Jdpi ning Veb saxifasi


Download 249.61 Kb.
bet3/4
Sana10.03.2023
Hajmi249.61 Kb.
#1256837
1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari

Fayl – Fayllar(web-xujjatlar) bilan ishlash buyruqlari.
Pravka – Matn parsalari, qidirish va almashtirish buyruqlarini taklif qiladi.
Vid – Veb-saxifaning ko’rinishi va kodirovka turini tanlash uchun xizmat qiladi.
Izbrannoe – foydalanuvchi tanlagan Internet-manzillarni saqlab turadi .
Servis - Internet Explorerning qo’shimcha parametrlarini sozlashga imkon beradi.
Spravka - Internet Explorerda ishlash xaqida kerakli ma`lumotni saqlaydi.
 
Internet explorer asboblar paneli




Oldingi saxifaga o’tish



Keyingi saxifaga o’tish



Saxifa yuklanishini toxtatish



Yangilash



UY saxifasini yuklash



Qidirish



"Izbrannoe" papkasiga dostup



Dostup jurnalini ochish



Saxifani qog’ozga chiqarish

 

 

 
Internet Explorer asboblar paneli tarmoq xujjatlari bilan ishlash uchun yaratilgan. Asboblar panelini chaqirish uchun menyuni oching: Vid\Paneli instrumentov\Obichnie knopki.
 
Manzil qatori
 

 
Adres maydonida Internet-manzilni kiritib Perexod tugmasini yoki [Enter] tugmasini bosing. Manzil qatorini chaqirish uchun quyidagi menyu komandasini bajaring: Vid\Paneli instrumentov\Adresnaya stroka. Web-saxifa dasturning Ishchi soxasida aks ettiriladi.
 
Intrenetda xaqiqiy ish faqat Interenetda ulangandan keyin boshlanadi. Bu xolda Internet Explorer yuklanib o’zining Web-saxifasini asosiy sifatida yuklaydi. Brauzerning oynasida bitta saxifa ochiladi. Odatda web-saxifalarni navbat bilan kerakli ma`lumotni qidirib ko’rishadi. Web- saxifalar matnli ma`lumot va import qilingan ob`ektlardan tashkil topadigan xujjatlardir. Xozirgi paytda web- saxifalarning ko’pi ko’p illyustrasiyalarni o’z ichiga oladi. Ya`ni illyustrasiya sifatida rasm, tovush, videorolik va boshqa kattagina xajmli multimedia-ob`ektlari qo’shiladi.
Web-saxifalar – matn muxarriri yordamida tuzilgan xujjatlarga o’xshaydigan formatlangan elektron xujjatlardir. Ammo, ularning muxim xususiyatlari bor. Matn muxarriridagi tayyorlanadigan xujjatlar oldindan qaysi parametrda va qaysi formatda bo’lishi aniq bo’ladi (qanday qog’ozda bosib chiqariladi). Web-xujjatlar universal bo’ladi: ular foydalanuvchining ekran kattaligi va necha ranglarni aks ettirishiga qaramay ochilishlari kerak. Eng sifatli web-saxifalar shunday universalki ularni eng oddiy grafik bo’lmagan brauzer yordamida ko’rish mumkin.
Internet Explorer web-saxifadagi barcha ma`lumotni namoyish etadi. Agar ba`zi- bir ob`ektlarni ko’rsata olmasa u joylarni bush turtburchaklar yoki maxsus belgilar bilan ajratib quyadi. Kup web-saxifalar ob`ektlarga bog’langan alternativ matnni o’z ichiga oladilar. Agar ko’rish vositasi ba`zi bir sabablarga ko’ra ob`ektni aks ettira olmasa unga bog’langan alternativ matnni ko’rsatadi.
 
4.Gipermatnli murojaatlar
 
Ko’p web-saxifalar gipermatnli murojaat ya`ni gipermurojaatlarni o’z ichiga oladi. Gipermurojaat – bu boshqa web-saxifa manzilini saqlaydigan web-saxifa ob`ekti. Bunday ob`ekt sifatida odatda boshqa rangli va ostiga chizilgan matn yoki ramkaga olingan rasm ishlatiladi. Gipermatnli murojaatlar odatda joriy web-saxifaning mavzusiga mos tushadigan web-saxifaga olib keladi. Murojaat vazifasini bajarib keladigan matn shu web-saxifaning mavzusi yoki nomi bo’lishi mumkin. Gipermurojaatga olib kelinganda sichqoncha kursori bir barmogi ko’rsatilgan qo’l ko’rinishiga keladi. Gipermurojaatga o’tish uchun uning ustiga bosish kifoya. Bundan so’ng brauzer ushbu gipermurojaat manzilidagi web-saxifaga o’tadi.
Agar bir necha gipermurojaatga o’tgandan keyin bir saxifa ortga qaytmoqchi bo’lsangiz Nazad tugmasini bossangiz bo’ldi. Bu tugma yonida qo’shimcha ochadigan tugmacha bor, u ko’rilgan saxifalar tarixini ochadi va keraklisini tanlashga imkon beradi.
5.Web saxifalarda grafika va multimediya.
Xozirgi kunda o’rin olayotgan web-saxifalarga ob`ektlarni qo’shish kundan- kunga o’zgarib rivojlanayotganligi sababli brauzerlar xar doim xam uning ichidagi multimedia ma`lumotni o’qiy olmaydilar. Ilk brauzerlar faqat matn ko’rsatishlari mumkin edi (gipermurojaatlar bilan). Zamonaviy ko’rish vositalari ko’plab ob`ektlar bilan ishlashlari mumkin, lekin baribir xammasi bilan emas.
Web-saxifalardagi ob`ektlarni to’liqligicha o’qiy olmaslik muammosi yoki qo’shimcha dasturlarni o’rnatish yoki brauzer imkoniyatlarini kengaytirish yo’li bilan xal qilinadi.
6.Internetdan fayllarni ishga tushirish.
Dunyo tarmog’i serverlarida ko’plab qiziqish uygotadigan fayllar mavjud. Bu dastur, arxiv, xujjatlar. Faylni yuklash uchun mos gipermurojaatdan o’tish kerak. Fayllarni yuklash va saqlash web-saxifalarni o’qishdan farqli chunki bu xolda boshqa ma`lumot almashish protokollari ishlaydi. Fayl yuklashdan oldin kerak bo’lgan qo’shimcha ma`lumotni berish kerak. Fayllarni qabul qilish uchun Internet explorer Fayllarni yuklash ustasini chaqiradi.
Birinchi bo’lib faylni shunchaki ochish yoki qattiq diska saqlash kerakligini tanlaymiz. Internetni xavfsiz sanay olmaymiz, va shuning uchun fayllarni to’g’ridan- to’g’ri yuklash tavsiya etilmaydi. Ularni lokal diska saqlab, kerakli choralarni ko’rib keyin ochishingiz mumkin bo’ladi.
Faylni saqlashdan oldin Fayllarni yuklash ustasini papkani ko’rsatishni so’raydi(internetdan olingan xujjat va fayllar uchun aloxida papka ochish tavsiya etiladi).
Fayl yuklanish jarayoni maxsus dialog oynada aks ettiriladi va foydalanuvchi uni kuzatib kerakli paytda to’xtatishi xam mumkin.
Internet Explorer birdaniga bir necha fayllarni yuklashga imkon beradi, ammo yuklanish tezligi bu xolda ancha pasayadi.
 Fayllarni saqlash uchun maxsus dasturlarni ishlatish tavsiya etiladi, masalan, Gethright yoki FlashGet.
 
Test savollari
1. Web-brauzerning asosiy vazifalari qaysilar?
A.*Web-saxifani xotiraga yuklash va ko’rish,saqlash,chiqarish;
B. Web-saxifani xotiraga yuklash va ko’rish,chiqarish;
C. Web-saxifani saqlash,chiqarish 
D. Kiritish-chiqarish
 
2. Web-sahifalarning eng keng tarqalgan ko‘rinishi qanaqa?
A.*.asp, *.exe, *.com kengaytmali fayllar
B. *.htm, *.asp, *.avi kengaytmali fayllar
C. *.gif, *.jpg, *.bmp kengaytmali fayllar
*D *.htm, *.html, *.asp kengaytmali fayllar
 
 
12-mavzu: Internet va muloqat madaniyati. Internet tizimida axborot xavfsizligi (2 soat laboratoriya ishi)
 
Reja:
1. Internet va muloqat madaniyati.
2. Internet tizimida axborotlarni himoyalash.
3. Internet tizimida arxivlangan fayllar (saydlar) bilan ishlash.
 
Bugungi kunda internet jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy xayotining juda muxim va ajralmas bulagiga aylanib bormokda. Veb texnologiyalar prezident saylovlariga uz ta’sirini utkazmokda, xukumatlarning va siyosiy shaxslarning iste’foga chikishiga olib kelmokda, xalkaro va ichki siyosat yunalishlarini belgilab bermokda. Jamiyatning madaniy xayotida keskin uzgarishlarga olib kelmokda, bu soxada yangi shaxslarni va yunalishlarni kashf etmokda. Bularning barchasiga sabab internetdagi forumlarning ommaviylashib ketishidir.
Forum uzi nima? U - ochik tarzda munozara va baxs utkazish vositasi. Lekin kupchilik uni bir yoki bir necha kishi tomonidan tutilgan kundalikka uxshatishadi va undan shu maksadda foydalanishadi. Oddiy kundalik kabi u xam birdaniga yozilmaydi, aksincha unda xar kuni yoki oyda, yilda bir necha yozuvlar paydo buladi. Bu yozuvlar bir necha suzdan yoki bir necha varakdan iborat bulishi mumkin.
Oddiy kundalikdan farkli ravishda forumda kundalikni xamma ukishi, nafakat ukishi, balki unda uzining izoxlarini koldirishi, uz taassurotlarini yozishi, xatto muallif bilan birga uni yozishda barobar katnashishi mumkin.
Albatta, forumlarda mamlakat raxbarlarining uchrashuvi, futbol buyicha kit’a chempionati, MM&TVA mukofotlarini topshirish marosimi, orolbuyi xududining ekologik axvoli kabi global va mamlakat mikyosidagi vokealar kizgin muxokama kilinadi. Lekin forumdagi mavzular bozordagi narxlar, fotoshopda fotosuratlarni kayta ishlash, akvarium baliklarini bokish, kushni kizning oxu kuzlari, kursdoshning tuyi, yangi kinofil’mning syujeti, avtomobil t’yuningi va boshka minglab vokea va jarayonlarga bagishlangan bulishi mumkin. Albatta mavzularni tanlashda bir kator cheklovlar bulishi kerak. Masalan, forumlarda bexayolik yoki zuravonlikni targib kiluvchi mavzularga urin yuk.
Forumning jamiyatning ijtimoiy xayotida inkilobiy uzgarishlarga olib kelgan jixati, bu uning, ma’lum ma’noda, barcha xoxlovchilarga uz fikrlarini bayon kilish va, eng asosiyi, uz ukuvchilariga ega bulish imkonini berishidir.
Endilikda xar bir odam uz ukuvchilari va muxlislariga ega bulishi mumkin. Buning uchun teleboshlovchi, gazeta muxbiri, shoir yoki yozuvchi bulish shart emas. Kupchilik uchun kizik bulgan mavzuni tanlash va uni maxorat bilan yorita olish forumda muvaffakiyat kozonish uchun etarlidir.
Bir tomondan, forumda yangi nomlar kashf etilib, ular ommaviy axborot vositalari, matbuot va nashriyotlar tomonidan ishga taklif etilayotgan bulsa, ikkinchi tomondan ommaviy axborot vositalarning uzlari xam forumga kirib kelmokda.
Forumlar boshidan uchragan muammo, ularga kanday kilib ukuvchilarni jalb kilish edi. Bu muammoni xam kilish yulidagi urinishlardan biri RSS (Really Simple Syndication - xakikatdan oson birlashish) texnologiyasining yaratilishiga olib keldi. Forumning biror mavzusida yangi yozuvlar paydo bulganda bu xakida boshkalarga xabar berish forumdan foydalanishni juda osonlashtirdi. Oldinlari forumda yangi yozuvlar paydo bulganligini bilish uchun unga kirishdan boshka yul yuk edi.
RSS ning ukiydigan kismi forumlarga kirmasdan bir vaktda kuplab forumlarga yangi yozuvlar kelganligi xakida xabardor bulish va ularni ukish imkonini beradi. Bundan tashkari, RSS texnologiyasi kelgan xabarlarga javob yozish yoki xech bir sababsiz forumga yangi yozuvlar kiritish imkonini xam yaratadi. Bular esa, forum yaratish va uni olib borish, ularni ukish va ularda ishtirok etish kabi ishlarni juda osonlashtirdi.
 
 
 
Kompyuter tarmoqlarida axborot himoyasining xususiyatlari
 
Axborot himoyasi nuqtai nazaridan komp’yuter tarmoqlarini korporativ va umumfoydalanuvchi tarmoqlarga ajratish mumkin. Korporativ tarmoqlarda barcha elementlar (aloqa kanallari bundan istisno bŏlishi mumkin) bitta korxonaga taalluqli bŏladi. Bunday tarmoqlarda butun tarmoq bŏyicha axborot himoyasining yagona siyosatini yuritish mumkin. Davlat va harbiy boshqarish tarmoqlari, aviatsiya va temir yŏl kompaniyalari tarmoqlari korporativ tarmoqlarga misol bulaoladi.

Download 249.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling