarishi mumkin.
Birinchi grafik brauzer bu AQShning superkompyuter ilovalarining milliy markazida (NCSA) ishlangan Mosaic edi.
1994 yilda Netscape Communications korporasiyasi ochildi, uning asoschilari esa Mosaicning yaratuvchilari bo’lgan. Keyinchalik grafik brauzerning yangi savdo versiyasi Netscape chiqdi. Netscape Navigator 2.0 Java-applet va JavaScript tillarini qo’llay olardi. 1996 yilda Netscape dunyoni zabt etdi.
1996 yil boshida bozorda Microsoft Internet Explorer 2.0 brauzeri, yozida esa Microsoft Internet Explorer 3.0 paydo bo’ldi. Internet Explorer 3.0 Netscapening barcha kengaytmalarini qo’llab u bilan bir pogonaga chiqib oldi. Keyinchalik Microsoft Internet Explorer 4.0, Microsoft Internet Explorer 5.0, Microsoft Internet Explorer 6.0 versiyalar chiqdi.
Xozirgi paytda bozorda xilma- xil (matnlilari xam) brauzerlar borligiga qaramasdan ko’pchilik Netscape va Microsoft brauzerlaridan foydalanadi.
 
1. Microsoft Internet Explorer
 
Microsoft Internet Explorer xozirgi kunda internetdagi eng mashxur brauzer xisoblanadi. Dastur menyulari



saxifalarning ko’rinishi va brauzer parametrlarini sozlash buyruqlarini o’z ichiga oladi.

Download 249.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling